Bunda asosan bola oldiga qo‘yidagi masalalar qo‘yiladi:
predmetlarni qirqish, bir-biri bilan taqqoslaganda ularni hajm
bo‘yicha farqlash;
asosiy predmet, asosiy qahramonlar yuzini ko‘rsatish, vaziyat va
harakat joyi bilan ularni bog‘lash.
asosiy hajm, rang bilan bo‘rttirish;
personajlarning fe’l-atvori, o‘ziga xosligi va ularning imo- ishora,
holati, kiyimi, rangini ko‘rsatish;
predmetlarni yassi joyda joylashtirish: bir chiziqda, qatorda
gorizontal va vertikal bo‘yicha predmetlarni bo‘yini ko‘rsatgan holda.
Har bir guruhda bu masalalar turlicha amalga oshiriladi. Ularning
murakkablashishi bilim, mahorat va malaka darajasiga bog‘lik,
atrofolamning har xilligi turli syujetlarni applikatsiyada aks etishi
uchun boy material takdim etadi.
Kattalarning maqsadi- bu faollikni qo‘llash, so‘nishiga yo‘l
qo‘ymaslik, unga ijodiy xarakter berishdir. Bolaning faolligi va
mustaqilligi rivojlanishi uchun kerakli tasvirlar berib borish lozim.
Tasviriy faoliyatda turli materiallar va tasvirlashning texnik usullarini
turlicha ko‘rinishda bajara olish yo‘llarini bolalarga o‘rgatish lozim.
Shundagina bolalar applikatsiyaning turli usullarini qo‘llagan holda
obrazlarni tasvirlashda ular o‘z kuchiga ishongan holda
shug‘ullanadilar.
Tabiiy materiallar tarbiyachi rahbarligida ekskursiyalarda to‘planadi.
Ekskursiya
uyushtirishdan oldin
bolalarga bo‘lajak
ish namunasi ko‘rsatiladi.
Bolalar uni diqqat
bilan
Dostları ilə paylaş: |