Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi


Antibiotiklar bilan poroshoklar tayyorlash



Yüklə 7,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə297/444
tarix28.11.2023
ölçüsü7,28 Mb.
#169555
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   444
farmatsevtik texnologiya

Antibiotiklar bilan poroshoklar tayyorlash
Kukunlar tayyorlashdagi umumiy qoidalarga muvofiq tayyorlanadi. Antibiotik saqlovchi 
kukunlar asosan jarohatlarga sepishga, yoki tana bo’shliklariga purkash uchun ishlatiladi.
Rp:Benzylpenicillini natrii 250000 TB.
Streptomycini sulfatis 250000 TB.
Ephedrini hydrochloridi 0,2
Streptocidi
Sulfadimezini 2,0
M. D. S. Grippda ogiz va burun bo’shlig’iga har 2 soatda purkash uchun.
150° haroratda 1 soat davomida qizdirib sterillangan sulfanilamid va efedrin gidroxlorid 
aralashmasiga antibiotik qo’shib aralashtiriladi. Elaki dori idishga joylab, jihozlab beriladi.
Oling:Levomitsetin 0,25
Eritromitsin 0,2
Norsulfazol
Streptotsiddan teng miqdorda 2,5
Dimedrol
Efedrin gidroxloriddan teng miqdorda 0,05 dan
Aralashtiring. Bering. Belgilang. Burunga kuniga 3 marta purkalsin.
Pasport: Levomitsetin 0,25
Eritromitsin 0,2
Norsulfazol 2,5
Streptotsid 2,5
Dimedrol 0,05 g
Efedrin gidroxlorid 0,05
Umumiy og’irligi 5,55 g
Aseptik sharoitda sterillangan havonchada 2,5 g streptotsid va 2,5 g norsulfazolni yaxshilab 
maydalanadi, keyin aralashmani kapsulaga olib qo’yiladi. Havonchaga 0,05 efedrin gidroxlorid va 
0,05 g dimedrol, ustiga 0,2 g eritromitsin va 0,25 g levomitsetin solib maydalanadi va kapsuladagi 
norsulfazol bilan streptotsidni qo’shib aralashtiriladi. Tayyor aralashmani og’zi keng bankachaga 
solib qopqog’i berkitiladi, so’ngra “Salqin joyda saqlansin”, “Sirtga qo’llash uchun” yorligi 
yopishtiriladi.
Antibiotiklar poroshok shaklida ko’pincha sulfanilamid preparatlari va boshqa moddalar 
bilan birga beriladi.
Antibiotiklar bilan poroshoklar aseptik sharoitda poroshoklarni umumiy tayyorlash 
texnologiyasiga asoslangan holda tayyorlanadi. 
Rp: Sulfadimezini
Streptocidi
Synthomycini ana 1,0
Ephedrini hydrochloridi 0,1
Misce. Da. Signa. hidlash uchun poroshok.
Aseptik sharoitda steril havonchada 1 g streptotsid 10 tomchi etil spirti yordamida 
maydalanadi. Ustiga sulfadimezin solib yana maydalash davom ettiriladi. Havonchada 
aralashmadan taxminan 0,1 g qoldirilib, qolgan qismi kapsulaga olib quyiladi. So’ngra havonchaga 
0,1 g efedrin gidroxlorid solib yaxshilab maydalanadi va kapsulaga olib quyilgan kukundan oz-
ozdan qo’shib bir xil massa hosil bo’lguncha aralashtiriladi. Aralashma quritgich shkafida 150°C
haroratda 1 soat davomida sterillanadi. So’ngra poroshok tayyorlash qoidasiga ko’ra 1 g 
sintomitsin qo’shiladi. Poroshok sterillangan shisha idishga solinib, og’zi buraladigan qopqoq 


bilan yopiladi va tegishli yorliq yopishtiriladi. Xona harorati 10°C dan yuqori bo’lmagan quruq 
joyda saqlanadi.

Yüklə 7,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   444




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin