Savol: Vaziyatga huquqiy baho bering. Masjiddan foydalanishni to‘xtatishga huquqiy asos mavjudligini aniqlang.
20-kazus AQSHda dam olish uchun ketgan fuqaro B.Saidov Oliy Majlisga bo‘lib o‘tgan saylovda ishtirok etish istagini bildirib, O‘zbekistonning AQSHdagi elchixonasiga murojaat qildi. Lekin, elchixona xodimlari qonunchilikka ko‘ra elchixona binosida saylov uchastkasi tashkil etilmasligini, fuqaro o‘zining O‘zbekistondagi doimiy yashash joyi bo‘yicha yoki elektron tartibda ovoz berishi mumkinligini ma’lum qilishdi.
Saylov o‘tkazilgandan so‘ng fuqaro B.Saidov O‘zbekistonga qaytib kelib Markaziy saylov komissiyasiga siyosiy huquqlari buzilganini ta’kidlab, shikoyat arizasi bilan murojaat etdi. Markaziy saylov komissiyasi esa saylov o‘tib ketganligini hamda elchixona AQSH hududida joylashganligi tufayli O‘zbekiston yurisdiksiyasiga bo‘ysunmasligini asos sifatida keltirib shikoyatni qabul qilmadi.
Savol: Vaziyatga huquqiy baho bering. Xorijiy mamlakatlarda yashayotgan O‘zbekiston fuqarolarining saylovlarda ishtirok etish tartibi qaysi huquqiy asoslarda kafolatlangan? Fikringiz asoslab bering.