Page 273 nuqtai nazaridan zararlimi yoki yo‘qmi, shularni tekshirish edi”[5]. General-
gubernatorlik ma’murlari usuli jadid maktablarining keng quloch yozishiga qanchalik
to‘siqlar qo‘ymasin, tabiiy-tarixiy jarayonni to‘xtata olmadi.
“Usuli jadid” nomini olgan “usuli savtiya”ga asoslangan maktablar mohiyat
e’tibori bilan “rus-tuzem” maktablariga qarshi vujudga keldi. “Usuli jadid”
maktablarida milliy ma’naviyati yuksak, millat, Vatan istiqboli uchun jon kuydiruvchi
yoshlarni tarbiyalab yetishtirish birinchi o‘rinda turgan. Jadid pedagoglarining buyuk
xizmatlari shundaki, ular maktablarda ona tilida ta’lim-tarbiya berishga, milliy adabiyot,
musulmon dini va ma’naviyati asoslarini o‘qitishga hal qiluvchi masala sifatida
qaradilar. Chunki ular millatning o‘zligini saqlovchi asosiy vosita ona tili va milliy
adabiyot deb bildilar [6].
1909 yilda Rossiya Davlat dumasida – «G‘ayri ruslarning davlat tasarrufidagi
maktablarda ta’lim-tarbiya qaysi tilda olib borilishi kerak?» degan mavzu yana
muhokama etiladi. Unga binoan «turkistonliklarning adabiy tili yo‘qligi» sababli ta’lim-
tarbiya faqat rus tilida olib boriladi, agar mahalliy so‘zlarga ehtiyoj tug‘ilgan taqdirda
esa arab yozuvida emas, faqat kirill yozuvida ta’lim beriladi, degan farmoyish e’lon
qilinadi. Bu farmoyish turkiyzabon ziyolilarning, pedagoglarning qattiq noroziligiga
sabab bo‘ldi. Unga qarshi «Tarjimon» gazetasida e’lon qilingan «Chig‘atoy tili»
sarlavhali maqolada quyidagilarni o‘qiymiz: «Samarqand, Farg‘ona, Sirdaryo
qit’alarining shevalari eski chig‘atoy shevasidur. Bu sheva adabiy o‘ldig‘i butun jahona
ma’lumdur. Hatto turk shevai adabiyalarining eng qadimi va mabdai o‘ldug‘i lisoniyun
(tilshunoslar) oldida masdaq (tasdiqlangan)dur. Taftazoniylar, Ahmad Yassaviylar, Ali
Qushchi, Alisher Navoiy va boshqalar vujuda keltirmish Turkiston tili nechuk «tilsiz»,
«adabiyotsiz» ot o‘linur?! Rus millatining lisoni adabiy o‘lmadig‘i zamonda
Lomo‘no‘suf, Pushkin kabi rus adiblarining vujudidan uch va to‘rt yuz sana muqaddam
(«Muhokamat ul-lug‘atayn» risolasina boq!» – gazeta izohi – U.D.) Chig‘atoy, ya’ni
Turkiston tili forsiyya foyiq (g‘olib) bo‘lindig‘i da’vo o‘linur-da, bugun Turkiston
belisondur, deyu nasil (qanday) hukm o‘linur?! Kiyev va Mo‘sqva baldalarinda rum va
lotin lisoninda biror rahbon (rohiblar) shqolasi ta’sis edilmasdan muqaddam Buxoro va
Samarqandda ilmi tibb, hay’at, falsafa, ta’rix, jug‘rofiya, xandasa va soira dars va tahsil
edilur. Ulug‘beklar, Forobiylar, Ibn Sinolar kabi turk hukamosi yetishur-da,
buyuklarning ahfodi (avlodi) bu kun nechuk tilsiz ot o‘linur?!»[7].
Mana shunday og‘ir sharoitda o‘zbek jadid pedagoglari ona tili hamda milliy
adabiyotni o‘qitishga millatning hayot yoki mamoti masalasi sifatida qaradilar, ona tili
va adabiyot o‘qitishning nazariy va amaliy asoslarini ishlab chiqdilar. Bunday masalalar
ularning darsliklarida o‘z ifodasini topdi. Milliylik va milliyat masalasi Behbudiy,
Munavvarqori, Avloniy, Fitrat kabi mutafakkirlar faoliyatida hal qiluvchi ahamiyat kasb
etdi. Mahmudxo‘ja Behbudiyning bu haqdagi so‘zlariga e’tibor bering: “Barchamizga
oftob kabi ravshan va ayondurki, makotib taraqqiyning boshlang‘ichi, madaniyat va