168
Har bir bosqichning xususiyatini va ularning har birida aniq nima
qilish kerakligini ko‘rib chiqamiz:
1. Yangi xodimning kompaniyaga ishga chiqishidan oldingi bosqich.
Ish joyini tayyorlash. Agar, masalan, gap ishlab chiqarish bo‘limi
xodimini haqida bo‘lsa, ish uchun kerak bo‘ladigan asbob-uskunalarni
va ish kiyimini oldindan tayyorlash kerak (xodimning kiyim-
kechaklar o‘lchami haqidagi ma'lumot suhbat bosqichida to‘ldiradigan
so‘rovnomaga kiritilishi mumkin). Agar gap ofis xodimi haqida
bo‘lsa, unda ish joyi uning kelishi uchun tayyorlanishi kerak: stol, stul,
kompyuter va boshqa jihozlar. Ushbu muammoni hal qilish uchun,
agar bo‘lajak xodimning lavozimi yangi ish joyi bo‘lsa, ishga qabul
qilishdagi arizaga yangi ish joyini jihozlash zarurligi to‘g'risidagi band
kiritilishi mumkin, bu esa ho‘jalik bo‘limi va IT xizmatiga zarur mebel
va jihozlarni sotib olish bo‘yicha o‘z harakatlarini rejalashtirishga
imkon beradi.
Do‘konda sotuvchi-maslahatchi kabi kompaniyadagi eng ko‘p sonli
lavozimlarning ishini osonlashtirish uchun ishga kirishish rejasini
tuzing. Bunday hujjatning hajmi bir varaqdan oshmasligi kerak.
Murabbiyni aniqlang. Agar kerak bo‘lsa, xodimni korporativ o‘quv
markazida o‘qitish uchun guruhlarga qo‘shib qo‘ying.
Yangi hodim to‘plamini tayyorlang. Xodimni tibbiy ko‘rikdan
o‘tkazishga yuboring, agar bu majburiy bo‘lsa, masalan, kimyo
sanoatida shunday.
Jamoaga yangi xodim haqida ma'lumot bering. Agar rahbar lavozimga
yangi ishci olingan bo‘lsa, u ishga chiqishidan avval jamoa bilan
tanishishtiring.
Dostları ilə paylaş: