Saodat toxirovna toshaliyeva r e k r u t m e n t


Ish va HR saytlarining ixtisoslashuvini kuchaytirish



Yüklə 4,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/186
tarix10.09.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#142495
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   186
Rekrutment Darslik

Ish va HR saytlarining ixtisoslashuvini kuchaytirish.
1. Sohalar va kasblar bo‘yicha ixtisoslashuv: moliyachilar va quruvchilar, 
farmatsevtlar va sotuvchilar, IT-mutaxassislar va shifokorlar uchun ish 
saytlari. 
2. Hududlar bo‘yicha ixtisoslashuv: har bir viloyat, shahar ish va ishchilarni 
topish uchun hududiy saytlariga ega. 
3. Ish qidiruvchilarning 
malaka darajalariga qarab saytlarning 
ixtisoslashuvi: bitiruvchilar uchun ish saytlari, top menejerlar, freelancerlar 
uchun ... 
4. Boshqa omillar bo‘yicha ixtisoslashuv: Ayollar uchun, "40 yoshdan 
oshganlar", nogironlar uchun ish joylari va boshqalar ... 
Ixtisoslashtirishga misol: The Ladders - yirik kompaniyalardagi 
yuqori maoshli mutaxassislar uchun (faqat $100,000 dan yiliga). Sayt 
maqsadli bo‘lmagan auditoriyani filtrlash, onlayn maslahatlar, rezyume 


87 
tayyorlashda yordam berish va boshqa qo‘shimcha xizmatlardan pulli 
foydalanish imkoniyatiga ega. 
Bundan tashqari, ish saytlarida yangi xizmatlar paydo bo‘lmoqda. 
Masalan, yangi bo‘sh ish o‘rinlarini mobil telefonga yuborish, ish beruvchi 
kompaniyalar haqida sharhlarni nashr etish, masalan, www.recruiting.net va 
boshqalar. 
Xodimlarni baholashning onlayn usullari.
Nomzodlarning masofadan intervyu qilish, shu jumladan Skype-dan 
foydalanib intervyu o‘tkazish ommalashib ketishi kutilmoqda. 
Ba’zi xorijiy saytlar allaqachon foydalanuvchilar uchun internetda 
intervyu olish - yangi imkoniyatini taqdim qilmoqda. 
Estoniyaning http://www.cvonline.com kompaniyasi evropalik ish 
beruvchilarga onlayn rekruting va onlayn intervyu o‘tkazish jarayoni 
to‘g'risida o‘z tasavvurlarini taqdim etamoqda. 
Amerika Qo‘shma Shtatlarida bunday intervyular ham faol 
qo‘llanilmoqda: internetda o‘tkazilgan birinchi intervyu lavozimga mos 
kelmaydigan odamlarni saralashga imkon beradi. Ushbu texnologiya 
qarorlarni qabul qilish jarayonini tezlashtiradi, ammo hozirgi kunga qadar 
offlayn intervyuning to‘liq o‘rnini bosmaydi. Onlayn testlar, biznes 
holatlari, stimulyator va anketalardan tobora ko‘proq foydalanilmoqda. 

Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin