82
5.2. Rekrutmentda video: video bo‘sh ish o‘rinlari va video-rezyume
Havaskor va korporativ videolar internetdagi trafik nuqtai nazaridan
boshqa formatlarni allaqachon siqib qo‘ymoqda. Ko‘pgina g'arbiy
kompaniyalarda ma'lum bir kompaniyada ishlashning zavqini namoyish
etadigan korporativ videolar potentsial ishchilarni xabardor qilish vositalari
orasida etakchi o‘rinda turadi.
Yuzlab so‘zlarni o‘qishdan ko‘ra, bir marta ko‘rish yaxshiroqdir ...
Shuning uchun, harakatlanuvchi rasmlar kompaniyaning haqiqatan
ham qanday
ishlashini namoyish etadi, kompaniyaning "ruhini" etkazadi.
Ofis, tsex bo‘ylab video-safar, seminarlar, menejerlar yoki xodimlar bilan
video-suhbatlar, bularning barchasi kompaniyaning jozibadorligi va
ochiqligini oshiradi.
Agar ilgari videolarni tarmoqqa joylashtirish faqat eng ilg'or ish
beruvchilarning ishi bo‘lgan, ular shu yo‘l orqali g'ayrioddiy nomzodlarning
e'tiborini jalb qilishga harakat qilishgan bo‘lsa, endi bu hodisa tobora keng
tarqalmoqda. Bir qator ixtisoslashgan saytlar paydo bo‘ldi, u erda ish
beruvchining videoni joylashtirishi allaqachon odatiy xizmatga aylangan.
Masalan, Jobing.com shunday videolardan taxminan 7 mingtasini
joylashtirdi.
Hozirda kompaniyaning ko‘plab video-prezentatsiyalari YouTubeda
joylashtirilmoqda.
Videolar orqali rekrutingga ixtisoslashgan
CareerTours kabi saytlar
allaqachon mavjud. Ish beruvchilar ish qidiruvchilarga onlayn videoda
o‘zlarining kompaniyalari ishi, madaniyati
va tarixi bilan tanishish
imkoniyatini bermiqdalar.
U erda nomzodlar o‘zlarining nomzodini ish beruvchilar tomonidan
ko‘rib chiqiladimi yoki yo‘qmi degan savolga javob olishlari mumkin va ish
beruvchilar suhbatga taklifnomalarni yuborishlari mumkin.
CareerTours uchun yaratilgan barcha videolar shuningdek Google
Base, Indeed, Simple Hired, MySpace, Oodle, WorkBlast va boshqa ko‘plab
saytlarda
joylashtiriladi, bu esa oyiga 20 million ijtimoiy tarmoq tashrif
buyuruvchilariga bo‘sh ish o‘rinlarini ko‘rish imkoniyatini beradi!
Dostları ilə paylaş: