2.Mahsulot tannarxini pasaytirishning manbalari va omillari Mehnat unumdorligini oshirish, xomashyo va material, yoqilg’i va elektroenergetika xarajatlarini kamaytirish, xizmat ko’rsatish va boshqarish sarflarini qisqartirish, ishlab chiqarishdan tashqari, xarajatlarni tejash sanoat mahsuloti tannarxini pasaytirishning eng muhim manbalari hisoblanadi.
Mehnatunumdorliginioshirishuchunyangitexnika, texnologiyajarayonlarinivaishlabchiqarishnio’stirishyokitashkiletishningilg’orusullarinijoriy qilishorqaliharbirmehnatchitomonidantayyorlanayotganmahsulotniko’paytirishkerakbo’ladi. Buholdaharbirmahsulotbirligigasarflanadiganishhaqi qisqaradi, ammoishchiningumumiyishhaqiesaortibboradi. Mehnat unumdorligi ish haqiga nisbatan jadal o’sgandagina tannarx pasayadi.
Mehnat unumdorligining o’sish mohiyati shundan iboratki, bunda mahsulot ishlab chiqarishga ketadigan jonli mehnat ulushi kamayadi, ilgari sarflangan mehnatning ulushi esa ortadi, biroq mahsulot birligi uchun ketadigan mehnat sarfi qisqaradi.
Material, yoqilg’i va elektr energiya xarajatlarini kamaytirish uchun ularni tejab sarflash, qimmatbaho materiallarni arzon, Lekin yaxshi materiallar bilan almashtirish, ularni sotib olish va korxonaga keltirish bilan bog’liq bo’lgan sarflarni qisqartirish kerak bo’ladi.
Xizmat ko’rsatish va boshqarish uchun ketadigan xarajatlarni qisqartirishga esa tarmoq va korxonalardagi ma’muriy boshqaruv apparatining sarflarini kamaytirish, asbob-uskuna, bino va inshootlarni saqlash, yoritish, isitish uchun ketadigan mablag’’larni tejab-tergab sarflash orqali erishiladi.
Unumsiz xarajatlarni (jarima to’lash, penya va hokazolar) tugatish mahsulot tannarxini pasaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Texnika taraqqiyoti ishlab chiqarishni tashkil etishning ijtimoiy shakllarini takomillashtirishning, ishlab chiqarishni rasional joylashtirish, ishlab chiqarish va mehnatni korxonaning ichida uyushtirishni yaxshilash mahsulot tannarxini pasaytirishning ta’minlovchi omillari bo’lib hisoblanadi. Masalan, texnika taraqqiyoti mahsulot tannarxini pasaytirishning barcha manbalariga ta’sir ko’rsatadi. Ishlab chiqarishni elektrlashtirish va elektronizasiyalash hamda kompleks avtomatlashtirish, ximiyalash mahsulot tayyorlash uchun sarflanadigan solishtirma xarajatlarni kamaytiradi.
Har bir korxonada mahsulot tannarxini pasaytirish darajasini hisoblash uchun eng avvalo undagi rezervlarni, ya’ni foydalanilmayotgan imkoniyatlarni aniqlash kerak. Ular ko’zga tashlanadigan, yuzaki, juda murakkab, ko’z ilg’amaydigan bo’lishi mumkin. Faqat chuqur, har taraflama iqtisodiy-texnik tahlildan keyin ularni aniqlash, topish mumkin bo’ladi.
Rezervlar har xil belgilarga qarab guruhlarga ajratilishi mumkin. Ular eng avvalo to’planish joyiga qarab ichki ishlab chiqarish va tashqi rezervlarga ajraladi.
Tashqi rezervlarga tarmoqlar bo’yicha rezervlar, regional (hududiy) va tabiiy-ekologik rezervlar kiradi.
Rezervlar safarbar etilishi muddati bo’yicha joriy va istiqbolli rezervlarga ajraladi.
Rezervlarni ishlab chiqarish jarayonlarining elementlari bo’yicha ham guruhlarga bo’lish mumkin. Bunday rezervlarga mehnat, moddiy va asosiy fondlardan foydalanish rezervlari kiradi.
Korxona yoki tarmoq faoliyatini tahlil etish uchun rezervlarni ikkiga bo’lib ko’rish mumkin:
- tashkiliy-texnikaviy rezervlar;
- ijtimoiy-iqtisodiy rezervlar.
Mana shu yuqorida keltirilgan barcha rezervlar, ya’ni foydalanilmayotgan imkoniyatlarni safarbar etish, ishga solish hamda shu asosda tannarxni keskin pasaytirish uchun bir qator omillardan keng foydalanish va ularni hisoblab chiqish kerak. U ishning metodikasi, usulini “Korxonalar faoliyatini tashkil etish, rejalashtirish va boshqarish” fanidan o’qiladigan ma’ruzalarda, amaliy mashg’ulotlarda chuqqurroq va har tomonlama tushuntirib beriladi.
Mahsulot tannarxini rejalashtirish mehnat, moddiy va moliyaviy mablag’’lardan oqilona foydalanish asosida ishlab chiqarishning yuqori samaradorligiga erishishga qaratilgandir. Tannarx rejasi quyidagi bo’limlarni o’z ichiga oladi:
1. Mahsulot tannarxini pasaytirish rejasi;
2. Mahsulot tannarxini kalkulyasiya etish;
3. Ishlab chiqarish xarajatlari smetasi;
4. Tovar va sotiladigan mahsulot tannarxining hisobi.
Tannarx rejasi, ikki bosqichda ishlab chiqiladi. Birinchi bosqichda, eng avvalo, hisobot yilida rejalarning bajaralishi tahlil etiladi, mahsulot tannarxini pasaytirish, foyda va rentabellikni oshirish rezervlari aniqlanadi va aniqlangan rezervlardan foydalanish tadbirlari belgilanadi, reja loyihasi ishlab chiqiladi. Ikkinchi bosqichda esa rejaning uzil-kesil loyihasi ishlab chiqiladi va bu reja topshiriqlari korxona bo’limlariga etkaziladi.
Mahsulot tannarxi va uni pasaytirish topshiriqlari davlat va korxona rejasida yuqoridan belgilanmaydigan, aksincha, korxonalarning o’zida hisob qilinadigan ko’rsatkich hisoblanadi. SHunga qaramay, mahsulot tannarxi sanoat ko’rsatkichlaridan biri bo’lib qolaveradi. CHunki sanoat mahsuloti tannarxini pasaytirish ishlab chiqarishning rentabellik darajasini oshirish rezervlaridan biri hisoblanadi. Mahsulot tannarxi qanchalik past bo’lsa, albatta, boshqa shart-sharoitlar bir xil bo’lgan holda (masalan, xuddi o’sha mahsulotning narxi barqaror bo’lganda) uni sotishdan kelgan foyda ham shunchalik ko’p bo’ladi.
Narx bozor kategoriyasi bo’lib, tovarlar ayirboshlanganda yuz beradigan munosabatlarni anglatadi. Narx nazariy jihatdan olganda tovar qiymatining puldagi ifodasi, qiymatining bozordagi ko’rinishidir.
Narx nimaga tegishli bo’lishidan qat’iy nazar (tovar, xizmat) beshta asosiy funksiyani bajaradi:
bozor muvozanatini ta’minlash funksiyasi
hisob-kitob, ulchov funksiyasi
iqtisodiy regulyator funksiyasi
raqobat vositasi funksiyasi
ijtimoiy himoya funksiyasi
Bozor iqtisodiyoti sharoitida narxning quyidagi turlari mavjud:
demping narx
nufuzli narx
milliy narx
arzonlashtirilgan narx
jahon narxi
yashirin narx
erkin narx
standart narx
kontrakt (ulgurji) narx
chakana narx
o’zgaruvchan narx
limit narx
muvozanat narx
Narxlar faqat iste’moldagina emas, balki ishlab chiqarishdagi o’zgarishlardan ham darak beradi.
Narxlarning boshqa muhim vazifasi – ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarni rag’batlantirishdir.
Narxlar mexanizmi ishlab chiqarilayotgan mahsulot miqdorini ko’paytirishgina emas, balki ishlab chiqarishning eng tejamli usullarini ishlashni ham rag’batlantiradi.
Narxlarning uchinchi vazifasi ikkinchisi bilan chambarchas bog’liq. Bu daromadlarnig taqsimlanishiir. Tovar ishlab chiqarish sharoitida xo’jalik faoliyati ishtirokchilari oladigan daromadlar ular o’z shaxsiy yoki ishlab chiqarish iste’mollarini ko’plab sotadigan yoki sotib oladigan tovarlar va xizmatlarning narxlariga bevosita bog’liq bo’ladi.
Narxlarning to’rtinchi vazifasi alohida korxonalarga va xo’jalik sohalariga ishlab chiqarish omillarini taqsimlashdir.
Narx siyosatini shakllantirish va narx darajasini hisoblash uslublari Narx bilan iste’molchilar o’rtasida juda chambarchas aloqadorlik mavjudki, uni iqtisodiy tamoyillar: talab qonuni, talabning narx ravonligi, bozor segmentasiyasi bilan izohlash mumkin. Talab qonuni iste’molchilar odatda qimmat narxlarga qaraganda arzon narxlarda ko’proq tovarlar sotib olishini ifodalaydi. Ammo har qanday tovar ham «narx-miqdor» aloqadorligiga to’g’ri kelavermaydi. Ayrim mahsulotlarga talab shundayki, muayyan sharoitlarda yuqoriroq narxlar ko’proq tovar aylanmasi hajmini ta’minlaydi. Bunday tovarlar bozorning ayrim segmentlariga mo’ljallangan – bular qimmatbaho avtomobillar, kemalar, zeb-ziynat buyumlari, mo’yna va boshqalar.
Raqobat narx siyosatida muhim barometr bo’lib xizmat qiladi. Korxonalarning narx siyosati narx belgilash maqsadlari va uslublariga bog’liq bo’lgan to’rt bozor tipini ajratish mumkin: sof raqobat, monopolistik raqobat, oligopolistik raqobat sof monopoliya.
Asosan narxni o’zgartirish yo’li bilan talabga ta’sir ko’rsatish raqobatning narx bilan bog’liq usullarini yaratadi. Narx bilan bog’liq bo’lmagan raqobat usullarida firmalar o’z mahsulotining o’ziga xos xislatlariga zo’r beradi, mahsulot sotish, tovarlar harkati, reklama, mahsulotni joylash, servis kabi marketing qismlariga katta e’tibor beradi.
XULOSA
Korxonalarning ishlab chiqarish xarajatlari va ularni pasaytirishning nazariy va amaliy masalalarini o’rganib, mazkur ishni bajarishda quyidagi xulosalarga keldik.
Korxonalarning ishlab chiqarish xarajatlari va ularni pasaytirishning nazariy va amaliy masalalari iqtisodiy adabiyotlarda kam yoritilganligiga guvoh bo’ldik. Shu tufayli, korxonaning ishlab chiqarish xarajatlari va ularni pasaytirish bilan bog’liq tushunchalarni topishga harakat qildik va ishda ular ma’lum bir tizimga keltirildi.
Shulardan kelib chiqib, korxonalar ishlab chiqarish xarajatlari tushunchasiga quyidagicha tasnifladik:
Mahsulot (ish, xizmat) tannarxni tashkil qiluvchi xarajatlar iqtisodiy mazmunga ko’ra, quydagi elementlarga asosan guruxlarga taqsimlanadi:
moddiy xarajatlar;
asosiy fondlar amortizasiyasi;
mehnatga haq to’lash bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar;
ijtimoiy ehtiyojlarga mo’ljallangan xarajatlar;
boshqa xarajatlar; korxonalarning ichki potensial resurslari deganda uning faoliyatini to’liq
ta’minlaydigan turli ichki manbalardan tarkib topgan resurslar tushuniladi.