Page 271 Ozarbayjon turklari bizdan burun ko‘z ochib, boylarining himmati bilan yangi
maktablar, yangi o‘rta, yuqori (oliy) madrasalar solib, ming-ming xalq bolalarini
ko‘zlarin Ovrupo bilimlari bilan ochmoqda edilar. Ufa shahrida “Oliya”, “Usmoniya”,
Qozon shahrida “Muhammadiya”, Orenburg‘da “Husayniya”, Qafqazda biz otini
bilmagan yana qancha maktablar, madrasalar ko‘p edi. Bul yangi madrasalarni solmoq
uchun yuz minglab, millionlab aqchalar ketgan, Nikolayning to‘ralari, chinovniklari
oldida necha dapqir so‘roqlar berilgan edi... Olmaota (Verniy)da o‘rus mullalarining
katta yig‘ini bo‘ldi, shul yig‘inda: «Tatarlar qozoqlar bilan sart bolalarini o‘qitmasin!
O‘qumushli tatarlarg‘a Turkiston o‘lkasida turish uchun yo‘l qo‘ymaslik kerak! Chunki
ular sart, qozoqlarg‘a bilim tarqatib, ko‘zlarini va fikrlarini ochadurlar, so‘ngra bizga
yemak uchun Turkistonda non qolmaydur. Ikkinchi, yangi tartib bilan o‘qituvchi-
muallimlar, purog‘ramlari, o‘qitadurg‘on kitoblarini kimlarning asari ekanligin
“inespektur”larga yozib kursatmaguncha, bola yig‘ib o‘qutolmaydurlar!» – deb qaror
berdilar. Shuning uchun hukumatning o‘rus va musulmon ma’murlaridan ham imtihon
ko‘rish bahonasi bilan kelib-ketib turmoqda edilar”[1].
Agar Ismoilbek Gasprali g‘oyalari mohiyatiga nazar tashlasak, ularning, ayniqsa,
dastlabki davrda Rossiyaning ruslashtirish siyosatiga qarshi qaratilganligi, yuksak
taraqqiyotga milliylikni saqlagan holda erishishga chaqirishi sezilib turishini ko‘ramiz.
Jumladan u shunday yozadi: “Ovrupa bir keksa choldir, tajribasi ko‘pdir. Ulug‘ yoshiga
hurmatimiz bor. Tajribasidan o‘rganamiz. Lekin xatolarini takrorlamaymiz.
Maktablarini, universitetlarini biz ham quramiz. Ammo aqllarimizni qanchalik yoritsak,
qalblarimizni ham shuncha haqqoniyat bilan to‘ldirmoqqa harakat qilamiz. Ovrupada
nimani ko‘rsak, yosh boladek olib yugurmaymiz. Esli-hushli insonlardek “bu nimadir?,
Oqibati nima bo‘ladi?, Vijdon va haqoniyatga uyg‘unmi?”, - deya aql tarozisiga tortib
olamiz. Ovrupa madaniyati mulohazasiz qabul qilaverish mumkin bo‘lgan bir narsa
emas”[2].Bundan ko’rinadiki, jadidlar yevropaliklarning tajribasini to’g’ridan-to’g’ri
emas,balki uni faqatgina ijobiy tomonlarini qabul qilganlar.