Bu guruh emulgatorlari oksil moddalardan hosil bo‘lgan. SHuning uchun ular pHi muxit
xususiyatiga qarab nordon va ishqoriy turlariga bo‘linadi.
Jelatoza — (Gelatosa)
— jelatinani suv bilan 1:2 nisbatda, avtoklavda 2 soat davomida
2 atm. bosimida to‘liqsiz gidroliz natijasida hosil bo‘lgan modda. Jelatinani shu usul bilan
ishlanganda elimlash xususiyati yo‘kolib, emulgirlanish xossasi qoladi. Jelatozaning yaxshi
navi arab elimiga tenglashadi. Jelatoza 1931 yilda M. G. Volpe tomonidan taklif qilingan.
Kazein, kazeinat natriy, quruq sutdan tayyorlangan emulsiya mikroorganizmlar uchun
yaxshi muxit bo‘lgani sababli, ayniqsa yoz kunlarda tez buziladi. quruq sut tarkibidagi
kazeinogen, albumin va globulinlar emulgirlash xususiyati bo‘lgan moddalar hisoblanib, uni
emulgator sifatida ishlatish mumkin. Amfoter emulgatorlar asosan o‘simlik va xayvonlardan
olingan bo‘lib, ular tarkibida fosfatidlar ko‘p. Bu sifat emulgatorlar nafaqat farmatsevtika, balki
oziq-ovqat sanoatida ham keng qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: