Saodat toxirovna toshaliyeva r e k r u t m e n t



Yüklə 4,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/186
tarix10.09.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#142495
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   186
Rekrutment Darslik

360 ° baho.
360 ° baholash uslubi barcha darajadagi xodimlar 
tomonidan kompaniyadagi boshqaruv uslubini idrok etish, shuningdek
tashkiliy o‘zgarishlar, murakkab va noaniq vaziyatlar to‘g'risida ma'lumot 
to‘plash va tahlil qilish imkonini beradi. Ushbu vosita tashqi nomzodni 
tanlashda foydalanilmaydi, lekin rahbarlik lavozimiga ichki nomzodni 
ko‘rib 
chiqishda, 
shuningdek 
kompaniya 
ichidagi 
xodimlarni 
almashtirishda, o‘qitish va rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda


105 
kadrlar aktivini shakllantitishda va individual yoki guruhlarni baholashda 
qo‘shimcha vosita sifatida xizmat qiladi. 
360 ° baho odatda qog'ozda yoki onlayn so‘rov bo‘lib, unda rahbar, 
hamkasblar, xizmatchilar va baholovchi xodim qatnashadi. Ba'zi hollarda, 
bir xil odamlar bilan so‘rovnomalar o‘tkazish bilan birga (yoki ularning 
o‘rniga) suhbat o‘tkazish mumkin. 
Anketa tegishli rahbar ega bo‘lishi kerak bo‘lgan aniq vazifalar va 
vakolatlar uchun maxsus ishlab chiqiladi. 
Maksimal samaraga erishish uchun 360 ° baholashni tashqi 
maslahatchilar yordamida o‘tkazish maqsadga muvofiq. Bu natijalarning 
xolisligi va anonimligini ta'minlaydi, shuningdek, ishtirokchilarni baho 
qo‘yishda iloji boricha ochiq va halol bo‘lishga undaydi. Anketalar va 
suhbatlar 
natijalari 
tahlil 
qilinadi 
va 
kompaniya 
rahbariyatiga 
baholanayotgan menejerning kasbiy fazilatlari va boshqaruv xususiyatlari 
haqida keng fikr bildirilgan mulohaza taqdim etiladi. 
360 ° bahoning to‘g'ri qo‘llanilishi kompaniya rahbariyatiga 
menejerlar imidjiga, tashkilotdagi korporativ madaniyat va iqlimiga ijobiy 
ta'sir ko‘rsatish, shuningdek, xodimlarga fikrlarining muhimligini namoyish 
etib, ichki aloqalarni yaxshilash imkoniyatini beradi. 
Bunday baholash natijalari umumiy va individual o‘quv dasturlarini 
ishlab chiqish va o‘rta va yuqori darajadagi menejerlarni rivojlantirishda 
muhim ahamiyatga ega. 

Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin