2. Bir xil aralashganligi - shamchani ko’ndalangiga qirqib ko’rilganda uning yuzasi bir xil
ko’rinishda bo’lishi, yig’ilib qolgan kakao moyi yoki dori modda ko’zga tashlanmasligi kerak.
3. Shamchalar yetarli darajada qattiqlikka ega bo’lishi kerak.
4. Tayyor shamcha kesimida havo bo’shliqlari uchramasligi kerak.
5. O’rtacha og’irlik 20 ta shamchani 0,01g gacha aniqlikda tortib topiladi. O’rtacha
og’irlikdagi chetlanish
5% gacha bo’lishi mumkin. Ko’pi bilan 2 ta shamcha uchun
7,5% (XI
DF) yo’l qo’yiladi.
6. Moyli asosda tayyorlangan shamchalar uchun erish harorati XI DF da berilgan usul
bo’yicha aniqlanadi (DF XI, 2 bob, 151 bet “Shamchalar” maqolasi).
7. Moyli asosda tayyorlangan shamchalar uchun to’liq ezilish (deformatsiyalanish) vaqti XI
DFda berilgan usul bo’yicha aniqlanadi. (DF XI, 2 bob, 151 bet “Shamchalar” maqolasi).
8. Suvda eruvchan asoslarda tayyorlangan shamchalar uchun erish vaqti aniqlanadi, bu vaqt
60 daqiqadan oshmasligi kerak.
9. Agar Davlat farmakopeyasida biror modda bilan tayyorlangan shamcha uchun xususiy
maqola berilgan bo’lsa, u holda tekshirilayotgan shamcha shu maqoladagi talablarga to’liq javob
berishi kerak.
Dostları ilə paylaş: