Saodat toxirovna toshaliyeva r e k r u t m e n t


Ishga yollashni hujjatlashtirish: ishga qabul qilish arizasini



Yüklə 4,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/186
tarix10.09.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#142495
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   186
Rekrutment Darslik

 
10.5. Ishga yollashni hujjatlashtirish: ishga qabul qilish arizasini 
rasmiylashtirilishi, mehnat daftarchasi, shaxsiy varaqa, shaxsiy ish 
buyruq va boshqa shu kabi hujjatlarni rasmiylashtirilishi. 
Ishga qabul qilishda talab qilinadigan hujjatlar ro‘yxati MKning 80-
moddasida ko‘rsatilgan. Ishga qabul qilish vaqtida ishga kirayotgan shaxs 
quyidagi hujjatlarni: 

pasport yoki uning o‘rnini bosadigan boshqa hujjatni, o‘n olti 
yoshgacha bo‘lgan shaxslar esa, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma 
va turar joyidan ma’lumotnomani; 

mehnat daftarchasi (birinchi marta ishga kirayotgan shaxslar bundan 
mustasno) o‘rindoshlik asosida ishga kirayotgan shaxslar mehnat 
daftarchasi o‘rniga asosiy ish joyidan olgan ma’lumotnomani;

harbiy xizmatga majburiyatlar harbiy biletni, chaqiriluvchilar harbiy 
hisobda turganlik haqidagi guvohnomani; 

qonun hujjatlariga muvofiq maxsus ma’lumotga yoki maxsus 
tayyorgarlikka ega shaxslargina bajarishi mumkin bo‘lgan ishlarga 
kirayotganda oliy yoki o‘rta maxsus o‘quv yurtini bitirganligi 
to‘g‘risidagi diplomni yoxud mazkur ishni bajarish huquqini 
beradigan guvohnomani yoki boshqa tegishli hujjatni taqdim etadi. 
Ishga qabul qilish vaqtida ishga kirayotgan shaxsdan qonun 
hujjatlarida ko‘rsatilmagan hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi. 
Ishga kiruvchi tomonidan pasport yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjat 
taqdim etilishi quyidagi maqsadlarda ko‘zda tutiladi: 


159 

ishga kiruvchining shaxsi va ishga qabul qilish uchun yo‘l 
qo‘yiladigan yoshi haqida ishonch hosil qilish; 

uning harbiy majburiyatga munosabatini aniqlash; 

ushbu joyda ro‘yxatdan o‘tganligi haqida ishonch hosil qilish. Shaxsni 
tasdiqlovchi hujjatlar ularga amaldagi qonun hujjatlari talablariga 
javob berishi kerak. «O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimi 
to‘g‘risidagi nizom»ning 42-moddasi fuqarolarning pasportsiz yoki 
haqiqiy bo‘lmagan pasportlar bilan shuningdek propiskasiz ishga 
qabul qilinishi uchun mansabdor shaxslarning javobgarligini nazarda 
tutadi. MK hali pasportga ega bo‘lmagan o‘n olti yoshga to‘lmagan 
shaxslarni ishga qabul qilinishiga yo‘l qo‘yar ekan, tug‘ilganlik 
to‘g‘risidagi guvohnoma ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjat 
hisoblanadi. 
Ishga kirishni istovchi, barcha zarur hujjatlarni taqdim etgan hamda 
topshiriladigan ishni bajarish uchun kerakli ishchanlik qobiliyati va kasbiy 
sifatlarga ega bo‘lgan shaxs bilan 

Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin