Salep shillig‘i — Salep shilligi yu-ori stabillash xossasiga ega. 10 g yog‘ni emulgirlash
uchun 1 g salep kukunidan olinadi. 1 g salepni suvda eritib oldin shilimshiq tayyorlanadi. So‘ng
uni emulgator sifatida ishlatiladi.
Pektin modda — o‘simliklarda pektin moddalar juda keng tarqalgan: sabzavotlar,
mevalar, barglar, urug‘larda va ildizlarda.
Ular xujayra devorining tarkibiga kiradi va yon xujayralarni o‘zaro biriktiradi. Pektin
moddalarning yana o‘ziga xos xususiyatlari uni kuchli jelatinli xossasidir. Pektin moddalar yu-
ori molekulali moddalar hisoblanadi. Ularning tuzilish asosi — qisman metil spirtining
poligalakturon kislota bilan efirlangani.
Pektin — (Pectinum). Bu modda ozik-ovkat sanoatida ishlatilgan. 1933 yildan A. L.
Katalxerman tomonidan dorixonada emulgator sifatida qo‘llaniladi. Pektinning faol jelatinli
xususiyatini pasaytirish uchun o‘rik elimi bilan 1:1 aralashmasidan foydalanish kerak.
Ionogen bo‘lmagan emulgatorlar Ionogen bo‘lmagan SFM sirt-faol moddalar — bu moddaning molekulalari dissotsilanishi
kobiliyatiga ega emas. Ularning difil guruhlaridagi kutbli guruhning o‘rnida gidroksil va efir
guruhlari bo‘lishi eruvchanlik xossasini oshiradi. Ionogen bo‘lmagan emulgatorlarning xozirgi
davrdagi ro‘yxati anchagina. Bu emulgatorlar asosan liniment va surtma dorilar ishlab
chiqarishda ishlatiladi.
Kraxmal — dorixonada emulsiya tayyorlashda kraxmal elimini turg‘unlashtirish
xususiyati yomon emas.
N. G. Goyman tomonidan 1939 yilda dorixonada tayyorlanadigan emulsiyalar uchun
taklif qilingan. 10 g yog‘ni emulsiyalash uchun 5 g kraxmal elimi ishlatiladi. Kraxmalning
quruq massasining ko‘p tarkibiy qismi (97,3-98,9%) polisaxaridlar, qolgani aralashmalar: oksil
moddalar (0,28-1,5%), kletchatka (0,2-0,6%) va kul moddalaridan (0,30-0,62%) iborat.
Boshokli galla o‘simliklaridan olingan kraxmalning tarkibida oz miqdorda yuqori moy kislota
va 2-glitserin–fosfor kislotasi topilgan. Kraxmal zarrachalarining kuchli bo‘kishi va
bo‘linishidan yopishkok elim gidrozoli hosil bo‘ladi.