Strategik maqsad nima?
Strategik maqsad – bu raqobatbardosh, mijozlarga yo‘naltirilgan, bozor mexanizmlari asosida ishlovchi, investor va mijozlar uchun jozibadorga aylanish demakdir.
Istiqbolda ustuvor vazifa sifatida ko‘rsatilayotgan xizmatlarning ommabopligi va sifatini ta’minlovchi raqamli xizmat ko‘rsatish kanallarini kengaytirish orqali mijozlarga yo‘naltirilgan biznes modelga o‘tish ko‘zda tutilgan.
Bank mijozlarini qanday o‘zgarishlar kutmoqda?
• Yangi zamonaviy va qulay mahsulotlar
• Raqamlashtirilgan mahsulotlarni ko‘paytirish
• Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish orqali xizmat ko‘rsatish sifati va tezligini oshirish.
Bankning strategik maqsadlarga erishishida xodimlarni qamrab olish darajasi qanday?
Bank o‘zining strategik maqsad va vazifalarini amalga oshirishda inson resursini rivojlantirishni asosiy shart va raqobat ustunliklaridan biri deb hisoblaydi.
Kadrlar siyosati biznes yo‘nalishiga ham, mijozlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘linmalariga ham yuqori bilim darajasiga ega kadrlarni jalb qilish, rivojlantirish va motivatsiyasini kuchaytirishga qaratilgan. Bunda mehnat unumdorligini rag‘batlantirish (KPI), mehnat bozorida Bank HR-brendining nufuzini ta’minlashga ustuvor ahamiyat berilmoqda.
Bankning mazkur rivojlanish strategiyasida ushbu tizim kadrlarni boshqarish sohasidagi zamonaviy yondoshuvlar va eng ilg‘or xalqaro amaliyot asosida shakllantiriladi.
Dostları ilə paylaş: |