Saodat toxirovna toshaliyeva r e k r u t m e n t



Yüklə 4,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/186
tarix10.09.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#142495
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   186
Rekrutment Darslik

mehnat shartnomasi
tuziladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 72-moddasiga ko‘ra, mehnat 
shartnomasi xodim bilan ish beruvchi o‘rtasida muayyan mutaxassislik, 
malaka, lavozim bo‘yicha ishni ichki mehnat tartibiga bo‘ysungan holda 
taraflar kelishuvi, shuningdek, mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa 
normativ hujjatlar bilan belgilangan shartlar asosida haq evaziga bajarish 
haqidagi kelishuvdir. Mehnat shartnomasi yozma shaklda tuziladi (O‘zR 
MKning 74-moddasi). Mehnat shartnomasining shakli O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1997-yil 11-martdagi 133-son 
qarori bilan tasdiqlangan «Mehnat shartnomasi (kontrakt)ni namunaviy 
shakli»ni hisobga olgan holda ishlab chiqiladi. Mazkur hujjatda yozma 
holdagi mehnat shartnomasini tuzish yuzasidan tavsiyalar berilgan. 
Mehnat shartnomasi bir xil kuchga ega bo‘lgan kamida ikki nusxada 
tuziladi va har bir tarafga saqlash uchun beriladi. Mehnat shartnomasida 
taraflarning manzillari ko‘rsatiladi. Mehnat shartnomasi xodim va ishga 
qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxsning imzolari bilan 
mustahkamlanib, imzolangan muddati qayd etib qo‘yiladi. Mansabdor 
shaxsning imzosi imzoning haqiqiy va vakolatli ekanligini ta’kidlash 
maqsadida korxona muhri bilan tasdiqlanadi (O‘zR MKning 74- 
moddasining 5-bandi). Mazkur tavsiyalarda ko‘rsatilganidek, xodimning 
talabiga ko‘ra, mehnat shartnomasi u biladigan tilda tuziladi va davlat tilida 
tuzilgan shartnoma bilan bir xil kuchga ega bo‘ladi. Mehnat shartnomasi 
tuzilayotganda zaruriy va qo‘shimcha shartlar ko‘rsatiladi. Mehnat 
shartnomasining zaruriy shartlariga quyidagilar kiradi: 


160 

ish joyi – xodim qabul qilinayotgan korxona, muassasa, tashkilot 
(uning tarkibiy bo‘linmasi) nomi; 

mehnat funksiyasi – lavozim yo‘riqnomasi, malakaga oid vazifalar va 
boshqa me’yoriy hujjatlar bilan belgilanadigan muayyan 
mutaxassislik, malaka yoki lavozim, rahbarlar, mutaxassislar, 
xizmatchilar va boshqa lavozimlarning malaka bildirgichi bo‘yicha 
bajariladigan ish; 

ishni boshlash kuni – qonunlarga muvofiq tuzilgan mehnat 
shartnomasi, agar unda ishni boshlash sanasi aytilmagan bo‘lsa, bu 
shartnoma imzolangan vaqtdan boshlab kuchga kiradi va xodim 
shartnoma imzolangan kundan keyingi ish kunidan kechikmay ish 
boshlashi kerak. To‘lanadigan ish haqi miqdori tomonlarning 
kelishuviga binoan belgilanadi va qonunlarda belgilangan eng kam ish 
haqidan kam bo‘lmasligi kerak. Mehnat Kodeksining 80-moddasiga 
asosan KMT ma’muriyati ishga qabul qilayotganda ishga kirayotgan 
shaxslardan quyidagi hujjatlarni talab qilishga haqlidir: pasport 
to‘g‘risidagi qonunlarga muvofiq pasport yoki uni o‘rnini bosadigan 
hujjat. 15 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan shaxslar esa tug‘ilganlik 
to‘g‘risidagi guvohnoma, Mehnat daftarchasi, ishga birinchi marotaba 
kirayotgan shaxslar esa so‘nggi mashg‘ulot haqidagi turar joydan 
mahalla qo‘mitasidan uy-joylardan foydalanish tashkilotlaridan 
ma’lumotnomani; o‘rindoshlik asosida ishga kirayotgan shaxslar 
mehnat daftarchasi o‘rniga asosiy ish joyidan olgan ma’lumotnoma; 
O‘zbekiston Respublikasi qurolli kuchlar safidan ozod bo‘lganlar 
harbiy biletni yoki harbiy hisobda turganlar, chaqiriluvchilar harbiy hisobda 
turganlik haqidagi guvohnoma taqdim etadilar. Qonunga muvofiq maxsus 
ma’lumotga yoki maxsus tayyorgarlikka ega shaxslar tomonidan bajarilishi 
mumkin bo‘lgan ishlarga (vrachlar, haydovchilar, 
o‘qituvchilar) 
kirayotganda oliy yoki o‘rta maxsus o‘quv yurtini tamomlaganlik 
to‘g‘risidagi diploma yoki mazkur ishni bajarish huquqini beradigan 
guvohnomani yoki boshqa hujjatni ko‘rsatishi shart. Mehnat daftarchasi 
albatta qonunda ko‘rsatilgan tartibda rasmiylashtirilgan bo‘lishi kerak. 
Pasport yoki mehnat daftarchasisiz ishga qabul qilinmaydi. Amaldagi 
qonunga ko‘ra, Oliy o‘quv yurtlariga professor, o‘qituvchilar tarkibiga 
konkurs bo‘yicha ishga qabul qilishda, shuningdek, ilmiy tadqiqot 
institutlariga 
ilmiy 
xodimlar 
vazifalariga 
konkurs 
o‘tkazishda 
xarakteristika, tavsiyanomalar talab etiladi. O‘rindoshlik bo‘yicha ishlash 
uchun har ishni korxona va ma’muriyatning kelishuvi bilan amalga 
oshiriladi. Bunday vaqtda o‘rindoshlikda ishlashga ruxsat berilganlikni 


161 
tasdiqlovchi hujjat taqdim etish kerak. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat 
Kodeksi bo‘yicha ishga qabul qilishga o‘n olti yoshdan yo‘l qo‘yiladi. O‘n 
besh yoshga to‘lgan shaxslar ota-onasidan birining yoki ular o‘rnini 
bosuvchi shaxsning yozma ravishda roziligi bilan ishga qabul qilinishi 
mumkin. 
Yoshlarni mehnatga tayyorlash maqsadida umumta’lim maktablari, 
hunar-texnika bilim yurtlari va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarining 
o‘quvchilarini o‘n to‘rt yoshga to‘lganlaridan keyin ota-onasidan birining 
yoki ular o‘rnini bosuvchi shaxsning roziligi bilan bolalarni sog‘lig‘iga va 
kamol topishiga ziyon yetkazmaydigan va ta’lim olish jarayonini 
buzmaydigan yengil ishlarga qo‘yiladi. Ishga qabul qilishda g‘ayriqonuniy 
ravishda rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Quyidagilar ishga qabul qilishni g‘ayriqonuniy rad etish deb 
hisoblaydi: 

ish beruvchi tomonidan taklif qilingan shaxslarni asossiz ishga qabul 
qilmaslik; 

ish beruvchi qonunga muvofiq mehnat shartnomasi tuzishi shart 
bo‘lgan (belgilangan ish joylar hisobidan ishga yuborilgan shaxslarni, 
homilador ayollarni va 3 yoshga to‘lmagan bolalari bor ayollarni) 
hollarda ishga qo‘ymaslik.
Ishga qabul qilish rad etilgan taqdirda, xodimning talabi bilan ish 
beruvchi ishga qabul qilishni rad etish sababini asoslab uch kun muddat 
ichida yozma javob berishi shart, bu javob ishga qabul qilish huquqiga ega 
bo‘lgan mansabdor shaxslar tomonidan imzolangan bo‘lishi lozim. O‘zaro 
yaqin qarindosh yoki qudaanda bo‘lgan shaxslarning (ota-onalar, aka-
ukalar, opa-singillar, o‘g‘il va qizlar, er-xotinlar va shuningdek, er-
xotinning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va bolalari) ulardan biri 
ikkinchisiga bo‘ysunib yoki uning nazorati ostida xizmat qilishi taqiqlanadi. 
Ishga qabul qilish vaqtida ishga kirayotgan shaxs quyidagi hujjatlarni: 
pasport yoki uni o‘rnini bosuvchi boshqa hujjatni, o‘n olti yoshga to‘lmagan 
shaxslar esa – tug‘ilganligi to‘g‘risida guvohnoma va turar joydan 
ma’lumotnoma. Mehnat daftarchasini, birinchi marta ishga kirayotgan 
shaxslar mehnat daftarchasi o‘rniga asosiy ish joyidan olingan 
ma’lumotlarni; Harbiy xizmatga majburlar yoki chaqiruvchilar tegishli 
harbiy biletni yoki harbiy hisobda turganlik haqidagi guvohnoma, muayyan 
ma’lumotga yoki maxsus tayyorgarlikka ega shaxslargina bajarishi mumkin 
bo‘lgan ishlarga kirayotganlar oliy yoki o‘rta maxsus o‘quv yurtini 
tamomlaganligi to‘g‘risidagi diplomni yoxud mazkur ishni bajarish 
huquqini beradigan guvohnomani yoki boshqa tegishli hujjatni taqdim etadi.


162 
Ishga qabul qilish vaqtida kirayotgan shaxsdan qonun hujjatlarida 
ko‘rsatilmagan hujjatlarni talab etish man etiladi. Ishga qabul qilish ish 
beruvchining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. Korxona rahbarini ishga 
qabul qilish korxona mulki egasining huquqi bo‘lib bu huquqni u bevosita, 
shuningdek, o‘zi vakil qilgan organlar orqali yoki boshqa organlar orqali 
amalga oshiriladi. Ishga qabul qilish haqidagi buyruq – mehnat 
shartnomasining mazmuniga to‘la muvofiq ravishda chiqariladi. Buyruq 
xodimga ma’lum qilinib, tilxat olinadi. Ishga qabul qilish huquqiga ega 
bo‘lgan mansabdor shaxs tomonidan yoki uning ijozati bilan xodimga 
haqiqatdan ishlashga ruxsat etilgan bo‘lsa, ishga qabul qilish tegishli 
ravishda rasmiylashtirilgan yoki rasmiylashtirilmaganidan qat’i nazar, ish 
boshlagan kundan e’tiboran mehnat shartnomasi qonun hujjatlariga 
muvofiq tuzilgan deb hisoblanadi.
Mehnat shartnomasi xodimning unga topshirilayotgan ishga 
layoqatliligini 
tekshirib 
ko‘rish, 
xodim 
mehnat 
shartnomasida 
shartlashilgan ishni davom ettirishga qobiliyati borligini bilish maqsadida 
dastlabki sinov sharti bilan tuzilishi mumkin. Ishga yuborilgan shaxslar 
ishga qabul qilishgandan, shuningdek, olti oygacha muddatga ishga qabul 
qilish haqida xodimlar bilan mehnat shartnomasi tuzilgan dastlabki mehnat 
sinov belgilangan. Mehnat shartnomasi xodim bilan ish beruvchi o‘rtasida 
muayyan mutaxassislik, malaka, lavozim bo‘yicha ishni ichki mehnat 
tartibiga bo‘ysungan holda taraflar kelishuvi, shuningdek, mehnat 
to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilangan 
shartlar asosida haq evaziga bajarish haqidagi kelishuvdir. Xodim 
o‘rindoshlik asosida ishlash to‘g‘risida, basharti bu qonun hujjatlari bilan 
taqiqlanmagan bo‘lsa, mehnat shartnomalari tuzish mumkin. Mehnat 
shartnomasining mazmuni taraflar kelishuvi bo‘yicha, shuningdek, mehnat 
to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilanadi. 
Mehnat shartnomasi qonunlar bilan quyidagilar belgilanadi: ish joyi 
(korxona yoki uning bo‘linmasi) xodimning mehnat vazifasi mutaxassisligi, 
malakasi, u ishlaydigan lavozim, ishning boshlanish kuni. Mehnat 
shartnomasi yozma shaklda tuziladi.
Mehnat shartlari mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ 
hujjatlar, shuningdek, mehnat shartnomasi taraflarning kelishuvi bilan 
belgilanadi. Mehnat shartnomalarini o‘zgartirish, ular qaysi tartibda 
belgilangan bo‘lsa shunday tartibda amalga oshiriladi. Mehnat shartlarini 
o‘zgartirish 89–90-moddalarida tutilgan holda yo‘l qo‘yiladi. Ish beruvchi 
xodimning 
roziligisiz 
mehnat 
shartnomalarini 
o‘zgartirish faqat 
texnologiyadagi ishlab chiqa rish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar 


163 
ishlar hajmining qisqartirilganligi, bunday o‘zgarishlar xodimlar sonini yoki 
ishlar, xususiyatining o‘zgarishiga olib kelishi oldindan ma’lum bo‘lgan 
holda ish beruvchi ayrim toifadagi xodimlar uchun mehnat shartnomalarini 
o‘zgartirish xususida korxonaning xodimlari vakillari organlari bilan 
oldindan maslahatlashib olinadi. Ish beruvchi mehnat shartnomalaridagi 
bo‘lajak o‘zgarishlar haqida xodimni kamida ikki oy oldin yozma ravishda 
ogohlantirib tilxat olishi shart. Ko‘rsatilgan vaqtni qisqartirish uchun faqat 
xodimning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi. Xodim bilan mehnat shartnomasi u 
yangi mehnat shartnomalari asosida ishlashni davom ettirishni rad etganligi 
sababli bekor qilinishi mumkin. Bunda xodimga o‘rtacha oylik ish haqi 
miqdori kam bo‘lmagan miqdorda ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lanadi. 
Xodim ish beruvchi tomonidan mehnat shartnomalari o‘zgartirilganligi 
ustidan sudga shikoyat qilishga haqli. Nizoni ko‘rish vaqtida ish 
beruvchining zimmasiga avvalgi mehnat shartlarini saqlab qolish 
imkoniyati yo‘qligini isbotlab berish majburiyati yuklatiladi. Mehnat 
to‘g‘risidagi qonun va boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilgan 
hollarda, xodim ish beruvchidan mehnat shartnomalarini o‘zgartirishga 
talab qilishga haqlidir. Xodimning mehnat shartnomasini o‘zgartirish 
haqidagi arizasi berilgan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmay ish 
beruvchi tomonidan ko‘rib chiqilishi lozim. 
Xodimning mehnat shakllarini o‘zgartirish haqidagi talablari rad 
etilgan taqdirda ish beruvchi unga rad etishning sababini ma’lum qilishi 
kerak. Xodimga uning talablarini rad etish sabablarini ma’lum qilmaslik 
xodimning mehnat shartlarini o‘zgartirish rad etilganligi xususida shikoyat 
qilishi uchun to‘sqin bo‘la olmaydi. Mehnat shartnomasida shartlashib 
olinmagan ish joyini o‘zgartirish mehnat shartlarini o‘zgartirish deb 
hisoblanmaydi. Bu haqda xodim bilan kelishishi talab qilinmaydi. Boshqa 
doimiy ishga o‘tkazishga – unga boshqa mutaxassislik, malaka lavozimiga 
oid ishlarni topshirishga faqat uning roziligi bilan yo‘l qo‘yilishi mumkin. 
Agar obyektiv sabablarga ko‘ra mehnat shartnomasida belgilab qo‘yilgan 
mehnat vazifasi doirasida ishni davom ettirish mumkin bo‘lsa, ish beruvchi 
xodimga mutaxassisligi va malakasiga muvofiq keladigan ishni, bunday ish 
bo‘lmaga taqdirda esa korxonada mavjud bo‘lgan boshqa ishni taklif etishi 
shart. Xodim boshqa ishga o‘tishdan bosh tortgan yoki o‘ziga muvofiq 
keladigan ish bo‘lmagan taqdirda mehnat shartnomasini umumiy asoslari 
bo‘yicha bekor qilishi mumkin.

Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin