Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi


Antibiotiklar bilan eritmalar tayyorlash



Yüklə 7,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə296/444
tarix28.11.2023
ölçüsü7,28 Mb.
#169555
1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   444
farmatsevtik texnologiya

Antibiotiklar bilan eritmalar tayyorlash
Antibiotiklar bilan suvli eritmalar (ko’z tomchilari, burun uchun tomchilar) aseptik 
sharoitda tayyorlanadi. Ko’p antibiotiklar termolabil moddalar bo’lib, ularning eritmalari 
sterilizatsiya qilinmaydi, faqatgina levomitsetinning eritmasini 100
0
c da 30 daqiqa sterillash 
mumkin.
Oling:Natriy benzilpenitsillin 100000 TB.
Natriy xloridning 0,9 % li eritmasidan 10 ml.
Aralashtiring. Bering. Belgilang. 2 tomchidan kuniga 3 marta ko’zga tomizish uchun.
Pasport: Natriy benzilpenitsillin 100000 TB (0,06 g)
Natriy xlorid 0,09
In’yeksiya suvidan 10 ml.
Umumiy hajm 10 ml.
Aseptik sharoitda sterillangan yordamchi idishda 5 ml in’yeksiya uchun suvda 0,06 g natriy 
benzilpenitsillin tuzi va 0,09 g natriy xlorid eritiladi. Eritmani qog’oz filtr (filtr kogoz oldin 
in’yeksiya suvi bilan yuvilgan) va paxta tamponi orqali shisha idishga filtrlanadi, so’ngra filtr 
qog’ozni qolgan in’yeksiya suvi bilan shisha idish yuviladi. Shisha idish rezina tikin bilan 
berkitiladi. Eritmada mexanik aralashmalar bor-yo’qligi tekshiriladi. Shisha idish metall 
qopqoqcha bilan berkitilib, ko’z tomchi yorligi bilan jihozlanadi.
Antibiotiklar bilan asosan suvli va spirtli eritmalar tayyorlanadi. Bunday hollarda pH sharoiti 
hisobga olinadi, bu esa antibiotiklarni boshqa dori moddalar bilan turg’unligini va mutanosibligini 
oshiradi
29
.
Eritmalar aseptik sharoitda eritmalarni tayyorlashning umumiy qoidasiga asoslangan holda 
tayyorlanadi.
Antibiotiklar bilan tayyorlangan dorilarni saqlash muddati 24 soat.
Rp: Strepthomycini 250000 TB
Benzylpenicillini — natrii 100000 TB
Solutionis Natrii chloridi 0,9% — 20 ml
Misce. Da. Signa. Burun uchun tomchi.
29
Lloyd V.Allen, Gavrilov A.S. Farmatsevtichesaya texnologiya izgotovleniya lekarstvennыx 
preparatov.-«GEOTAR-Media».- Moskva.-2014. (511 bet)


250000 TB (0,25 g) saqlovchi streptomitsin steril idishda 20 ml natriy xloridni sterillangan 
eritmasida eritiladi. Tayyor eritma 100000 TB (0,06 g) saqlovchi penitsillin idishiga quyiladi va 
tegishli yorliq yopishtiriladi.

Yüklə 7,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   444




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin