Organicheskie soli
-
0,001-0,01
-
Galogen
tuzlari
reaksiya
Fenilmerkuriya
atsetat
-
-
0,004
-
Fenilmerkuriya
nitrat
-
-
0,004
-
Ko’z dori turlarida ishlatiladigan zamonaviy konservantlar
Jumladan, vitamin saqlovchi ko’z tomchilarining polivinil spirti eritmasi asosida tayyorlash
texnologiyasi ishlab chiqilgan:
Tarkibiy qismlar
1-Tarkib
2-Tarkib
3-Tarkib
Riboflavin, g
0,002
0,002
0,002
Askorbin kislotasi, g 0,02
0,02
0,02
Glyukoza, g
0,2
—
—
PVS (1,5% li eritma), ml
—
10
—
Suv, ml
10
—
10
Tomchilar aseptik sharoitda tayyorlanadi, natriy xlorid bilan izotonik qilinadi, zich tikinlab
yopilib,bosim ostida 120°C da 8 minut davomida sterillanadi. Tozalangan suv albatta yangi
haydalgan bo’lishi kerak, ayniqsa, tarkibida oksidlanish jarayonini to’xtatuvchi moddalar bo’lmasa
(askorbin kislotasi uchun). Riboflavin eritma holida (1:1000) tomchilab solinadi. Ko’zning ko’rish
faoliyatini me’yorlashtirishda riboflavin muhim o’rin tutadi.
Ex temporae tayyorlanadigan bir qancha tarkiblarni ko’rib chiqamiz.
Rp:Atropini sulfatis
Aethylmorphini hydrochloridi 0,1
Sol. Acidi borici 1,9% — 10 ml.
M. D. S. 2 tomchidan 2—3 mahal ishlatilsin.
Dorixatdagi tarkibiy qismlar miqdori izotonik konsentratsiyani ta’minlaydi. Bu yerda
izotoniklik borat kislotasi hisobiga erishilgan.
Rp:Novocaini 0,1
Zinci sulfatis 0,025
Acidi borici q. s. ut. f. sol. isotonica 10 ml
D. S. 2 tomchidan 2 — 3 mahal kuniga tomizilsin.
Dorixat bo’yicha izotonik eritma olish uchun borat kislotasining miqdorini hisoblash kerak.
Bu keltirilgan tarkibni o’zgartirish mumkin. Novokain o’rniga dikain, borat kislota eritmasi
o’rniga simob sianit 1:5000 eritmasi yoki 1% li rezorsin eritmasi yoziladi. Tarkibiga yana
adrenalin gidroxlorid 1:1000 eritmasini kiritish mumkin.
Dorixonada ko’z tomchisini tayyorlashni tezlatish maqsadida rux sulfatning 2% li borat
kislotasidagi 0,25% li konsentrlangan eritmasi oldindan tayyorlab qo’yiladi.
Ko’z davolash amaliyotida kumush preparatlari kollargol (0,5-2%), protorgol (1-5%),
albargin (0,5-1%) larning kolloid eritmalari keng qo’llaniladi. Protargolning erishini yuqorida
aytib o’tdik. Kollargol eritish uchun ularni havonchada suv bilan eziladi. Keyin oldindan yuvilgan
paxta bo’lakchasi orqali suziladi. Ko’z tomchisi shaklida ishlatiladigan ba’zi turg’un bo’lmagan
preparatlar (masalan: intermedin, atsetilholin xlorid) kichkina shishalarda quruq modda holida
chiqariladi va ishlatishdan oldin tozalangan steril suvda eritiladi.
Rp: Sol. Atropini sulfatis 1%-10 ml
D. S. 2 tomchidan kuniga 2 marta tomizilsin.
Dostları ilə paylaş: