Savol: Vaziyatga huquqiy baho bering. O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini qabul qilish tartibini muhokama qiling. 12-kazus 2013-2014 o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan YUnusobod tuman 258-maktabda o‘tkazilgan bayram tadbirida davlatimiz bayrog‘i ko‘tarilib, madhiyasi kuylandi. 8-sinf o‘quvchisi B. va A. davlat madhiyasini kuylash chog‘ida do‘stlari bilan kelishgan holda chap qo‘lini o‘ng ko‘ksiga qo‘yib, madhiyaning ikkinchi to‘rtligidagi “bag‘ri keng o‘zbekning o‘chmas iymoni” so‘zlarini “bag‘ri tor o‘zbekning iymoni yo‘q” tarzida kuyladi. Buni eshitgan sinf murabbiysi ularni maktab direktori huzuriga olib kirdi va bunga nisbatan chora ko‘rishni talab qildi. O‘z navbatida, maktab direktori huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qildi.
Savol: Vaziyatga huquqiy baho bering. Maktab direktorining harakatlarini muhokama qiling.
13-kazus. Ellikqala tumandagi Qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kollejida O‘zbek milliy kurashi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. Musobaqa boshlanishi chog‘ida ko‘tarilishi lozim bo‘lgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayroqlari olib kelinganda, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining o‘lchami Qoraqalpog‘iston Respublikasining Davlat bayrog‘i o‘lchamidan kichik ekan. Kollej direktori bu holatdan musobaqa boshlanishiga oz vaqt qolgan xabardor bo‘lganligi bois, bu kamchilikni bartaraf etolmadi. Natijada o‘lchamlari har xil bo‘lgan Davlat bayroqlari ko‘tarildi. Bu holatdan xabardor bo‘lgan huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari kollej direktorini Davlat bayrog‘i to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybladi. Kollej direktori esa, bu bayroqlarni tavsiya etgan va keltirib bergan musobaqa tashkilotchilaridan biri bo‘lgan tuman hokimiligini aybladi.
Savol: Vaziyatga huquqiy baho bering. Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarining xatti-harakatlari qonuniyligini muhokama qiling?
14-kazus 2015 yil 26 dekabr kuni Andijon viloyatida yashovchi fuqaro D.Sobirov bilet olish maqsadida aviakassaga bordi. Kassa xodimasi V.Voxidov bilan rus tilida murojaat qildi. V.Voxidov rus tilini bilmaganligi bois, u bilan muloqot qilolmadi. Kassa xodimasiga o‘zbek tilida so‘zlasha olishini aytganda, u faqat rus tilida so‘zlasha olishini aytib kassani darchasini yopib qo‘ydi. V.Voxidov ushbu holat yuzasidan ma’muriyatga arz qilmoqchi bo‘lganda, ma’muriyatdagilar “bizda qoida shunaqa” degan ma’noda uning murojaatini qanoatlantirishsiz qoldirishdi. Bundan norozi bo‘lgan fuqaro D.Sobirov prokuraturaga shikoyat qildi. U o‘z shikoyatida “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun talablari buzilganligini ko‘rsatib o‘tdi.