usullar bilan emulsiyalarni barcha emulgatorlardan tayyorlasa bo‘ladi (eritma holida
ishlatiladigan salep shilimshig‘i, kraxmal elimidan tashkari). Ularga ikkinchi usulni qo‘llash
mumkin.
Kraxmal bilan emulsiya -uyidagicha tayyorlanadi: 10 g kraxmalni
chinni idishga teng
miqdor dagi sovuq suv solib aralashtiriladi va 80 ml kaynok suvni ustiga qo‘shib aralashtiriladi
va bir oz qaynagunga qadar isitiladi. Hovonchaga o‘tkazilgan yarim sovutilgan, eritmaga 20 g
yog‘ oz-ozdan qo‘shib , hovonchada yaxshilab emulgirlanadi. Birlamchi emulsiyaga oz-ozdan
suv qo‘shib 200,0 gacha suyultiriladi.
Tragakant bilan tayyorlash quyidagicha: 2 g mayda tragakant poroshogidan, 20
marta
ko‘p suv bilan tragakant shilimshig‘ini tayyorlab olinib, unga tomchilab 20 g yog‘ qo‘shiladi.
Hosil bo‘lgan birlamchi emulsiyaga 200 g bo‘lguncha suv qo‘shiladi.
quruq sut bilan emulgirlash quyidagicha: 10 g quruq sut, 10 g yog‘ bilan aralashtirib, 10 g
suv qo‘shiladi va hovonchada birlamchi emulsiya hosil bo‘lguncha eziladi va kerakli miqdor
gacha suv qo‘shiladi. Emulgator T-2 qo‘llanganda
uning kerakli miqdori olinib, suv
hammomida eritiladi va hovonchada 10 marta ko‘p 60-70°S suvni ustiga qo‘shiladi va
soviguncha aralashtiriladi. Hosil bo‘lgan kaymokka o‘xshash bir xil aralashma o‘ziga yog‘ni
oson qabul qiladi. Hosil bo‘lgan birlamchi emulsiya retseptda ko‘rsatilgan miqdorgacha
suyultiriladi.
Rp.: Emulsi ex oleis 200,0
D. S. 1 choy qoshiqdan 3 mahal ichilsin.
Dostları ilə paylaş: