81
tavsiyachisi xodimning oylik ish haqi bilan taqqoslanadigan haq oladi.
SAPning Rossiya offisida bo‘sh ish o‘rinlarining 50 foizigacha shu yo‘sinda
yopiladi va bunaqa vakansiyalar kompaniyada yiliga 150 tagacha.
Luxoft-da tavsiyalar nafaqat kompaniya xodimlaridan, balki barcha
xohlovchilardan qabul qilinadi. Jarayon kompaniyaning veb-saytida
tafsiflangan. Tavsiya etuvchining nomzodi ishga olinsa, unga 300 dollar
miqdorida bonus to‘lanadi. Tashqi dastur ishtirokchilarining ulushi
taxminan 15-20% ni tashkil qiladi. Xodimlar va tashqaridagi odamlarning
tavsiyalari o‘tgan yili kompaniyaning 32% bo‘sh ish o‘rinlarini yopishga
yordam berdi.
Ernst & Young CIS da 8 yildan beri xodimlarni yollash bo‘yicha
“Employee Referral Program” maxsus dasturga ega. Euroset-da "Do‘stingni
olib kel" aksiyasi doirasida har bir xodim, tavsiya etilgan nomzod
muvaffaqiyatli ishlagan taqdirda, 12 500 rubl miqdorida bonus oladi. 2007
yilda nomzodlarning 25% do‘stlar va tanishlar tavsiyasiga ko‘ra,
“Evroset”ga ishga joylashgan.
Dostları ilə paylaş: