Ma’lumot uchun: Tailand guruch eksportyorlari assotsiatsiyasi ma’lumotiga ko’ra, jahon bozorlarida guruch narxi 2013 yildan buyon eng yuqori cho’qqiga ko’tarilib, bir tonnasi uchun 560 dollardan oshgan. Shu bilan birga, AQSH Qishloq xo’jaligi vazirligi ma’lumotlariga ko’ra, 20192020 yillarda dunyo bo’ylab guruch ishlab chiqarish rekord 500 mln tonnaga baholanmoqda, zaxiralari esa 180 mln tonnadan oshgan (asosiy zaxira Hindiston davlatiga to’g’ri kelmoqda). BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi tashkiloti ma’lumotiga ko’ra, 2020 yilda bug’doy ishlab chiqarish hajmlari 763 mln tonnaga baholanmoqda va bu 2016 yildagi rekord ko’rsatgichga nisbatan 2 mln tonnaga kam (765 mln tonna). Joriy yil boshidan oziq-ovqat mahsulotlarining o’rtacha narxlari oshgan holda, fizik hajmlarida kamayish kuzatilmoqda. 2020 yil I choragida amalga oshirilgan oziq- ovqat mahsulotlari importining o’rtacha narxlari o’tgan yilning mos davriga solishtirilganda, narxlar o’sishi hisobiga 39,7 mln dollar ortiqcha valyuta mablag’lari sarf etilgani aniqlandi. Narx o’sishi asosan bug’doy (tonnasi uchun 150,2 dollardan 186,9 dollarga yoki 24,4%ga), un (171,5 dollardan 245,0 dollarga yoki 42,8%ga), sabzavotlar (1054,6 dollardan 1525,5 dollarga yoki 44,7%ga), baliq (1271,2 dollardan 1771,1 dollarga yoki 39,3%ga), guruch (149,1 dollardan 239,9 dollarga yoki 60,9%ga) mahsulotlarida kuzatilmoqda. Ta’kidlab o’tish joizki, ayrim tovarlarning ham narx faktori, ham fizik hajmlari hisobiga importi kamaygan. Misol uchun, shakar xom ashyosining importi o’tgan yilga nisbatan 46,4%ni tashkil etgan holda, o’rtacha narxi 97,5%, fizik hajmi esa 47,6%ga to’g’ri keldi. SHuningdek, bunday vaziyatni choy (mos ravishda 69,9%, 93,3% va 74,9%), margarin (63%, 97,6% va 64,6%), sariyog’ (42,5%, 98,3% va 43,2%)kabi tovarlarda kuzatish mumkin. EvroOsiyo iqtisodiy komissiyasining qarori va Rossiya, Qozog’iston, Qirg’iziston kabi respublikaning asosiy hamkorlari tomonidan ayrim ijtimoiy muhim oziq-ovqat mahsulotlari eksportiga cheklovlar o’rnatilishi sababli, O’zbekiston Respublikasida etishtirilayotgan yuqoridagi oziq-ovqat mahsulotlar miqdori va narxi bo’yicha qat’iy monitoring olib borish, agar zarur bo’lsa eksportiga ta’qiq o’rnatish.
Import qilib olib kelinayotgan oziq-ovqat mahsulotlari bozorlarini diversifikatsiya qilish uchun tadbirkorlar bilan hamkorlikda import geografiyasini narx va sifat omillarini hisobga olib kengaytirish, xususan, Pokiston Islom Respublikasidan bug’doy va kartoshka, Hindistondan guruch va boshqa oziq -ovqat mahsulotlarini import qilish masalalarini tahlil qilib, takliflar kiritish
Birinchi navbatda, oziq ovqat mahsulotlarini sifatini nazoart qilish maqadida, skanerlash tizimidan foydalanib, oziq-ovqat mahsulotlarini sifatini nazorat qilishni yo’lga qo’yish.
Ikkinchidan, tovarlarni soxta qalbakiligini aniqlashning sodda va “ekspress” usullarini yaratish. Uchinchidan, ekspertizani zamanoviy uskunalar yordamida o’tkazishga erishish, buni uchun amaldagi barcha davlat standartlari me’yorarini xalqaro ISO - standart me’yorlariga bosqichma bosqich moslashtirish. To’rtinchidan, hozirgi vaqtda juda tez rivojlanayotgan va keng ko’lamdagi dasturlarga ega bo’lgan lazer texnologiyalaridan foydalanib, tovarlar sifatini aniqlash.