Saodat toxirovna toshaliyeva r e k r u t m e n t


Rekruting xizmatining tarkibiy qismi



Yüklə 4,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/186
tarix10.09.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#142495
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   186
Rekrutment Darslik

 
1.5. Rekruting xizmatining tarkibiy qismi 
 
Rekruting xizmati (ingliz tilidan recruitment service) – bu provayder 
agentligining pullik asosda buyurtmachi-kompaniyalar uchun xodimlarni 
izlash va tanlash bo‘yicha vositachilik xizmati. 
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida kadrlar xizmatlari ro‘yxati 
tavsifi keltirilgan. Masalan, faoliyat turlari bo`yicha xizmatlarning 
umumdavlat tasniflagichi (FTBXUT) da quyidagi xizmatlar keltirilgan:
Guruh 74.5 - Ishga yollash va saralash bo‘yicha xizmatlar; 
Sinf 74.50 - Ishga yollash va saralash bo‘yicha xizmatlar; 
74.50.1 - Xodimlarni lavozimga belgilash xizmatlari; 
74.50.11 - Ijrochi (boshqaruv) xodimlarni qidirish xizmatlari; 
74.50.12 - Idora yordamchi personali va boshqa xodimlar 
lavozimlariga belgilash xizmatlari; 
74.50.2 - Personal bilan ta’minlash xizmatlari; 


24 
74.50.21 - Idora yordamchi personali bilan ta’minlash xizmatlari; 
74.50.22 - Uy xizmatchilari bilan ta’minlash xizmatlari; 
74.50.23 - Savdo va sanoat ishchilari bilan ta’minlash xizmatlari; 
74.50.24 - Bemorlarni parvarish qilish uchun personal bilan 
ta’minlash; xizmatlari; 
74.50.25 - Boshqa personal bilan ta’minlash xizmatlari; 
Shuningdek iqtisodiy faoliyat turlari umumdavlat tasniflagichi 
(IFUT) da xizmatlar bo‘yicha umumiy ma’nodagi tushuncha berilgan: 
78.10.0 – Ishga joylashtirish bo‘yicha agentliklar faoliyati; 
78.20.0 – Vaqtincha ishga joylashtirish bo‘yicha agentliklar faoliyati; 
78.30.0 – Xodimlar bilan ishlash bo‘yicha boshqa tashkilotlar 
faoliyati. 
Kadrlar saralash bo‘yicha maslahatchilar uyushmasi tomonidan 
taqdim etilgan kadrlar xizmatlarining nomenklaturasi bu bo‘shliqni 
to‘ldirishga imkon beradi, chunki u uchta guruhga bo‘lingan rekruting 
xizmatlarining ba’zi turlarini aks ettiradi: 
1) personalni saralash (ommaviy saralov, to‘g'ridan-to‘g'ri qidirish, 
mintaqaviy personalni saralash, chet el ishchi kuchlarini saralash, vaqtincha 
xodimlarni saralash va hk); 
2) personalni baholash (sirli sotuvchi, xodimlarni baholash / 
attestatsiya qilish, poligrafiyadagi tadqiqotlar, rivojlanayotgan assessment 
markaz); 
3) qo‘shimcha xizmatlar (ta'lim/treninglar, xo‘jalik yurituvchi 
subyektlarning kadrlar auditi, kadrlar bo‘yicha maslahat, abonent xizmat 
ko‘rsatish, mehnat bozorini o‘rganish, ish haqi tahlili, korporativ tadbirlarni 
tashkil etish). 
Turli xil tasniflash 1.5.1-rasmda keltirilgan bo‘lib, u rekruting 
bo‘yicha xizmatlarning deyarli barcha turlarini qamrab oladi. 

Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin