112
kadrlar zahirasini shakllantirishda, xodimlarning rivojlanish rejalarini
tuzishda, ishonchlilikni baholashda va menejerlar kouchingida samarali.
Qo‘l yozuvi shaxsning kuchli tomonlarini va zaif tomonlarini ochib
beradi, ish joylariga nomzodlarni to‘g'ri joylashtirishga imkon beradi, ish
beruvchiga ishonchsiz ishchini yollashdan oldin ogohlantirishga yordam
beradi.
Fiziognomika.
Ma'lumki, kishi haqida birinchi taassurot bir necha
soniya ichida shakllanadi. Ko‘pincha, xodimlarni yollashda, tajriba tashqi
ko‘rinish bo‘yicha xarakter xususiyatlarini aniqlashga imkon beradi. Bu
aloqadorlik fiziognomikaning, yuz xususiyatlariga ko‘ra shaxs turini
aniqlash usuli asosidir. Fiziognomika xodimlarni yollashning nostandart
usullariga tegishli bo‘lishiga qaramay, kadrlar bo‘yicha mutaxassislarning
ko‘plari suhbatda undan foydalanib, nomzod to‘g'risidagi barcha mavjud
ma'lumotlarni tahlil qilishga harakat qilishadi.
Fiziologiya shunchalik qadimiy tarixga egaki, ko‘pgina tadqiqotchilar
buni ezoterizm yoki soxta fan bilan bog'lashga moyil. Ushbu uslub
insonning yuzini idrok etish va o‘qish orqali fe'l-atvor, shaxsiy xususiyatlar
to‘g'risida ma'lumot olishga imkon beradi. U tashqi qiyofaga, ayniqsa yuzga
qarab psixodiagnostika bilan shug'ullanadi. Ba'zi hollarda fiziognomika
mavzusi nafaqat yuz, balki tanada ham bo‘lishi mumkin: yuz ifodalari;
xarakterli imo-ishoralar; holatlar; tana tuzulishi xususiyatlari.
Dostları ilə paylaş: