Page 1502 to’garaklarida jamoa sardorlari, gurux boshliqlari saylanadi. Ular faol ishtirokchi
ichidan tanlanadi. Jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini tashkil etish va boshqarishda
jismoniy madaniyat jamoasiga yaqindan yordam beradilar. Shuningdek, o’quvchi va
talabalarni sportga jalb etish va jismoniy tarbiyaga qiziqishlarini orttirishda axamiyati
kattadir.Jismoniy rivojlanish-tarbiyaning ta’sirida organizmda biologik shakllar va
funkstiyalarning vujudga kelishi, o’zgarishi va takomillashuvidir. Bu jarayon
organizm va uning yashash muxiti tuzilishi, o’zgarishi, miqdor va sifat qonuniyatlariga
bo’ysunadi. Inson organizmini jismoniy jixatdan baquvvat qilish albatta organizmga
berilayotgan jismoniy yuklamalarni meyorida hamda mashg’ulotlarni to’g’ri olib
borish natijasida yuzaga keladi.
Jismoniy harakatlarga o’rgatish jarayoni. Buning vazifasi-xaraktani bajarish va uni
takomillashtirishdan to ko’nikmani vujudga kelishini ta’minlashdan iboratdir. Bu
etapning to’laligicha ko’p marotabalab takrorlash jarayoni yotadi. Xar bir takrorlash
tashqi tomondan bir xilday ko’rinsada xar safargisining mazmuni o’z ichiga yangi.
Oldingisidan o’zgacharoq nimanidir olgan bo’ladi. Obrazli qilib aytganda, “takrorlash-
takrorlashsiz”, “mashq qilish-mashq qilishsiz” takrorlangandek bo’ladi. Aynan
shundagina yangi harakat faoliyatining shakillanishi mezoni, poydevori yashiringandir.
Shug’ullanuvchilarning ma’naviy xislatlarini tarkib toptirish va uni hayot, jamiyat,
ehtiyoji bilan mexnat faoliyati bilan bog’lab olib borish zarur, jismoniy tarbiya
jarayoni shug’ullanuvchilarni yangi jamiyat qurish uchun kurashda faol ishtirok
etishga ruxlantirish lozim. Shug’ullanuvchilarni milliy istiqlol g’oyasi ruxida
tarbiyalash uchun qanday yashayotgani,, nima xaqida o’ylashi, kimlar bilan do’stligi
ishlab chiqarishda qanday ishlashi, o’quv yurtida qanday o’qishi, oilada, jamoat
joylarda o’zini tutishi bo’sh vaqtini qanday o’tkazishi va boshqalarni jismoniy tarbiya
mutaxassislari to’liq bilishi kerak. Jismoniy tarbiya mutaxassislari shug’ullanuvchilarni
jismoniy qobiliyatlar rivojlanganlik darajasini bilishi, shaxsiy xarakter xususiyatlarini,
aql, idrok, xissiyot irodalarini axloqiy sifatlari va statik extiyojlardagi individual
farqlarni o’rganish zarur. Mustaqil mashg’ulotlar jarayonlarida o’quvchi va
talabalarda jismoniy tarbiya va sportga munosabati shakllanadi, jismoniy mashqlar,
harakatlar va sport turlari bilan mustaqil shug’ullanish ko’nikmalari ortadi. Mustaqil
mashg’ulotlarda hayotiy zarur harakatlar o’rgatilish bilan birga, jismoniy fazilatlar
kuch, chidamlilik, egiluvchanlik, tezkorlik, chaqqonlik sifatlari takomllishtirib boriladi.
Xar bir jismoniy sifatlarni rivojlantirish natijasida organizda o’zgarishlar sodir bo’ladi.
Inson tanasi azolari chiniqadi va qon aylanish doirasi yaxshilanish natijasida
rivojlanadi.
MUHOKAMA Ta’lim muassasasidagi xamma xodimlar o’quvchi va talabalarni jismoniy
tarbiyalashni tashkil etishning maqsadi, vazifalari, mazmuni va shakllarini to’g’ri