Strategiyaning eng muhim moliyaviy maqsadlari
Biznes-yo‘nalishlar bo‘yicha rejalar:
Korporativ biznes – mijozlar ehtiyojlarini va tarmoqlar xususiyatlarini o‘rganish asosida har bir mijozga alohida yondashuvga e'tibor qaratgan holda, mavjud biznes model yanada rivojlantiriladi. Zamonaviy texnologiyalar yordamida yangi sharoitlarga tezkorlik bilan moslashish, yangi shakldagi mahsulot va servislarni ishlab chiqish imkoniga ega bo‘linadi va mijozlarning bank bilan munosabatlari yanada soddalashtiriladi.
Kichik va o‘rta biznes – mijozlarning bizneslari rivojlanishi uchun imkoniyatlar kengaytiriladi, kichik va o‘rta biznesning qator mahsulotlari takomillashtiriladi. Yetkazib beruvchilar zanjirini moliyalashtirishga alohida e'tibor qaratiladi (Supply Chain Finance).
Chakana biznes – butun e'tibor mavjud mijozlar bazasi hamda muhim segmentlar hisoblangan ish haqi kartalaridan foydalanuvchilar va hamkorlarning xodimlari bilan ishlashga qaratilgan holda chakana biznes yanada rivojlantiriladi. Mavjud marketpleys tizimi va boshqa xizmatlar kengaytiriladi. Elektron tijoratni rivojlantirish birinchi o‘ringa chiqariladi.
Biz mijozlarimizga, xodimlarimizga va aksiyadorlarimizga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz!
Qat'iy ishonch bilan shuni ta'kidlamoqchimizki, mavjud imkoniyatlar va yillar davomida shakllangan tajribaga asoslanib, mijozlar, hamkorlar, aksiyadorlar va butun jamiyat manfaatlarini himoya qilgan holda, oldimizga qo‘ygan eng yuqori marralarni zabt etish, rivojlanish yo‘lida olib borayotgan ishlarimizni yanada shiddat bilan davom ettiramiz.
Dostları ilə paylaş: |