Savod o‘rgatishda analitik-sintetik tovush metodi. Savod o‘rgatish jarayoni bosqichlari


Ta’lim jarayonini tashkil etish nuqtai nazaridan



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix28.03.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#90568
1   2   3   4   5   6   7
Maruza.-3

1. Ta’lim jarayonini tashkil etish nuqtai nazaridan: savod o„rgatish jarayonida 
o„quvchilarga differensial va individual yondashish (bu bolaning umumiy rivojlanishi hamda 
o„qish va yozishga tayyorligiga bog„liq). 
2. O‘qitishning istiqboli nuqtai nazaridan: grammatika, so„z yasalishi, imlo, 
leksikologiyaga oid bilimlarni nazariyasiz amaliy asosda muntazam berib borish. 
3. Psixolingvistik nuqtai nazaridan: tovush va harfni o„qi-tishning qulay usulini izlash
tovush va harflarning mosligini, oson-ligini, ta‟limning tarbiyaviy va o„stiruvchi xarakterini 
hisobga olish. 
Ta‟lim jarayonida o„quvchilarga tarbiya ham berib boriladi. Tarbiyalash didaktikaning 
muhim tamoyillaridandir. Maktabda axloqiy tarbiya beriladi, ilmiy dunyoqarash unsurlari 
shakllantiri-ladi. Bolalar darsda ommaviy siyosiy tushunchalarni egallaydilar. 
Bolalarning savod o‘rgatishga tayyorgarligini o‘rganishSavod o„rgatishni to„g„ri tashkil 
etish uchun bolalarning unga nutqiy tayyorgarligini maxsus o„rganish talab etiladi. Oldin bola-
larni maxsus o„rganish avgust oyida, hatto undan oldin - bahordan boshlangan. Bunda 1-sinfga 
keladigan o„quvchining oilasiga yoki bolalar bog„chasiga borilgan, suhbat o„tkazilgan, 
bolalarning umumiy bilim saviyasi aniqlangan. 
Hozir 1-sinfga qabul qilinadigan bolalar savod o„rgatishga maxsus tayyorlanyapdilar. Ular 
uchun bir-ikki, ba‟zi joylarda uch-to„rt oylik tayyorlov sinflari tashkil qilingan. Tayyorlov 
mashg„ulotlarda bolalar tovush-harf bilan tanishtirilyapti, unsur tarzda yozuvga ham 
o„rgatilyapti. Metodistlar tayyorlov sinflar uchun aniq talablar, metodik tavsiyalar ishlab 
chiqishmoqda.
Bolani maktabga tayyorlash deganda nimani anglash lozim? Bunda: 
- bolaning salomatligi va jismoniy rivojlanishi talab daraja-sida bo„lishi; 
1
Yusupоv M. O„qish vа yozuv dаrslаri sаmаrаdоrligini оshirish. Tоshkеnt. O„qituvchi. 1992y. 94 bet. 


- bolada nutq o„stirish, muloqotga kirisha olishni rivojlan-tirish; 
- nafosat tarbiyasi, musiqa, ashula, she‟riyat, ertak, rivoyat-lardan namunalar aytish va 
unga qiziqish uyg„otish; 
- elementar matematik savodxonlikni tarbiyalash; 
- jonli-jonsiz tabiatga mehr, mehnat qilish tushunchasi, o„simlik, hayvonot olamini asrab-
avaylash, ekologik madaniyatni shakllantirish
- boshlang„ich sanitariya, shaxsiy gigiyena, sog„lom turmush tarzini shakllantirish, o„z 
salomatligini saqlay olishga o„rgatish; 
- milliy urf-odatlar, qadriyatlar, an‟analar, bayramlar, tarixiy obidalarga hurmat bilan 
qarashni kichkintoy qalbiga singdirish
- nutq tovushlarini to„g„ri talaffuz qilishi. 

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin