Scientific progress volume ǀ issue ǀ 2021 issn: 2181-1601 Uzbekistan



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix07.11.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#67857
1   2   3   4   5   6   7
turkistonda-yangi-usul-maktablarining-faoliyati-xix-asr-oxiri-xx-asr-boshlari

SCIENTIFIC PROGRESS
 
VOLUME 2 ǀ ISSUE 3 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
  
Page 270
jurnallarning mushtariylari soni oshib bordi, ulardagi islohotchilik harakatiga 
bag‘ishlangan maqolalar o‘lka pedagoglarini o‘z faoliyatlariga tanqidiy qarashga majbur 
etdi. Ilk usuli jadid maktablari vujudga keldi, ona tili va adabiyot, tabiiy fanlarni o‘qitish 
masalasiga ehtiyoj va e’tibor kuchaydi. 
 
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Jadidlar, birinchi navbatda, maorifni, maktab va madrasalarni, ularda o‘qitish 
usullarini tubdan isloh qilish, ta’lim-tarbiya tizimini o‘zgartirish, millatni ma’nan 
uyg‘otish uchun kurash olib bordilar. Ular o‘zbek xalqining ming yildan ortiq taraqqiyot 
tarixiga ega bo‘lgan tafakkur gulshanidan bahra oldilar, umuminsoniy qadriyatlarga 
asoslandilar, shu bilan birga, turk dunyosi xalqlarining ma’naviy rahbari Ismoilbey 
Gasprali o‘qish-o‘qitish, maktab va madrasa islohotiga oid fikrlari ta’sirida bo‘ldilar. 
Mazkur holat Rossiya ichki ishlar vazirligining 1900 yil 31 dekabrda Turkiston 
o‘lkasiga yuborgan 13444-raqamli “mutlaqo maxfiy” farmoyishida yaqqol ko‘zga 
tashlanadi. Unda hukumat gubernatorlarni ogoh bo‘lishga da’vat qiladi: keyingi 
vaqtlarda tatar adabiyoti va matbuotida 14 millionli rus musulmonlarining ko‘p asrli 
turmush tarzini izdan chiqarish xavfiga sabab bo‘luvchi ruh paydo bo‘lganligi 
sezilmoqda. Bu ruh tatarlar hayotida katta burilishga tayyorgarlik jarayoni kechayotgani 
haqida taxmin qilish imkonini beradi. Vazirlik e’tiborni Gasprali faoliyatiga, yangi 
usuldagi maktablarga, uning darsligi asosida ona tilini o‘qitish masalasiga qaratadi. 
Tatarlar, deyiladi farmoyishda, islomiylik va turkiylik zaminida taraqqiyot uchun 
intilmoqda. Shuning uchun politsiya departamenti bu harakatni har tomonlama o‘rganib, 
shu sohada faoliyat ko‘rsatayotgan mualliflar, ularning maqolalari, “yosh turklar” bilan 
aloqasi, chet el markazlarida, ayniqsa, Turkiyada ularni kimlar rag‘batlantirayotgani, 
kimlar tomonidan va qayerda yangi usul maktablari ochilgani, kimlar bunday 
maktablarda dars berayotgani, kimlar bu maktablarga rahbarlik qilayotgani kabi 
masalalar haqida keng ma’lumot so‘ragan. 
Gubernatorlik ma’murlari Turkiston o‘lkasidagi mahalliy ziyolilar faoliyatini
o‘lkada kechayotgan madaniy, ma’rifiy, siyosiy ahvolni o’rganishni Nikolay Ostroumov 
zimmasiga yuklaydi.Chunki u o’lkada 1879-yildan buyon faoliyat yuritayotgan edi va 
Turkiston haqida juda ko’p ma’lumotlarni to’plashga ham ulgurgan edi. Ushbu 
farmoyishga binoan u “siyosiy jihatdan ishonchsiz” deb hisoblagan, jadid maktablarini 
targ‘ib-tashviq qiluvchi maqolalar yozgan, yangi maktablar ochgan va ularda 
muallimlik, mudirlik qilgan Is’hoqxon Ibrat, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Siddiqiy-Ajziy, 
Abduqodir Shakuriy, Munavvarqori, Abdulla Avloniy va boshqalar haqida ichki ishlar 
vazirligiga ma’lumotlar yuborib turgan. 
Vazirlikning yuqoridagi farmoyishi munosabati bilan Olmaota (Verniy) shahrida 
o‘lka rus va rus-tuzem maktablari muallimlarining katta yig‘ini bo‘lib o‘tdi. Bu haqda 
Mo‘minjon Muhammadjonov quyidagilarni yozadi: “Shul chog‘da Tatariston



Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin