Saodat toxirovna toshaliyeva r e k r u t m e n t



Yüklə 4,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/186
tarix10.09.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#142495
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   186
Rekrutment Darslik

To‘g'ridan-to‘g'ri 
qidirish 
(inglizcha 
executive search) - 
bu 
faqat yuqori boshqaruv 
lavozimlarida ishlashga 
qodir yuqori malakali va 
yuqori 
maoshli 
mutaxassislarga, 
shuningdek 
talabi 
taklifidan oshib ketadigan 
faoliyatning 
noyob 
sohalaridagi mutaxassislarga qaratilgan rekrutment yo‘nalishidir. 
To‘g'ridan-to‘g'ri qidiruv faol qidiruvda bo‘lgan nomzodlar orasida 
ham, boshqa kompaniyalarda muvaffaqiyatli ishlayotganlar orasida ham 
amalga oshiriladi. 
To‘g'ridan-to‘g'ri qidirishning asosiy vositalari: ochiq manbalar, 
tavsiyalar, rekruting agentligida dastlabki tanlovdan o‘tgan top 
menejerlarning shaxsiy ma'lumotlar bazasi. Shuni ta'kidlash kerakki, 
qimmatbaho mutaxassislar, qoidaga ko‘ra o‘zlarining rezyumelarini ochiq 
manbalarga joylashtirmaydilar. 
Executive search uchun mehnat harajatlari klassik rekrutmentga 
qaraganda 3 baravar yuqori, chunki talab qilinadigan mutaxassislar ish 
izlamaydilar, o‘zlari haqida ma'lumotni nashr qilmaydilar va reklamalarga 
javob bermaydilar. Natijada, to‘g'ri nomzodlarni qidirish va saralash kamida 
2-6 oyni, ba'zi hollarda taxminan 1 yilni oladi. 
To‘g'ridan-to‘g'ri qidirish natijasida topilgan xodim uchun kafolatli 
yordam - kamida 6 oy. 
Nomzodlarni to‘g'ridan-to‘g'ri izlash bosqichlarining mantiqiy ketma-
ketligi 2.2.1 – rasmda berilgan. Odatda, buyurtmachi kompaniyalar donor 
kompaniyalarning 40 foizidan ko‘prog'ini bilishmaydi. Ushbu ma'lumotni 
reytinglardan, OAVdagi nashrlarni tahlil qilishdan, sanoat ko‘rgazmalarida, 
shuningdek, etakchi kompaniyalar xodimlaridan intervyu olish orqali olish 
mumkin. 
To‘g'ridan-to‘g'ri qidirish qiymati mutaxassisning yillik daromadining 
15-20 foizini yoki uning yillik ish haqining 30-35 foizini tashkil etadi. 
Qoidaga ko‘ra, xizmatlar uchun to‘lov ikki bosqichda amalga oshiriladi - 
qisman oldindan to‘lov (qaytarib berilmaydi) va qo‘shimcha xarajatlarni 
to‘lash. Nomzodni topish ehtimoli 60% dan ortiq. 

Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin