SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3
ǀ ISSUE 5
ǀ 2022
ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016)
Passport:
http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 173
Lan topologiyasi. ("Vse-So-Vsemi")
Uzatish tizimi asosiy polosali (arzon, lekin turfa muhit bilan ishlamaydi) yo keng
polosali (qimmat, ammo turfa muhit bilan ishlaydi) bo’lishi mumkin.
Uzatish muhiti sifatida metall simli (juft o’rama
simli kabel, koaksial kabel ) va
shaffof tolali kabel yoki, simsiz muhit (radio va Aloqa muhiti – efir) dan foydalaniladi.
Juft o’rama mis simli ekransiz kabel eng arzon bo’lib past o’tkaza olish tezligi 1--100
Mbit/s bilan xarakterlansa, shaffof tolali kabel eng qimmat bo’lib, eng yuqori o’tkazish
tezligi (103 Mbit/s)ga va signal uzatish bo’yicha eng yaxshi sifatga ega.
Ethernet
texnologiyasida Yulduz topologiyasi tanlanganda ko’pincha arzon yechim sifatida
ekranlanmagan yo ekranlangan (bu ekranlanmaganga nisbatan
ikki marta qimmatga
tushadi) juft urama simli kabeldan, Yo’lak topologiyasidan
foydalanilganda koaksial
kabeldan ko’proq foydalaniladi.
Bog`lanib olish tizimi signalni effektiv va aniq jo’natib
va qabul qilib olish
jarayonlarining tartibini belgilaydi. Buning uchun paket kommutatsiyasidan
foydalanuvchi uzatish liniyasining bo’shashini kutishga va ramz (token)
signali orqali
navbat berishga (Token Ring texnologiyasidagi kabi) yoki kanallar kommutatsiyasiga
asoslangan – vaqt bo’yicha ajratib kanallar sonini ko’paytirish usullari qo’llaniladi.
Oxirgi xolda kanalni boshqaruvchi qurilmaga so’rov orqali bo’sh kanal so’rab
olinib
undan foydalaniladi. Bu usul TDMA tizimi bo’lib, 460 Mbit/s tezlikka erishish
imkonini beradi. Lekin bu usuldan
foydalanish arzon ham emas, juda kimmat ham
emas.
Aloqa qismi.
Intranetning o’lchamlarini Web- serverga baravariga
ulanishi kutilgan mijozlar
soni va Aloqa kanallarining axborot o’tkaza olish kobiliyati belgilaydi. Yuridik shaxs
xududi katta bo’lsa Intranet bir necha LAN segmentlarini yagona LAN ga yoki birnecha
LAN larni WANga birlashtirish orqali shakllantiriladi. Bu xollarda LAN segmentlari va
LAN larni bog’lovchi Aloqa kanallari takrorlovchi (repitor)lar, ko’prik (bridg)lar,
marshrutlovchi router)lar va shlyuz (gateway)lar orqali bir-birlari bilan ulanadilar.
Dostları ilə paylaş: