Savod o‘rgatishda analitik-sintetik tovush metodi. Savod o‘rgatish jarayoni bosqichlari



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix28.03.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#90568
1   2   3   4   5   6   7
Maruza.-3

zabar-a, zer-i, pesh-u deb o„rgatganlar. 
Maktabxonada „zer-u zabar" quruq yodlatilgan, nimaga xizmat qilishi aytilmagan. Aslida 
esa bu belgilarning ma‟lum xizmati bor: 
zabar (fatha)-\\ndosh harf ustidagi urg„u belgisiga o„xshash chiziqcha bo„lib, undoshga
unli tovushini qo„shib aytish zarur-ligini ko„rsatadi; zer (kasra) undosh harf ostidagi chiziqcha 
bo„lib, shu undoshga i unli tovushini qo„shib aytish kerakligini bildiradi; pesh (zamma) esa 
undosh harf ustiga qo„yiladigan belgi bo„lib, shu undosh tovushga u unlisini qo„shib aytish 
zarurligini ko„rsatadi. Demak, arabcha matnlarni o„qish uchun „zer-u zabar"ni bilish juda zarur 
bo„Igan, ammo o„qishga o„rgatish anglab o„qishga asoslan-magani uchun bolalar mim zabar ma, 
mim zer mi, mim pesh mu deb yodlaganlar, „zer-u zabar"ning mohiyatini anglamaganlar. 
3-bosqich. Bo‘g‘inlarni qo‘shish. Eski maktabda bo„g„in-larni qo„shish „abjad" bilan 
boshlangan. Maktabdor taxtaning ikkinchi tomoniga arab tili alfavitidagi 28 ta harf jamlangan 8 
so„zni „zer-u zabar" bilan yozib bergan. Bolalar bu 8 ta so„zni birin-ketin hijo usulida o„qib 
yodlab olganlar. Masalan, abjad so‘ii alifga zabar qo‘yib, btga urishtirilsa ab, jimgc; zabar 
qo‘yib, dolga urishtiril say‟arf, bularning ikkisidan abjad hosil bo„Igan. 
Abjaddan keyin eski maktab o„quv kitobi bo„Igan „Haftiyak" ka o„tilgan. „Haftiyak"dagi 
suralar ham „Abjad"dagi kabi hijo usulida o„qitilgan. Bolalar „Haftiyak"ning bir betini hijo 
usulida o„qish uchun juda ko„p vaqt va kuch sarflaganlar. 
So„zni hijo usulida o„qishda awal so„zdagi birinchi undosh harfning, keyin ikkinchi undosh 
harfning nomini aytib, unga zarur harakatni qo„yib hijo hosil qilingan. Shu usulda navbatdagi 
harflardan ham hijo hosil qilinib, hijolarni bir-biriga qo„shib, bu so„z bir butunicha aytilgan. 
So„zni hijo usulida o„qishda tovush emas, balki shu tovushni ifodalovchi harfning nomi asos 
qilib olingan. So„zni tovush jihatidan tahlil qilishga oid hech qanday ish qilinmagan
tovushlarning qo„shilishi bolalarga tushunarli bo„lma-gan, bolalar so„zdagi har bir harf ma‟lum 
bir tovushni bildirishini mutlaqo anglamaganlar. Hijo usulida o„qishga o„rgatish, birinchidan, 
mexanik ravishda bo„lib, ayni bir narsani qayta-qayta aytishga majbur qilingan, ikkinchidan, 
bola o„zi aytgan so„zining ma‟nosini tushunmay, maktabdordan eshitganini takrorlayvergan. 
„Haftiyak"ning keyingi ayrim suralari so„zni yaxlit „o„qish" usulida olib borilgan
aniqrog„i bola o„qimagan, eshitganini yodlagan. Natijada bolalar maktabxonada o„qiganlarini 
o„zi o„qib yurgan kitobidan „o„qib bergan", ammo ularning qo„liga maktabda o„qil-magan 
boshqa bir kitob berilsa, uni o„qiy olmagan; eski maktabda 6-10 yil muntazam o„qigan 
bolalarning juda ko„p deganda 4-5 foizigina o„qish va yozish ko„nikmasini hosil qilgan. 



Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin