Savol: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi farmoyishining huquqiy tabiatini yoriting. Mazkur holatni qonun hujjatlari yordamida muhokama qiling. 2-kazus


Savol: Vaziyatga huquqiy baho bering. Hokim qarorining bekor qilinish tartibi va asoslarini tushuntiring. 8-kazus



Yüklə 49,11 Kb.
səhifə3/7
tarix20.11.2023
ölçüsü49,11 Kb.
#165296
1   2   3   4   5   6   7
Kazus Konstitutsiya bo\'yicha

Savol:
Vaziyatga huquqiy baho bering.
Hokim qarorining bekor qilinish tartibi va asoslarini tushuntiring.
8-kazus.
2013 yilning noyabr-dekabr oylarida fuqarolar yig‘inlari raislari va ularning maslahatchilari saylovi o‘tkazilishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining tegishli qarori qabul qilindi. Mazkur saylovni o‘tkazish bo‘yicha “Gulzor” M.F.Y.da ham saylovni o‘tkazish uchun komissiya tashkil etildi. Saylovchilarning xohish istaklarini inobatga olgan holda, obro‘-e’tiborga ega fuqaro M.Botirov nomzod sifatida ro‘yxatga olindi. Komissiya tomonidan mazkur nomzoddan boshqasi bu lavozimga loyiq emas degan fikrga kelinib, saylov kuni mana shu bitta fuqaro nomzod sifatida saylovda qatnashdi va etarli ovoz olib M.F.Y. raisi etib saylandi. Biroq, bir guruh fuqarolar saylovlar noqonuniy ekanligini ko‘rsatib, sudga murojaat qilishdi.
Savol:__Vaziyatga_huquqiy_baho_bering.__Ushbu_holatda_sud_tomonidan_qanday_chora_ko‘rilishi_mumkin__9-kazus.'>Savol:
Vaziyatga huquqiy baho bering.
Ushbu holatda sud tomonidan qanday chora ko‘rilishi mumkin?

9-kazus.


2014 yil avgust oyida Bekobod tumani hokimi P.Akbarov shu tumanda joylashgan “Kenagas” M.F.Y. raisi N.Solievni qabuliga chaqirtirdi va unga Vazirlar Mahkamasining o‘tgan yildagi qarori ijrosini ta’minlamagani uchun tanbeh berib, unga nisbatan intizomiy jazo qo‘llashi mumkinligini ta’kidladi. M.F.Y. raisi uning bunga haqqi yo‘qligini, o‘zini o‘zi boshqarish organlari har qanday organdan mustaqil ekanligini ta’kidladi. M.F.Y. raisi N.Soliev Bekobod tumani prokuraturasiga shikoyat arizasini yozdi. Tuman prokuraturasi bunday turdagi ishlar bilan sudga murojaat qilishi lozimligini ta’kidlab o‘tdi.
Savol:
Vaziyatga huquqiy baho bering.
O‘zini o‘zi boshqarish organlarining huquqiy maqomini batafsil yoritib bering.


10-kazus.
“A’lo” M.F.Y. hududida istiqomat qiluvchi fuqaro A.Komilov vafot etdi. Vorislari bo‘lmaganligi sababli uning ko‘chmas mulki egasiz qoldi. Mahalla fuqarolar yig‘ini tomonidan ushbu uchastka kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan fuqaro R.Vohidov va uning oilasiga beriladigan bo‘ldi. Ma’lum vaqt o‘tganidan so‘ng, mahalla hisobidagi mablag‘larning noqonuniy tasarruf etilishi yuzasidan prokuratura idoralari tomonidan taftish o‘tkazila boshlandi. O‘rganish jarayonida egasiz uyning M.F.Y. qarori asosida fuqaro R.Vohidovga berilgani ham aniqlandi va prokuratura tomonidan mazkur qaror haqiqiy emas deb topilib, uy davlat foydasiga o‘tkazildi.
Savol:
Vaziyatga huquqiy baho bering.
YUqoridagi xolat bo‘yicha M.F.Y.ning vakolatlarini muhokama qiling. Egasiz mol-mulkni tasarruf etish tartibi va qoidalarini yoritib bering.


11-kazus.
Turkmaniston Respublikasi fuqarosi K.Avezov Xorazm viloyati Xonqa tumani IIB boshlig‘i A.Ochilbekovga O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini qabul qilishni so‘rab murojaat qiladi. Fuqaro o‘z murojaatida O‘zbekiston Respublikasida tug‘ilganligini, uning ota-onasi va yaqin qarindoshlari O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lib, shu erda yashashligini asos qilib keltirgan. SHuningdek, “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi qonunining 17-moddasi ikkinchi qismi 2-bandi ikkinchi xatboshiga muvofiq, fuqarolikka qabul qilish shartlari ushbu shaxsga taalluqli emasligini qayd etdi. Xorazm viloyati Xonqa tumani IIB boshlig‘i A.Ochilbekov boshlig‘i esa ushbu murojaatni rad etdi.

Yüklə 49,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin