Tayyorlov sinflarning ta’lim mazmuni va tashkil etish muddati bir xil emas.
O„quv
muddati 2 bosqichda amalga oshiriladi:
Birinchi bosqich: 1-apreldan 25-maygacha;
ikkinchi bosqich: 10-avgustdan 25-avgustgacha.
O„quv jarayoni haftada 5 kun (shanbadan tashqari) har kuni 30 minutdan 2 ta mashg„ulot
olib boriladi. Boshlang„ich ta‟lim dasturiga tayangan holda mavzular rejasini 3 ta fanning
negizini asos qilib olinadi:
1. Nutq o„stirish va o„qishga tayyorlash;
2. Yozuvga tayyorlash va tovushlar talaffuzini o„rgatish;
3. Hisoblash, sanash malakalarini hosil qildirish.
Nutq o‘stirish va o‘qishga tayyorlash – davlatimiz ramzlari, maktabning ichki
tartib qoidalari, yo„l harakati qoidalari, har xil janrdagi asarlarni tinglashni o„rganadilar.
Asosiy maqsad – o„quvchilar nutqini o„stirish, lug„atini boyitish, fikrlash qobiliyati va
dunyoqarashini o„stirish.
Yozuvga tayyorlash va tovushlar talaffuzini o‘rgatish – yozuv qurollari bilan
tanishtirish, qo„l barmoqlarini uzluksiz yozishga tayyorlash va harf unsurlarini yozishga
o„rgatish. Tovushlarni to„g„ri talaffuz qilish va o„rni haqida tushuncha berish, ularni hosil
qilish.
Asosiy maqsad – dastlabki yozuv ko„nikmalarini shakllantirish va yozuv ashyolaridan
to„g„ri foydalanishga o„rgatishdir.
Hisoblash, sanash malakalarini hosil qildirish– 1 dan 10 gacha bo„lgan raqam
unsurlarini yozish, to„g„ri hamda teskari sanash, og„zaki masala tuzishga o„rgatish.
Asosiy maqsad – dastlabki hisoblash ko„nikmalarini o„stirish.
Savod o‘rgatish jarayoni bosqichlari Eski maktabda o„qish bilan yozish bir vaqtda o„rgatilmagan, awal faqat o„qish o„rgatilgan.
O„qish hijo (bo„g„in) usuli bilan o„rgatilgan. O„qishga o„rgatishning „hijjai qadimiy" deb atalgan
usuli uzoq vaqtlar davomida hech qanday o„zgarishsiz davom etib kelgan.
Hijo usulida o„qishga o„rgatishni 3 bosqichga bo„lish mumkin: