25
Xizmat ko‘rsatish uchun
buyurtmalarining
davriyligi va takrorlanishi
Bir
martalik,
mavsumiy
/
davriy,
vaqtinchalik
personalni saralash, abonent
xizmat ko‘rsatish
Mehnat bozori
qamrovining kengligi
Mahalliy, mintaqaviy, chet el ishchi
kuchlarini saralash
Buyurtma murakkabligi
Odatiy va eksklyuziv
Xizmat narxi
Soatlik, vaqt, begilangan
*
General recruitment
- shaxsiy ish aloqalari, shaxsiy ma'lumotlar bazasi,
ommaviy axborot vositalari va Internet orqali qidirish; Management
selection - o‘rta bo‘g’in menejerlar va asosiy mutaxassislarni saralash;
Staff selection - standart lavozimlar uchun mutaxassislar va chiziqli
menejerlarini saralash.
Xulosa
1. Agar rekrutment kompaniyaning kadrlarga bo‘lgan
ehtiyojini
qondirishga qaratilgan biznes turi sifatida ta’riflangan bo‘lsa, unda rekruting
- bu kerakli xodimlarni qidirish, saralash va tanlashni o‘z ichiga olgan,
tashkilot kadrlar menejmentining biznes jarayoni.
2. Tashqi rekrutment xizmatlarining iste’molchisi buyurtmachi
kompaniya bo‘lsa, rekrutmentniki esa - tashkilotning chiziqli bo‘limining
boshlig'i hisoblanadi. Umumiy xususiyatlar:
buyurtmachi talablariga, ish
profiliga
muvofiq
nomzodlarni
qidirish
va
saralash;
rekruting
texnologiyalari ba’zi hollarda o‘xshash; nomzodlar motovatsiyasi; ish
beruvchi kompaniyaning imidji va HR-brendi.
3. Samarali bozor iqtisodiyotiga ega mamlakatlarda rekrutment jadal
rivojlanishi kuzatilmoqda. Rekrutment tadbirkorlik faoliyatining bir turi
sifatida XX asrning 50-yillarida AQShda shakllangan va keyinchalik
Evropa
va
Osiyo-Tinch
okeani
mintaqasida
keng
tarqalgan.
Qonunchilikning rivojlanish darajasi va makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning
umumiy holati dunyoning turli mamlakatlarida
rekrutment sanoatining
rivojlanishiga ta'sir qiladi.
4. Rekrutment infratuzilmasining rivojlanishi ko‘plab mezonlarga
ko‘ra tasniflanishi mumkin bo‘lgan rekrutment agentliklarining ma'lum bir
tuzilmasini shakllantirishga yordam berdi. Bozor raqobati provayder
agentliklari tomonidan turli xil strategiya va texnologiyalarni qo‘llashni
rag'batlantiradi. Qoidaga ko‘ra, agentliklarda yagona narxlash uslubi
mavjud emas. Rekruting xizmatlarining narxi
har bir alohida provayder
tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi va uning hajmi rekruterlarning
xarajatlari, imidji va obro‘siga bog'liq. To‘lov usullari shuningdek har bir
26
buyurtmachi bilan alohida belgilanadi. Rekruting agentliklarining
samaradorligi, birinchi navbatda, bajarilgan ishlar va ko‘rilgan
foyda
miqdorini belgilaydigan ko‘rsatkichlar bilan belgilanadi.
5. Rekruting xizmati buyurtmachi kompaniyalar uchun pulli asosda
xodimlarni izlash, saralash va tanlash bo‘yicha provayder agentligining
vositachilik xizmati sifatida ta’riflanadi. Faoliyat turlari bo`yicha
xizmatlarning umumdavlat tasniflagichi (FTBXUT) ma'lumotlariga ko‘ra,
ushbu xizmat 74.5 "Ishga yollash va saralash bo‘yicha xizmatlar" guruhiga
kiritilgan. Rekruting xizmatlarining turli tasniflari mavjud. Shuningdek
iqtisodiy faoliyat turlari umumdavlat tasniflagichi (IFUT) da rekruting
xizmatlari quyidagi kichik sinflarga kiritiladi:
78.10.0
–
Ishga
joylashtirish bo‘yicha
agentliklar; 78.20.0 – Vaqtincha ishga joylashtirish
bo‘yicha agentliklar faoliyati; 78.30.0 – Xodimlar bilan ishlash bo‘yicha
boshqa tashkilotlar faoliyati.
Dostları ilə paylaş: