SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3
ǀ ISSUE 5
ǀ 2022
ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016)
Passport:
http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 168
MAVJUD KOMPYUTER TARMOG`I ASOSIDA INTRANET YARATISH
Arobidin Xusnidinovich Arabbayev
Andijon davlat universiteti
ANNOTATSIYA
Murakkab Intranet tuzilmasida bir necha server (ko’p tugun) bo’lib, ular bir-
biriga yaqin –
maxalliy tarmoqda, yoki serverlar guruhlariga birlashib, bir-biridan
olisda, turli maxalliy tarmoqlar tarkibida bo’ladi. Intranet
serveri sifatida Internet
serverlari ishlatiladi. Ular orasida Microsoft ning Internet Information Server dasturi
(bepul) va Netscape firmasining Netscape Communications Server dasturi keng
qo’llaniladi. Intranet o`z tuzilishiga ko’ra 4 asosiy qismdan tarkib topgan: Aloqa, server,
mijoz va himoya qismlaridan.
Kalit so`zlar: Intranet, mijoz, aloqa, server, HTTP, TCP/IP,
Web-brauzer,
maxalliy tarmoq, kanal, protocol, marshrut,
UNIX server, Windows NTserver va
NetWare server.
Mavjud kompyuter tarmog’ida Intranet yaratishda uni quyidagi tarkibiy qismlardan
tashkil topgan deb qarash mumkin:
• Kompyuter tarmog’i;
• Tarmoq amaliy tizimi; u TCP/IP protokolini qo'llab-quvvatlaydigan bo'lishi lozim;
•
Kompyuter-server; bu kompyuter tarmog’idagi mavjud yoki unga qo'shimcha
kompyuter bo'lishi mumkin;
• Serverning dasturiy ta’minoti; u Web-tarmoq yaratishga, shu jumladan, mijozlardagi
brouzerlarning HTTP formatidagi so`rovlarini qo’llab quvvatlaydigan bo’lishi lozim;
• Kompyuter-mijozlar; bular kompyuter tarmog’ida mavjud yo unga qo’shimcha
kompyuterlar bo’lib, ularda TCP/IP protokolini qo’llab-quvvatlovchi brouzer
o’rnatilib, tarmoq dasturiy ta’minoti sozlab qo’yilgan bo’lishi lozim;
•
Axborot xavfsizligi tizimi; mavjud himoya tizimi boshqatdan qayta qurishni talab
qiladi.
Intranetning asosiy qismi Web-tarmoqni yaratish uchun odatda quyidagi
amallarni bajarish kifoya:
• Kompyuterlarni TCP/IP tarmog’iga birlashtirish;
• Tarmoq serverlaridan biri asosida Web-server xosil qilish;
• Web-serverda
barcha zarur xujjatlarni, audio-, video-fayllarni, ma’lumotlar
jamg‘armalarini joylashtirish;
• Xar bir mijoz kompyuterda Web-brauzer urnatish.