Qisqacha xulosalar Sanoat iqtisodiyotning yetakchi tarmog’i sifatida yuqori malakali, boy ma’naviyatga ega bo’lgan mehnatkashlar jamoasini o’zida mujassamlashtiradi.
Kadrlarning bilim, ilm va malaka darajasi mamlakat ishlab chiqarish kuchlarining eng muhim elementi, ya’ni unsuri hisoblanadi.
Kadrlar bilan ishlash sanoat taraqqiyotini rejalashtirish va bashorat qilish, sanoat korxonalarini tashkil etish va boshqarishdan iboratdir.
4.Sanoat kadrlarining sonini aniqlash, ularni tayyorlash va taqsimlash, mehnat topshiriqlarini sanoat ishlab chiqarishi rejasining boshqa bo’limlari bilan bog’lash uchun kadrlarni tasniflash alohida ahamiyatga ega. Mustaqillik yillarida O’zbekiston sanoatida kadrlarni tarkibi va tuzilmasi miqdoriy va sifat jihatdan sezilarli darajada o’zgardi.
Sanoatning izchil rivojlanishi kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo’yish, tayyorlash va qayta tayyorlash masalasiga alohida e’tibor berishni taqozo etadi.
Xodimlarning moddiy manfaatdorligi tamoyilini hayotga muntazam ravishda, ya’ni izchillik bilan tatbiq etish sanoat taraqqiyotining muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Shu sababli sanoat ishlab chiqarishida mehnatga haq to’lashni yaxshilash va uning eng progressiv usullarini qo’llashga alohida e’tibor berish kerak bo’ladi.
O’z-o’zini nazorat qilishga oid savollar 1. Davlatning kadrlar siyosati: mohiyati, ahamiyati va mazmuni. Sanoat ishlab chiqarishi va kadrlar. Ularni guruhlarga bo’lish.
Kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo’yish va ularni tarbiyalash.
Kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash.
Kadrlar sonini bashorat qilish va ulardan oqilona foydalanish muammolari.