Savol ashel Ashel madaniyati


Davlat tuzilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə20/22
tarix22.10.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#159550
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
daktarantura savollari

Davlat tuzilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]


Xoqon— xoqonlikdagi eng oliy kishi turkiylar orasida Buyuk Xoqon deb atalgan. Xoqondan keyingi oʻrinda yabgʻu turgan. Taxt vorisiga tegin unvoni berilgan. Boshqa oliy unvonlar - shod, eltabar. Sud ishlarini buyruqchi va tarxon olib borgan. Viloyatlardagi vakillar tudunlar deb atalgan. Harbiy maʼmuriyat boshligʻi uchun tutuq qoʻllanilgan.

Milliy tuzilshi[tahrir | manbasini tahrirlash]


  • Turkiylar

  • Tele

  • Kidanlar

  • Enasoy qirg'izlari

  • Sogʻdlar

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]



Sharqiy Turk xoqonligi 700-yil
6-asr oʻrtalarida Oltoydagi turkiy qabilalar qoʻshni qabilalar bilan oʻzaro birlashib „moʻgʻil davrigagacha boʻlgan eng qudratli davlat“ - Buyuk Turk xoqonligiga asos solgan. Ikki aka-uka, Bumin va Istemi ulkan davlatni boshqarishgan. Bumin hoqonlikning sharqiy qismidagi oʻziga qaram yerlarni kengaytirgan bir paytda, uning ukasi Istemi davlatning gʻarbiy qismidagi Yettisuv va Sharqiy Turkistonning tutashgan hududlari qabilalarini oʻzaro birlashtirgan. Davlatning Gʻarb tomon kengayishi uning eftaliylar davlati yerlari bilan toʻqnashuviga sabab boʻlgan. 563-567 yillarda turkiylar eftaliylar davlatini tor-mor qilishgan va Amudaryo boʻyida Eron sosoniylari bilan toʻqnash kelishgan. Turkiylar va Eron eftaliylar qiyofasida umumiy dushmanga qarshi kurashgan paytda ular oʻzaro doʻstona munosabatda boʻlganlar va hatto, shahanshoh Xusrov Anushervan turkiy malikaga uylangan. Turkiylar eftaliylarni tor-mor keltirgandan soʻng esa, ular bilan Eron oʻrtasida oʻzaro mojaro yuzaga kelgan. Turkiylarning muhim savdo yoʻllariga egalik qilishga boʻlgan intilishlari Eron bilan munosabatlarning keskinlashuviga olib kelgan. Istemining savdo masalalari boʻyicha elchilarining Eronga tashrifi muvaffaqiyatsiz tugagan, ikkinchi va soʻnggi elchilik aʼzolari esa zaharlanganlar. Shundan soʻng turkiylar Vizantiya bilan ittifoqchilikda Eronga qarshi urush boshlashga qaror qilishadi. 568-569 yillarda Maniax boshchiligidagi Istanbulga birinchi elchilik tashrifi muvaffaqiyatli yakunlanadi.
Vizantiya bilan Eron oʻrtasidagi oʻzaro urush, ularning xoqonlikka nisbatan eʼtiborini chalgʻitgan holda, turkiylarning yarimkoʻchmanchi davlatining shiddatli darajada yuksalishiga imkoniyat yaratgan. Turkiylar ichki ixtiloflar oqibatida zaiflashgan Xitoyga bir necha marta muvaffaqiyatli yurishni amalga oshirib, shoyi matolaridan iborat katta yillik oʻlpon olishga erishgan. 588 yili turkiylar hukmdori Qora Churin Vizantiya va hazarlar bilan ittifoqchilikda Eronga hujum qiladi, biroq magʻlubiyatga uchraydi va sosoniylar sarkardasi Bahrom Chubin tomonidan oʻldiriladi. Bu magʻlubiyat hoqonlikning tanazzulga yuz tutishi va 6-asrning 80-yillarida sharqiy va gʻarbiy oʻlkalarga ajralib ketishiga sabab boʻladi. 7-asrning birinchi yarmida gʻarbiy xoqonlik hayotida yuksalish kuzatiladi. Uning chegaralari Inda sohillarigacha yetgan. Xitoy va Eron bilan savdo munosabatlari keng rivojlangan. Savdo karvonlari Marv-Chorjoʻy-Buxoro-Samarqand-Choch-Talas-Suyab yoʻnalishi boʻylab Sharqiy Turkiston vohalarigacha choʻzilgan. Butun yoʻl davomida karvonlar ularning jadal safarlariga imkon bergan sugʻd mulkiy hududlariga duch kelishgan. Taxminan, 630 yili turkiylarning yaqin qadargacha ittifoqchilari boʻlgan xitoylar ularni qaqshatqich magʻlubiyatga uchratadi. 7-asr oxirida gʻarbdan yangi qudratli dushman - Markaziy Osiyoni oʻz tasarrufiga boʻsindirgan arablar bosib kela boshladi. Gʻarb turkiy xoqonligi Yettisuv oʻlkasi turgeshlar tasarrufiga oʻtgandan soʻng 747-yili batamom parchalanib ketgan. Shunday qilib, Buyuk Turk xoqonligi oʻz davridagi toʻrt qudratli davlatlar (Xitoy, Eron, Vizantiya, Turk xoqonligi) va 5 buyuk madaniyatning (yunon, fors, xitoy, hind, turkiy) biri boʻlgan. Turk xoqonliging Eron va Xitoy bilan boʻlib oʻtgan toʻqnashuvlari natijasida Xitoy va Fors davlati ancha yillargacha turkiylarning asosiy dushmaniga aylanishgan.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin