39
- sotuvchi g’aznachilar soatiga 130 rubldan;
- restoran va kafelar uchun xodimlar (ofitsiantlar, barmenlar, idish
yuvuvchilar, farroshlar) soatiga 119 rubldan;
- maxsus texnika haydovchilari soatiga 210 rubldan;
Xodimlarni ijaraga berishning asosiy yo‘nalishlari
- autsorsing va
autstaffing.
Autsorsing (inglizcha
autsourcing)
–
personal
lizingi yo‘nalishi bo‘lib, unda
rekruting agentligi personalni
izlash va tanlash bo‘yicha
buyurtmachi kompaniyasiga
xizmat ko‘rsatib, uni o‘z
lavozim
jadvaliga
rasmiylashtirib,
buyurtmachiga
muayyan
vazifa yoki funktsiyalarni bajarish uchun yuboradi.
Autsorsing turlari. Buyurtmachi kompaniya
provayderga qanday
faoliyat turlarini berib yuborayotganiga qarab farqlanadi:
- “minimal autsorsing” yoki uzoq muddatli kelishuv asosida
ta’minotchi, yordamchi, xizmat ko‘rsatish
ustaxonalari va xizmatlari
shug’ullanadigan faoliyat turiga oid bo‘lmagan sohalar autsorsingi; Shu
ma’noda, autsorsingning ushbu turi ishlarni pudrat asosida bajarishdan juda
kam farq qiladi;
- "samarali autsorsing" yoki faoliyatning intellektual turi autsorsingi -
yuridik, maslahat, rekruting, informatsion, marketing, buxgalteriya va hk.;
- "radikal autsorsing" yoki qobiq kompaniyasini
qayta tuzilish
natijasida yaratishni nazarda tutuvchi ishlab chiqarish jarayonlarining
autsorsingi (ishlab chiqarishsiz kompaniya). Masalan, hozirgi vaqtda Nike
o‘z ishlab chiqarishiga ega emas va birinchi navbatda marketing va dizayn
tashkilotidir.
Masalan, Yaponiyada autsorsing kadrlar tayyorlash (so‘rovda
qatnashgan firmalar umumiy sonining 20%), axborot tizimlarini boshqarish
(19,7%), ishlab chiqarish jarayonlari (17,4%), buxgalteriya operatsiyalari
(14%) sohasidagi biznes amaliyotining muhim qismidir.
Shunday qilib,
ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va xarajatlarni kamaytirish uchun
autsorsingdan foydalangan AQSh kompaniyalarining 70% dan ortig'i o‘z
maqsadlariga erishdilar. SSSRda raketa, aviatsiya, mudofaa sanoatidalarida,
xorijiy vakolatxonalarda autsorsing texnologiyalari foydalanilgan. Bugungi
Dostları ilə paylaş: