Science and Education



Yüklə 25,54 Kb.
səhifə2/4
tarix04.10.2023
ölçüsü25,54 Kb.
#151997
1   2   3   4
oziq-ovqat-mahsulotining-xavfsizligi-muammolar-va-yechimlar

Abstract: The article addresses the problems and solutions of food security, in fact, today in our country there are about 10 thousand food industry enterprises, whose share in GDP is more than 16% (%). By safe food we usually mean products that are high quality, environmentally friendly, without genetically modified organisms (GMOs), and without food-related harmful elements such as pesticides. In order to control the quality of food products, establish a quality control of food products using a scanning system. step by step adaptation.
Keywords: Food Security, Food Balance, Food Supply, Food Consumption, Macroeconomic and Institutional Aspects, (Argentina, Australia, Canada, EU, USA), Welfare Aspects, Political aspects, Subsidy issues
Oziq-ovqat inson hayotidagi eng muhim unsurlardan biri hisoblanadi. Iste’molchilar har doim sifatli va xavfsiz mahsulotlar olishni istaydilar. Xavfsiz oziq- ovqat deganda biz odatda yuqori sifatli, ekologik toza, GMOsiz (genetic modifikatsiyalashgan organizmsiz),pestitsidlar singari oziq-ovqatga aloqador zararli elementlar bo’lmagan mahsulotlarni nazarda tutamiz. Oziq-ovqat xavfsizligi insoniyatning asosiy muammolaridan biri bo’lib, millatlarning salomatligini, rivojlanishi va farovonligini belgilaydi. Aholi iste’mol qiladigan oziq-ovqat sifati fuqarolar hayot kechirishining darajasi va sifatining muhim tarkibiy qismi bo’lib, atrof- muhitni muhofaza qilishga, shuningdek, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va demografik holatiga ham jiddiy ta’sir ko’rsatadi. Oziq-ovqat xavfsizligi mamlakat aholisining sog’lig’ini saqlashga imkon beradigan demografik holatning ijobiy rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Xavfsiz oziqlanish hayot davomiyligini uzaytiradi, bolalarning barkamol o’sishi va rivojlanishiga yordam beradi, ko’pgina kasalliklarning oldini oladi, shu orqali millat salomatligini ta’minlaydi. Butun dunyoda sun’iy mahsulotlarni ishlab chiqarish kundan-kunga ko’payib borayotgan bugungi kunda oziq-ovqat xavfsizligi ustidan nazoratni susaytirishga aslo yo’l qo’yib bo’lmaydi.
Butunjahon sog’liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko’ra (2018 yil) Planetamizda har yili 600 mln., ya’ni har 10 nafar aholi sifatsiz oziq-ovqatlardan zaharlanadi, 420000 aholi vafot etadi, kontrafakt va sifatsiz alkogol mahsulotlaridan 2.5 mln aholi zaharlanadi. Ushbu ma’lumotlardan ham ko’rinib turibdiki aholini sifatli oziq-ovqatlar bilan ta’minlash eng dolzarb vazifalardan hisoblanadi.
Ma’lumki, Hozirgi kunda yurtimizda 51 foizdan ziyod aholi qishloq joylarda yashaydi. Biroq qishloq xo’jaligi mahsulotlarining mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 17 foizdan oshmaydi. Agrar soha mahsulotlarini qayta ishlash hajmi esa 10 foizga ham etmaydi. Holbuki, rivojlangan davlatlarda bu ko’rsatkich 50 foizdan ortiqni tashkil etadi. SHu munosabat bilan qishloq xo’jaligini yanada isloh qilish bo’yicha kompleks dastur ishlab chiqish lozim. Chorvachilik sohasiga to’xtaladigan bo’lsak, qoramol va parranda sonini ko’paytirish, bu borada sifat va mahsuldorlikka erishish uchun etarli sharoit yaratishimiz zarur. Yaqin istiqbolda har bir tumanda ixtisoslashtirilgan bo’rdoqichilik komplekslari, yuqori texnologik parrandachilik fabrikalari, shuningdek, issiqxona xo’jaliklari tashkil etilishi lozim. Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini samarali realizatsiya qilish juda muhim masaladir. SHu maqsadda
fermer xo’jaliklarida etishtirilgan mahsulotlar hajmi va miqdori haqidagi
ma’lumotlarning yagona bazasini yaratish zarur ”.
Darhaqiqat, bugungi kunda mamlakatimizda 10 mingga yaqin oziq- ovqat sanoati korxonalari faoliyat ko’rsatayotgan bo’lib, ularning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 16 foiz (%)dan ko’proqni tashkil qiladi.Bunda oziq-ovqat bozorining asosiy ishtirokchilari bo’lgan “O’zbekoziqovqatxolding”, “O’zdonmahsulot”,
“O’zvinosanoat-xolding” kompaniyalari, shuningdek, xususiy ishlab chiqarish sub’ektlarining salmoqli hissasi bor. Xususan, “O’zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi sohani o’rta va uzoq muddatli rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish, amaliyotga xom ashyoni chuqur qayta ishlaydigan so’nggi texnologiyalarni kengroq joriy etish bo’yicha samarali ish olib bormoqda.
Hozirga qadar davlat tasarrufida bo’lgan go’sht va sut sanoati tarkibidagi korxonalar to’la quvvat bilan mahsulot chiqara olmayapti. Mahsulot (go’sht, sut, tuxum va h.k.) tannarxi kun sayin ortib bormoqda. O’zbekistonda qudratli sut sanoati mavjud, ko’plab sut zavodlari barpo etilgan. Yog’ ishlab chiqaruvchi zavodlar yangidan yoki qaytadan qurilgan. Sut konservalari ishlab chiqaradigan zavodlar ham mavjud. Lekin xom ashyoning kamligi sababli bu zavod va kombinatlar to’la quvvat bilan ishlamayapti. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot aholi talabini hozircha to’la qondira olmayapti.
Yuqoridagi tahlillardan bilish mumkinki, mamlakatimiz hududiga go’sht va sut mahsulotlari importi hajmi birmuncha yuqori. Import qilinayotgan tovarlar sifatini nazorat qilish, ularning bojxona rasmiylashtiruvi jarayonlarini soddalashtirish bojxona organlariga alohida mas’uliyat yuklaydi. Chunki birinchi darajali oziq-ovqat tovarlari hisoblangan bu mahsulotlarning sifati bevosita xalqimiz salomatligi bilan bog’liq. Bu fikrlarimiz bu mavzuni qanchalik dolzarbliligini belgilaydi. Ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda quyidagi vazifalar qo’yildi:
Go’sht va sut mahsulotlari, ularning turlari, xususiyatlarini ochib berish; Mamlakatimizda ushbu sohada amalga oshirilayotgan ishlarning ahamiyatini asoslash;
Go’sht va sut mahsulotlari importini kamaytirish uchun mamlakat aholisining ushbu tovarlarga bo’lgan ehtiyojini maksimal qondira oluvchi ishlab chiqarish korxonalari zarurligini ko’rsatish;
Import qilinayotgan go’sht va sut mahsulotlarining sifatini nazorat qilish maqsadida amalga oshiriladigan bojxona ekspertizasini takomillashtirish bo’yicha taklif-tavsiyalar berishdan iborat.
Bojxona chegarasi orqali olib o’tiladigan go’sht va sut mahsulotlarining sifatini o’rganishda bojxona ekspertizasining ahamiyati va etibor qaratilishi kerak bo’lgan asosiy mezonlar hisoblanadi.
Xavfsiz oziq-ovqat deganda biz odatda yuqori sifatli, ekologik toza, genetic modifikatsiyalashgan organizmsiz (GMO), pestitsidlar singari oziq-ovqatga aloqador zararli elementlar bo’lmagan mahsulotlarni nazarda tutamiz.
Oziq-ovqat xavfsizligi insoniyatning asosiy muammolaridan biri bo’lib, millatlarning salomatligini, rivojlanishi va farovonligini belgilaydi. Aholi iste’mol qiladigan oziq-ovqat sifati fuqarolar hayot kechirishining darajasi va sifatining muhim tarkibiy qismi bo’lib, atrof-muhitni muhofaza qilishga, shuningdek, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va demografik holatiga ham jiddiy ta’sir ko’rsatadi. Oziq-ovqat xavfsizligi mamlakat aholisining sog’lig’ini saqlashga imkon beradigan demografik holatning ijobiy rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Xavfsiz oziqlanish hayot davomiyligini uzaytiradi, bolalarning barkamol o’sishi va rivojlanishiga yordam beradi, ko’pgina kasalliklarning oldini oladi, shu orqali millat salomatligini ta’minlaydi. Butun dunyoda sun’iy mahsulotlarni ishlab chiqarish kundan-kunga ko’payib borayotgan bugungi kunda oziq-ovqat xavfsizligi ustidan nazoratni susaytirishga aslo yo’l qo’yib bo’lmaydi. Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligi - jismoniy talablar darajasida aholi salomatligi holatiga xavf solmasdan aholini muhim iste’mol mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash imkoniyati kafolatlangan ijtimoiy- iqtisodiy va huquqiy holatdir. Boshqacha qilib aytganda, hozirgi yashayotgan va kelajakda tug’iladigan avlod uchun xavf tug’dirmaydigan oziq-ovqat xavfsiz hisoblanadi. Shu bois, bugungi kunda mahsulot sifatini nazorat qilishning obyektivligi o’z navbatida butun insoniyat salomatligi uchun xavfsizligini kafolatlagani bois, mazkur soha bilan bog’liq muammolarga yuzaki qarab bo’lmaydi. Bizning tadqiqot mavzuimizni chuqur ochib berish, sohadagi muammolarni ochib berish, zarur takliflar bildirish O’zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlarini tahlil qilishni taqozo etadi. “Aholining Sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonunining 17-moddasida fuqarolar davlat boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, shuningdek davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi organlardan sanitariya-epidemiologik vaziyat va insonning yashash muhiti holati, yuridik shaxslardan va yakka tartibdagi tadbirkorlardan mahsulotning, shuningdek bajarilayotgan ishlar va ko’rsatilayotgan xizmatlarning xavfsizligi hamda sifati to’g’risida axborot olish huquqida ega ekanligi belgilangan. Bundan kelib chiqadiki, har bir fuqaro o’zi iste’mol qiladigan mahsulotning xavfsizlik talablariga qanchalik javob berishi haqida yetarli ma’lumotga ega bo’lishga huquqlidir. Shuningdek qonunchiligimizda, “oziq-ovqat mahsulotining xavfsizligi” tushunchasiga ta’rif berilgan: “oziq-ovqat mahsulotining xavfsizligi - oziqovqat mahsulotining sanitariya, veterinariya, veterinariya-sanitariya, fitosanitariya qoidalari va normalariga mosligi”
1. Ko’rinib turganidek, ta’rifda xavfsilik uchun talab aynan ko’rsatilmasdan boshqa normativ-hujjatlarga havola qilingan. Mahsulotning sifati va xavfsizligini ta’minlaydigan talablar majburiy bo’lib, u qonun yoki boshqa normativ hujjat belgilangan tartibda o’rnatiladi. Iste’molchilarning xavfsizligini ta’minlash bo’yicha majburiy talablar O’zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan tasdiqlangan va O’zbekiston Respublikasining qonuni “Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to’g’risida”- 2-modda. nazorat qilinadigan standartlar, sanitariya me’yorlari va qoidalarda belgilanadi. O’zbekiston Respublikasida qo’llaniladigan standartlashtirish sohasidagi hujjatlarni quyidagi turlarga bo’lishimiz mumkin: - Milliy standartlar - standartlashtirish sohasidagi O’zbekiston Respublikasining milliy organi tomonidan qabul qilingan hujjatlar; - standartlashtirish qoidalari, standartlashtirish sohasidagi normalar va tavsiyalar; - texnik, iqtisodiy va ijtimoiy soha axborotlarining barcha rus umumrespublika tasniflagichlari; - korxona, tashkilot va muassasalarning standartlari. Tovarlarning xavfsizligiga qo’yiladigan talablar turlicha, yuqoridagi hujjatlarda ko’rsatilgan qoidalarga muvofiq belgilanadi. Ushbu qoidalardan chetga chiqish, masalan, tovarlarni odatiy bo’lmagan sharoitda ishlatish, saqlash, iste’mol qilish qoidalarini buzish, iste’molchi uchun salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Genetik modifikatsiyalashgan organizmlar (GMO) - organizm genomiga tashqi genni kiritish orqali hosil qilingan oziq-ovqat mahsulotlari va tirik organizmlar. Genetik jihatidan o’zgartirilgan organizmlarning o’sishi oson va iqtisodiy jihatdan ancha arzonga tushadi - bu ularning tarqalishining asosiy sabablaridan biridir. Transgenli organizmlar tashqi sharoitlarga chidamli, ularga kasallik va zararkunandalar xavf solmaydi, murakkab parvarishni talab qilmaydi. Ular o’zlarining genetik uskunalarida boshqa tirik organizmlardan DNK qismlarini o’z ichiga oladi. Qishloq xo’jaligida genetik muhandislik qurg’oqchilikka chidamli o’simliklarning yangi navlarini yaratish, eng yaxshi ta’mga va o’sish xususiyatlariga ega bo’lgan, zararkunandalarga chidamli, har qanday haroratga chidamli navlarni yaratishda qo’llaniladi. Hayvonlardan olingan yangi nasllar mahsuldorlikning oshishi va tez o’sishi bilan farq qiladi. Hozirgi vaqtda eng yuqori kaloriya miqdori va inson tanasi uchun kerakli mikroelement miqdori bilan tavsiflangan o’simliklarning yangi navlari yaratilgan. Genetik modifikatsiyalashgan daraxtlarning yangi navlarini o’rganib ko’rsangiz, unda sellyulozaning yuqori miqdori va tez o’sishi kuzatiladi. Hozirgi vaqtda biologik jihatdan toza yoqilg’i sifatida ishlatilishi mumkin bo’lgan O’simliklar ishlab chiqilgan. 1988-yil - genetik jihatdan modifikatsiyalangan o’simliklarning birinchi navi ekilgan yil sifatida tarixda qoldi. Savdo shahobchalarida genetik modifikatsiyalangan mahsulotlarning birinchi partiyasi 1993-yilga kelib paydo bo’lgan. O’shandan beri genetik modifikatsiyalashtirilgan mahsulotlar butun dunyoda mashhur bo’lib kelmoqda. AQSh, Kanada, Argentina, Portugaliya, Xitoy va Ispaniya singari davlatlarda ekin ekish mumkin bo’lgan yerlarning yarmidan ko’pini genetik modifikatsiyalashgan o’simliklar egallagan. Dastlabki yillarda biotexnologiyaning (genetik modifikatsiyalashtirilgan organizmlar) ushbu rivojlanishi ko’plab mamlakatlarda ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni hal etishga qaratilgan edi. Hozirda biotexnologiya tirik organizmlarni genetik modifikatsiyalashtirish bilan bog’liq eng dolzarb muammolardan biriga aylandi. Dastlab ushbu sohaga bee’tibor bo’lingan bo’lsa-da, hozirgi kunda bir qancha davlatlarda genetik modifikatsiyalshtirilgan mahsulotlarni tayyorlash, sotish va tarqatish taqiqlangan. Biroq, bugungi kunda genetik modifikatsiyalashgan organizmlar oziqovqat xavfsiligi sohasidagi yagona muammo emas. Qishloq xo’jaligida qo’llaniladigan kimyoviy vositalar (agroximikatlar - qishloq xo’jaligida begona o’tlar, zararkunandalar va turli o’simlik kasalliklarini nazorat qilish uchun ishlatiladigan kimyoviy moddalar) ham insoniyat oziq-ovqat xavfsizligiga tahdid solayotgan global muammolardan biridir. O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi tahlili va jahon hamjamiyati olimlarining fikrlarini o’rganish asnosida quyidagicha xulosalarga kelishimiz mumkin: Tarkibida GMO mavjud mahsulotlar - sog’liq uchun zararli, saraton kasalligining rivojlanishiga sabab bo’ladi; - Semirishga olib keladi; - Aholining reproduktiv salomatligining buzilishiga olib keladi. Yuqoridagilarni hisobga olib, mamlakatimizda quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilishi lozim: - genetik modifikatsiyalashgan organizmlarning ilmiy asoslangan xavflarini hisobga olish; - genetik modifikatsiyalash bilan bog’liq ilmiy tadqiqotlar, ulardan foydalanish va gen injeneriyasi tadqiqotlari natijalaridan foydalanishni kamaytirish; - mamlakatimiz qishloq xo’jaligini rivojlantirishga yordam beradigan ekologik toza qishloq xo’jaligi amaliyotlarini o’rganish va rivojlantirishni qo’llab-quvvatlash; - Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish bilan aloqador normativ hujjatlarga tarkibida modifitsiyalashtirilgan organizmlar bor bo’lgan oziqovqat mahsulotlarini chetdan olib kelish va iste’mol qilishni cheklashga, shuningdek bolalar ovqatida genetik modifitsiyalashtirilgan organizmlarni qo’llashga taqiq joriy etishga yo’naltirilgan qo’shimchalar kiritish. O’zbekiston Respublikasining “Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to’g’risida” qonuniga quyidagi o’zgarishlarni kiritish taklif qilinadi:

  1. “Oziq-ovqat mahsulotining xavfsizligi” tushunchasi “oziq-ovqat mahsuloti va homashyosining xavfsizligi” tarzida o’zgartirish;

  2. Oziq-ovqat xomashyosi sifati uchun alohida talablarni belgilash;

  3. Tarkibida modifitsiyalashtirilgan organizmlar bor bo’lgan oziq-ovqat mahsulotlarini chetdan olib kelish va iste’mol qilishni cheklashga, shuningdek bolalar ovqatida genetik modifitsiyalashtirilgan organizmlarni qo’llashga taqiq joriy etishga yo’naltirilgan qo’shimchalar kiritish.

AQShning The Economist Intelligence Unit izlanishlar markazi o‘tkazgan tadqiqotga ko‘ra, O‘zbekistonda oziq-ovqat “xavfsizligi” reytingida dunyoda 64 o‘rinni egalladi. Bir yil oldin O‘zbekiston 75 o‘rinda edi

Reytinng

Mamlakat

Yakuniy

Maqbullik

Mavjudlik

Sifat va xafsizlik

1

Sigapur

87.4

95.4

83.0

79.4

2

Irlandiya

84.0

90.5

76.8

87.7

3

AQSH

83.7

87.7

78.3

89.1

4

Shivetsariya

83.1

83.8

84.3

78.2

=5

Finlyandiya

82.9

84.1

78.3

91.8

=5

Norvegiya

82.9

81.9

81.0

90.5

7

Shivetsiya

82.7

85.0

78.1

89.4

8

Kanada

82.4

83.3

80.0

86.7

9

Niderlandiya

82.0

85.0

76.2

88.9

10

Avstriya

81.7

85.4

78.6

81.1

Reyting hisoblashda mutaxassislar mamlakatdagi oziq-ovqat mahsulotlarining narxi, hajmi va sifatini hisobga olishdi. Umumiy dunyo reytingida 109 mamlakat qatnashdi. Ushbu reytingda O‘zbekiston 64 o‘rinni egalladi. O‘rinlar mamlakatda yetishtirilayotgan oziq-ovqat narxi, hajmi va sifatiga qarab belgilanadi. Keling ular bilan batafsil tanishib chiqaylik.Oziq-ovqat narxi bo‘yicha O‘zbekiston 57 o‘rinda. Demak 109 dunyo mamlaktalari bilan solishtirganda, O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari narxi - o‘rtacha, arzon ham emas, qimmat ham emas. Oziq-ovqat hajmi bo‘yicha O‘zbekiston 65 o‘rinda. Izlanuvchilar fikriga ko‘ra O‘zbekistonda, aholi soniga kuniga 39 000 kaloriya oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirilar ekan. Vaholanki, olimlar fikriga ko‘ra 18-40 yoshli erakak kishi uchun kuniga 3000 kaloriya iste’mol qilish yetarli. Demak, O‘zbekiston o‘z aholisidan 13 baravar ko‘p aholini boqishi yoki katta miqdorda oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilishi mumkin. Uchinchidan, oziq- ovqat mahsulotlari sifati. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha O‘zbekiston - 83 o‘rinda. Shu o‘rinda, bizda nega bunday, axir O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari juda yuqori sifatli ekanini biz yaxshi bilamiz-ku, degan savol tug‘ildi. Afsuski, amerikaliklar ushbu ko‘rsatkichni mahsulotlarning haqiqiy sifatiga qarab emas, balkim kraxmalsiz mahsulotlar soni, parhez taomlar xilma-xilligi, o‘g‘itlar ishlatilishi ustidan nazorat va milliy oziq-ovqat strategiyasi kabi, ikkilamchi ko‘rsatkichlar yordamida hisoblagan.Ushbu reytingda MDning boshqa davlatlari ham kiritilgan, Qozog‘iston (56 o‘rin), Tojikiston (88 o‘rin) va Rossiya (43 o‘rin).Birinchi o‘rinda esa AQSH, Singapur, Irlandiya, Avstriya vaho kazolar.
Britaniyaning “The Economist Intelligence Unit” kompaniyasi tomonidan o’tkazilgan tadqiqotlarga ko’ra, O’zbekiston global oziq-ovqat xavfsizligi reytingida 71-o’rinni egalladi. Bir yil oldin, ushbu ro’yxatda mamlakat 80-o’rinda edi.

Reyting

O’zbekiston

Yakuniy

Maqbullik

Mavjudlik

Sifat va xavsizlik

71

2019 yil

59.0

65.6

55.1

53.4

80

2018 yil

58.7

65.5

54.7

52.7

2018 yilda bo’lgani kabi 2019 yilda ham reytingga 113 ta mamlakat kiritilgan. 2019 yilda 87 mamlakat o’z ko’rsatkichlarini yaxshilagan. 18 mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligi darajasi pasaygan bo’lib, 8 mamlakatda ko’rsatkichlar o’zgarishsiz qolmoqda. 2018 yilda reytingning 80-pog’onasini egallagan O’zbekiston o’z
ko’rsatkichlarini yaxshilab, 71-pog’onaga ko’tarilganini ko’rish mumkin. Qozog’iston (48-o’rin) va Tojikiston (93-o’rin) ham ushbu indeksdagi reytingini yaxshilagan.
O’zbekiston shaharlarning oziq-ovqat oqimlarini o’zlashtirish, oziq-ovqat xavfsizligi va qishloq xo’jaligi mahsulotlarining import tariflari ko’rsatkichlarini yaxshiladi. Ammo, shu bilan birga, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining o’zgaruvchanligi, qishloq xo’jaligi sohasida tadqiqot qilish uchun davlat xarajatlari va oziq-ovqat mahsulotlarining o’rtacha narxidagi o’zgarishlar kabi ko’rsatkichlari salbiy dinamikani ko’rsatdi.
Dunyo oziq-ovqat xavfsizligi indeksini o’rganish 2012 yildan beri olib borilmoqda va hozirgi vaqtda dunyoning turli mamlakatlaridagi oziq-ovqat xavfsizligi holatining eng to’liq to’plamini aks ettiradi.
Indeks davlatlar siyosati va ularning institutlarining oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi samaradorligini o’lchaydi. Tadqiqot dunyoda oziq-ovqat xavfsizligi ko’rsatkichlarining uchta asosiy guruhini tahlilini taqdim etadi:

  1. Oziq-ovqat mahsulotlaridan foydalanish va iste’moli darajasi.

  2. Oziq-ovqatning mavjudligi va yetarliligi.

  3. Oziq-ovqatning sifati va xavfsizligi darajasi.

Ushbu toifalar qiymatlari ikki yil davomida o’lchanadigan 28 xil ko’rsatkichlarni o’z ichiga oladi. Hisoblashda xalqaro tashkilotlar va milliy institutlarning ma’lumotlari qo’llaniladi. Ko’rsatkichlar tahlili asosida dunyo mamlakatlarining Oziq-ovqat xavfsizligi indeksi bo’yicha yakuniy reyting tuziladi.
Mamlakatning reytingda yuqori mavqega ega ekanligi uning oziq-ovqat xavfsizligi yuqori darajada ekanligini anglatadi.
Shuni ham ta’kidlash kerakki, muqaddam O’zbekiston ancha yaxshi natijalarni ko’rsatgan edi. 2016 yilda davlat ushbu xalqaro reytingda 64-o’rinni egallagan.
Joriy yilning birinchi choragida Tovarlar umumiy importida oziq ovqat mahsulotlari ulushi 6,7%ni yoki 287,3 mln dollarni tashkil etib, o’tgan yil ko’rsatgichlariga nisbatan 18,2%ga kamaygan.
Nooziq-ovqat xomashyo importi 273,6 mln dollarga amalga oshirilgan bo’lib, tovarlar umumiy importdagi ulushi 6,4%ni tashkil etdi. O’tgan yilga nisbatan 16,7%ga o’sgan.
Turli tayyor mahsulotlarning tovarlar umumiy importidagi ulushi 6,0%ni tashkil etib, 257,8 mln dollarga (-18,4%) etdi.
Energoresurslar, neft va neft mahsulotlari importi 255,6 mln dollarga (+7,6%) amalga oshirilgan.
O’simlik va chorva yog’lari jami 54,2 mln dollarga (-26,9%) importi amalga oshirilgan.

  1. ,5 mln dollarga tirik chorva va em mahsulotlari importi amalga oshirilgan (­23,3%).

Ichimlik va tamaki mahsulotlar importi 8,2 mln dollarga teng bo’lib, o’tgan yilga nisbatan 19,9%ga kamaygan.
Shu bilan birga 4,5 mln dollarga teng nomonetar tilla importi amalga oshirilgan (+6,1%).

  1. Bugungi kundagi koronavirus pandemiyasi sababli ko’plab xorijiy davlatlarda aholi iste’moli uchun zarur bo’lgan mahsulotlar va dori vositalariga nisbatan bojxona bojlarini bekor qilish bilan bir qatorda, ijtimoiy muhim ahamiyatga ega bo’lgan oziq- ovqat va tibbiy mahsulotlar eksportiga cheklovlar o’rnatilmoqda.

Xususan, Evro Osiyo iqtisodiy komissiyasining 2020 yil 31 martdagi kollegiyasi qaroriga asosan ittifoqqa a’zo davlatlardan tashqariga ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari (piyoz, sarimsoq, sholg’om, javdar-roj, guruch, grechka, un, yorma- krupa, don va don mahsulotlar, soya va kungaboqar urug’lari) eksportiga ta’qiq o’rnatildi. Mazkur qaror joriy yilning 10 aprelidan boshlab kuchga kirdi va 30 iyunga qadar amal qiladi.
Shu bilan birga, Qozog’iston hukumatining 2020 yilning 27 martdagi qaroriga muvofiq, yuqorida ko’rsatilgan mahsulotlarga qo’yilgan taqiq bilan bir qatorda, bug’doy va un mahsulotlari kabi muhim tovarlar eksportiga cheklov o’rnatish to’g’risida ma’lum qilingan. Qozog’iston Qishloq xo’jaligi vazirligi tomonidan joriy yilning aprel oyida 200 ming tonna bug’doy va 70 ming tonna un eksportiga ruxsat berilgan (2019 yil yakunlari bilan Qozog’istonning bug’doy eksporti 5,38 mln tonna, un eksporti - 1,56 mln tonnani tashkil etgan).
Bugungi kunda, Qozog’iston davlati tomonidan cheklov qo’yilgan mahsulotlarning O’zbekiston Respublikasi importidagi ulushi 77%ni tashkil etmoqda. Shundan bug’doy importining 99,4%i, un - 99,2%, kungaboqar urug’i - 96,8% va kartoshka - 77,8%i Qozog’iston Respublikasidan amalga oshirilgan.
Bundan tashqari, Qirg’iziston hukumati tomonidan ham 23 martdan boshlab 11 ta turdagi mahsulotlar (bug’doy, bug’doy uni, o’simlik yog’i, guruch, makaron mahsulotlari, shakar, tuxum, tuz, chorva uchun em, antibakterial va dezinfeksiyalash vositalari) eksportiga ta’qiq qo’yildi.
Ta’kidlash joizki, yuqorida ko’rsatilgan mahsulotlarga respublikamizda yuqori talab mavjud bo’lib, ularning importi aynan ushbu davlatlardan amalga oshirilib kelinmoqda. Xususan, 2019 yil yakunlari bilan mazkur tovarlar 101,3 mln dollarga import qilingan bo’lib (+1,5 barobar), undan 93%i yoki 94,5 mln dollari EOII davlatlari hisobiga to’g’ri kelgan.
Statistik ma’lumotlar tahlili O’zbekiston Respublikasi oziq-ovqat mahsulotlari importi bir qator davlatlarga bog’liqligi va hamkor davlatlarni diversifikatsiya qilish zarurligini ko’rsatmoqda.
Bloomberg L.P. ma’lumotlariga ko’ra, pandemiya global ishlab chiqarish va etkazib berish zanjiriga o’z ta’sirini ko’rsata boshladi, dunyoning ko’plab davlatlarida oziq-ovqat mahsulotlari narxi oshib bormoqda. Ayniqsa, guruch va bug’doy mahsulotlarining narxi spot va fyuchers bozorlarida keskin oshmoqda.

Yüklə 25,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin