104
2) berilgan mavzu bo‘yicha taqdimot. Stressga chidamlilikni, analitik
qobiliyatlarni, ma'lumot bilan ishlash ko‘nikmalarini, dalillarni tezda topish
va to‘g'ri tuzish maxorati, qiyin vaziyatlardan chiqish qobiliyatlarini
o‘lchashga imkon beradi;
3) analitik mashqlar. Vazifada, masalan, bozorning muayyan segmenti
va ushbu segmentdagi alohida kompaniyaning ko‘rsatkichlari to‘g'risidagi
ma'lumotlar to‘plami bo‘lishi mumkin. Nomzod qarorlarini, prognozlarini
yoki xulosalarini va ularning asoslarini taqdim etishi lozim. Odatda,
mashqda tasvirlangan na kompaniya, na bozor nomzodlarning kasbiga va
ixtisosligiga aloqasi bo‘lmaydi. Bu ataylab amalga oshiriladi: mashqning
vazifasi nomzodning ko‘p xajmdagi notanish ma'lumotlarga qanchalik tez
kirishini ko‘rish, umumiy qonuniyatlarni aniqlash va mavjud bo‘lgan
ma'lumotlar asosida o‘z xulosalarini tuzish;
4) guruh muhokamasi. Birinchi bosqichda ma'lum miqdordagi
ma'lumotlarga asoslanib, nomzod o‘zining qarorini qabul qilishi kerak.
Mashqning ikkinchi qismida guruh kelishib, birgalikda qaror qabul qilishi
kerak. Bunday vazifalar ishontirish, natijalarga qarab ish tutmoq, guruh
jarayonlarini tashkil etish qobiliyati, tajovuzkorlik darajasi, etakchilik
fazilatlari, jamoani muhokamaga jalb qilish va murosalarni topish
qobiliyatini o‘lchashga yordam beradi.
5) Konvertdagi mashqlar (qutida). Ishtirokchilarga shartli vaziyat va
ushbu kompaniyadagi rol taklif etiladi. Mashq qilish uchun materiallar -
xodimlarning ichki yozishmalari, xizmat yozishmalari, turli xil kirish /
chiqish hujjatlari. Ushbu materiallardagi ma'lumotlarga asoslanib,
ishtirokchilar keyingi harakatlar to‘g'risida qaror qabul qilishlari kerak.
Baholash jarayoni maxsus tayyorlangan kuzatuvchilar (kompaniya
rahbarlari - ish beruvchilar va ko‘pincha rekruting agentligi yoki konsalting
kompaniyasining vakillari) ishtirokida amalga oshiriladi, ular natijalarni
maxsus bayonnoma varaqasida belgilaydilar. Baholash mezoni bu ma'lum
mahoratga ega bo‘lish darajasi yoki ma'lum bir kompetentsiyaning
ifodalanishdir.
Dostları ilə paylaş: