37
cheklanib qolmay, balki ayni vaqtda aniq buyurtma mavjud bo‘lishidan qat'i
nazar, bozor ehtiyojlariga muvofiq o‘z lizing salohiyatini shakllantiradilar.
Provayder agentliklar iqtidorli yosh mutaxassislarni tanlab olishadi va
ularga keyinchalik yuqori malakali kadrlarga ehtiyoj sezadigan
kompaniyalar bilan ijara munosabatlarini o‘rnatish uchun sarmoya kiritadi.
Personal lizingi uchta turdagi shartnomalarni tuzishni nazarda tutadi:
agentlik-provayder tomonidan personal lizingi bo‘yicha xizmat ko‘rsatish
shartnomasi (fuqarolik huquqiy tabiat); lizing beruvchining lizing bo‘yicha
mutaxassis bilan tuzgan mehnat shartnomasi; moliyaviy javobgar shaxslar
bo‘lgan lizing mutaxassislari bilan javobgarlik shartnomasi.
Shu bilan birga, esda tutish kerakki, Fuqarolik Kodeksda personal
lizingi shartnomasini tuzish imkoniyati to‘g'risida to‘g'ridan-to‘g'ri
ko‘rsatmalar mavjud emas.
Bundan tashqari, yuridik nuqtai nazardan,
"personal lizingi" atamasi noto‘g'ri, chunki O‘zbekiston qonunchiligida
fuqarolik huquqi ob'ektlari ashyolar, shu jumladan pul va qimmatli
qog’ozlar, boshqa buyumlar,
mol-mulk, shu jumladan mulkiy huquqlar,
ishlar va xizmatlar, ixtirolar, sanoat namunalari, fan, adabiyot, san’at
asarlari va intellectual
faoliyatning boshqa natijalari, shuningdek shaxsiy
nomulkiy huquqlar va boshqa moddiy hamda nomoddiy o‘z ichiga oladi
(O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 81-moddasi). Shunga
ko‘ra, personal fuqarolik ob’ekti bo‘lishi mumkin emas. O‘z navbatida, bu
O‘zbekistonda personal lizingi xizmati noqonuniy degani emas.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 354-moddasi 3-
bandlariga muvofiq taraflar qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan
shartnomani ham tuzishlari mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksiga qo‘shimcha ravishda,
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining matnida xodimlarni taqdim
etish xizmatlari haqida bilvosita eslatma mavjud. Masalan, 145-modda 1-
bandiga binoan boshqa xarajatlarga ishlab chiqarish
jarayonida ishtirok
etish uchun yoki soliq to‘lovchining faoliyati bilan bog’liq boshqa
vazifalarni bajarish uchun o‘zga yuridik shaxslar tomonidan xodimlarni
(texnik personalni) taqdim etishga doir xizmatlar xarajarlari kirishi
belgilangan.
Xodimlarni ijaraga berish muddati bo‘yicha uzoq muddatli va qisqa
muddatli lizingga ajratiladi.
38
Uzoq muddatli personal lizingi
- rekruting agentligi lavozim
jadvalida
bir necha oydan bir
necha yilgacha ishlaydigan
xodimlarning
buyurtmachi
kompaniya tomonidan ijaraga
olinishi. Ushbu turdagi lizing
asosan
mamlakatda
o‘z
vakolatxonalarini tez ochishni
va
o‘z
faoliyatini
boshlamoqchi bo‘lgan xorijiy
kompaniyalar
yoki mintaqaviy
filiallar tarmog'ini yaratadigan
mahalliy
kompaniyalar
tomonidan qo‘llaniladi.
Qisqa muddatli personal
lizingi
yoki
vaqtinchalik
xodimlarni saralash (inglizcha
temporary staffing
) - rekruting
agentligi lavozim jadvalida bu
bir kundan ikki-uch oylargacha ishlaydigan xodimlarning buyurtmachi
kompaniya tomonidan ijaraga olinishi. Qoida tariqasida, ma'muriy va
xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar ish hajmining vaqtincha yoki mavsumiy
o‘sishi
munosabati bilan, shuningdek ko‘rgazmalar, konferentsiyalar,
aktsiyalar paytida kasallik / ta'til tufayli bo‘lmagan xodimlarni vaqtincha
almashtirish uchun talab mavjud.
Xodimlarni ijaraga berish narxi ko‘plab omillarga bog'liq (ish
sharoitlari, mijozlarning joylashuvi, xodimlar soni, vaqtinchalik xodimlarga
bo‘lgan talablar, ish smenalari soni va ularning davomiyligi, bajarilgan
ishlarning turi) va har bir aniq buyurtma
uchun individual ravishda
belgilanadi.
Xizmatlar uchun to‘lov tasdiqlangan tariflar va soatlik stavkalar
asosida amalga oshiriladi.
Masalan, “
Dockers Staff
” DKning vaqtincha ishlaydigan xodimlar
uchun narxlari:
- yuk ortuvchilar, turli xil ishchilar, merchendayzeri, promoterlar
soatiga 120 rubldan;
-
butlovchilar,
qadoqlovchilar,
skanerlovchilat,
stikerlar
yopishtiruvchilar soatiga 110 rubldan;
Dostları ilə paylaş: