SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2
ǀ ISSUE 5
ǀ 2021
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 401
CRISPR/CAS9 TEXNOLOGIYASI YORDAMIDA SOYA GENOMINI
TAHRIRLASH
Abdurahmon
Nodirjon o’g’li
Yusupov
Mirzakamol
Sobitjonovich
Ayubov
Bexzod Orifjon
o’g’li Mamajonov
Lola
Xayriddinovna
Pazlieva
O‘zRFA Genomika va bioinformatika markazi
ANNOTATSIYA
CRISPR (
Clustered regularly interspaced short palindromic repeats) —
guruhlangan muntazam qisqa palindromli takrorlanishlar texnologiyasining paydo
bo'lishi, genomni tahrir qilish va gen transkripsiyasini o'zgartirish
orqali organizmlar
genomini maqsadli o'zgartirishga imkon berdi. So’ya (
Glycine max (L.) Merr.) kabi
qimmatbaho qishloq xo’jaligi ekinlarining xo’jalik belgilarini sifat va miqdoriy jihatdan
yaxshilashda CRISPR an'anaviy seleksiya va boshqa transgen o’simlik olish usullariga
qaraganda maqsadli genom modifikatsiyasini tezroq va yuqori aniqlik bilan amalga
oshirish imkoniyatiga ega.
Shuni ta'kidlash kerakki, CRISPR/Cas asosida
hosil qilingan genomdagi
o’zgarishlar aynan nishon qilingan genni o’chirishga qaratilgan va bunda genetik
vektordagi antibiotikka chidamlilik geni genomdan chiqib ketadi.
Natijada, faqatgina
nishon
geni mutasiyaga uchragan, ammo antibiotik sintez qilmaydigan yangi o’simlik
olishga erishiladi.
Ushbu tadqiqotda soyada soyani qurg’oqchilikka chidamliligini oshirish
masadida qurg’oqchilikka aloqdor E-1 genini nishon sifatida tanlab olindi.
Maqsadga
muvofiq mutagenez hosil qilish uchun sintetik E-1 genining 1,3 va 4 ekzonlariga mos
sgRNAlar tuzildi. Soyaning U6-10 va
Arabidopsis thaliananing U6-26 promotorlari
yordamida sgRNAlar bilan vector konstruksiya yaratildi.