5. Ko’pchilik antibiotiklarni suvda erimasligi va suvli eritmalarini yetarli darajada turg’un
emasligi.
6. Antibiotiklarni haroratga chidamsizligi.
7. Boshqa dorivor moddalar bilan kimyoviy va farmakologik jihatdan nomutanosiblikni
namoyon qilishi.
8. Mikroorganizmlarga o’ta ta’sirchanligi.
Antibiotiklarni ana shu ko’rsatilgan va o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda uni
dori shakli texnologiyasi ishlab chiqiladi. Dori shakli tarkibidagi antibiotikni ma’lum vaqt ichida
turg’unligi ta’minlanishi kerak. Dori shakli esa tanaga terapevtik konsentratsiyadagi antibiotik
miqdorini ta’minlay oladigan shaklda bo’lishi zarur. Masalan: levomitsetin haroratga chidamli
antibiotik; uning eritmalarini sterillash mumkin, penitsillin esa eritma shaklida o’ta chidamsiz.
Gramitsidin 2% li spirtli eritma shaklida chiqarilib, ishlatilganda uni 1:100 nisbatda tozalangan
suv yoki 70% li spirt bilan suyultirilib qo’llaniladi. Levomitsetin spirtda yaxshi eriydi, lekin
benzilpensillinni spirtdagi eritmasi uni murakkab efir hosil qilish xususiyati bilan bog’liq bo’lib,
ta’sir darajasini yo’qotib yuboradi. Penitsillinni suvdagi eritmasi xona sharoitida 4-6 soat turg’un
bo’lsa pHi 6,5 bo’lgan bufer eritmada (50°S) da 15-20 kungacha saqlash mumkin. Shuni hisobga
olgan holda penitsillin, levomitsetin va boshqa antibiotiklarni eritish maqsadida erituvchi sifatida
har xil bufer eritmalar qo’llaniladi. Antibiotiklar bilan tayyorlanadigan hamma dori shakllari
aseptik sharoitda tayyorlanadi.
Dostları ilə paylaş: