Page 1503 tushunishlari, amaliy ishlarda o’z faoliyatlari asosida qatnashishlari, o’quvchilar va
ota—onalar o’rtasida jismoniy madaniyat va sportni faol targ’ib qilishlari lozim.
Jismoniy tarbiya o’qituvchilari quyidagi vazifalarni bajarishlari shart:
-dars yuksak darajada o’tishini ta’minlash va tegishli sinf jismoniy tarbiya
dasturini to’liq bajarish;
-shifokor bilan birgalikda o’quvchilarni tibbiy tekshiruvidan o’z vaqtida o’tkazib
borish va o’z ishlarida tibbiy tekshiruvi natijalarini xisobga olish;
-dars o’tkaziladigan joylarning tegishli sanitariya — gigiena xolatida saqlanishini
ta’minlash;
-o’quvchi va talabalarning xammasi jismoniy mashqlar bilan qulay kiyimlarda
shug’ulanishlarga erishish;
-jismoniy tarbiya bo’yicha ta’lim muassasasidan tashqari ishlarni uyushtirish va
o’tkazishda ishtirok etish hamda unga o’quvchi va talabalarni keng jalb qilish;
-o’quvchi va talabalarni jismoniy tarbiyalashning axamiyati xaqida ota - onalar
o’rtasida tushuntirish ishlari olib borish;
-o’quvchi va talabalarni jismoniy tarbiyalash sohasidagi bilimlarini muntazam
oshirib borish;
-o’quvchi va talabalarni jismoniy madaniyatga qiziqtirish va ularda
jismoniy mashqlar bilan muntazam shug’ullanish odatlarni shakllantirish.
O’qituvchilar o’z malakalarini oshirib borish uchun tajriba almashadilar, bir —
birlarining darslarini taxlil etishni tashkil etadilar. Ta’lim muassasalarida jismoniy
tarbiya va sport tadbirlarini tashkil etishda asosiy vazifalarni jismoniy madaniyat
jamoasi amalga oshiradi. Jismoniy tarbiya o’qituvchilari jismoniy tarbiya darslari va
kun tartibidagi jismoniy tarbiya tadbirlarini o’tkazadilar. Jismoniy tarbiyadan faol
sportchi o’quvchilar hamda yoshlar jamiyati a’zolari va raxbarlari jismoniy tarbiya
tadbirlari va sport musobaqalari, bayramlarini tashkil etishda, sayrlar, ekskurstiya va
turizm, sayyoxlik yurishlari o’tkazishda jismoniy tarbiya o’qituvchilariga yaqindan
yordam beradilar. Shu bilan birga sportchi o’quvchilar boshqa o’quvchilarni sportga
jalb etish va jismoniy tarbiyaga qiziqishlarini ortirishda muxim rol o’ynaydilar.
XULOSA Ta’lim muassasalarida o’quvchi va talabalr bilan jismoniy tarbiya sport va
sog’lomlashtirish tadbirlari tashkil etish bo’yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot va pedagogik
amaliyot ishlarimizda bir qator kerakli bo’lgan aniq xulosalar keltirdik. 1. O’quvchi va talabalrni jismoniy tarbiyalash va sog’lomlashtirish jarayonlarida
tabiat omillarining chiniqtirish axamiyati muxim o’rin tutadi. 2. Umumrivojlantiruvchi jismoniy mashqlar o’quvchi va talabalarni organizmini
tetiklashtirishga va jismoniy yuklamalarga tayyorlashda kerakli vosita bo’lib xizmat
qiladi.