SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 3 ǀ 2021
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 272
Jadidlar xalqning fikrlash darajasini oshirish ularni mustaqillikka yetaklaydi deb
o’ylashardi. Bu esa albatta yangi usuldagi maktablarni ochish orqali amalga oshirilardi.
Lekin podsho hukumati bunday usuldagi maktablar faoliaytiga tazyiq o’tkazardi.Har
qanday ta’qib va tazyiqlarga, mutaassib ulamolarning dashnomlariga, bo‘htonlariga
qaramay, jadid maktablari xalq e’tiborini qozonishi, ayniqsa, musulmon qardoshlarning
bu
boradagi hamjihatliklari, hamkorliklari general-gubernatorlik siyosatdonlari,
mafkurachilari faoliyatini yanada kuchaytirdi. 1909 yilda Nikolay Ostroumov
«Turkestanskie vedomosti» gazetasida maqolasini e’lon qildi. Unda muallif
quyidagilarni yozadi: «Rus ma’muriyatining yerliklar
eski maktablariga nisbatan
qo‘llagan mensimaslik, nazar-pisand qilmaslik siyosati o‘lkadagi hukmronligimizning
dastlabki o‘n yilligida o‘zini oqlagan bo‘lishi mumkin. Ammo keyingi uch o‘n yillikda
bu siyosat o‘zini oqlamaganini hech narsa bilan yashirib bo‘lmaydi. Mana, chindan ham
pushaymon bo‘ladigan voqea sodir bo‘ldi. Biz o‘lkada... katta qiyinchiliklar bilan bir
necha rus-tuzem maktabi ochganimizda, boshqalar tashqaridan (Qrimdan) katta g‘ayrat
bilan o‘lka maorifi uchun boshqa bayroq ostida mustaqil faoliyat olib bordi. Bu yangi
usul maktablari ma’muriyatning hech qanday ruxsatisiz ochila boshladi va ajablanarli,
yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan
tomoni shundaki, hozir ham bunday holat oblast, uezd
ma’muriyatlari, hatto hukumat maktablar inspektsiyasi nazoratisiz davom etmoqda»[4].
Bunday maktablar dastlabki vaqtlarda hukumat ruxsatisiz ochila boshlagan edi,
keyin ularning ochilishi, butun faoliyati to‘la gubernatorlik nazoratiga o‘tdi.
Jadid
maktablarining faoliyati endi nihoyatda og‘ir kecha boshladi. Bir tomondan, mutaassib
ulamolar, «usuli qadim» tarafdorlari «usuli jadid» maktablariga qarshi turli-tuman
bo‘htonlar uyushtirdilar, muallimlarini esa hatto kofirlikda aybladilar,
xalq bolalarini
bunday maktablardan qaytarishga harakat qildilar. Shu o‘rinda Samarqandning
Ulug‘bek madrasasi jomesida 5-6 ming namozxon o‘rtasida mutaassiblarning shoir va
pedagog Siddiqiy-Ajziy va Abduqodir Shakuriylarni kofirga chiqarishlarini, Mirmuhsin
Shermuhamedov va So‘fizodalarni sazoyi qilib, o‘z Vatanidan quvg‘in qilishlarini esga
olish o‘rinlidir. Mutaassiblarning bunday hatti-harakatlari, ikkinchi tomondan,
bundan
ham dahshatliroq kuch bo‘lmish mustamlakachi ma’murlarning ta’qib va tazyiqlariga
katta yo‘l ochib berdi. Munavvarqori Abdurashidxon o‘g‘li siyosiy tashkilotlarning
uzluksiz so‘rovlariga javob berishga, do‘q-po‘pisalariga, qamoqlariga chidashga majbur
bo‘ldi. Shuning uchun ham «usuli jadid» maktablarining taraqqiyoti va ko‘lamining
kengayishi, ayniqsa, mustamlaka Turkiston o‘lkasi sharoitida ancha og‘ir kechdi. Bu
haqda Munavvarqorining sobiq o‘quvchisi, Anqara universitetining professori Ibrohim
Yorqin (Ibrohim Orifxon o‘g‘li – 1902-1993) xotiralarida quyidagilarni yozadi: “1913
yilda Eshonxo‘ja Xoniyning maktabini bitirgach, Munavvarqorining ikki sinfli rushdiy
maktabida o‘qigan yillarimizda Rusiya idorasi o‘quv inspektorlari maktabimizga
to‘satdan kelib, foydalanayotgan kitoblarimizni tekshirardi.
Ularning maqsadlari
bizning maktabda mavjud bo‘lgan darslik va boshqa o‘quv kitoblarining Rusiya idorasi