7
Ijtimoiy - psixologik treninglar – kasbiy faoliyat psixologik tahminotida
asosiy vositalardan biri sifatida
Kasbiy faoliyatni psixologik tahminotida asosiy oʻrinlardan birini kasbiy
tayyorgarlik bosqichi egallaydi.
Oʻqitishni jadallashtirishning psixologik-pedagogik tomonlari, insonning
ichki resurslarini, uning ijodiy imkoniyatlarini faollashtirishning guruhiy vositalari,
mutaxassislarning shaxsiy sifatlarini shakllantirishga moʻljallangan treninglarni
tashkil etish va ularni oʻtkazish hozirgi kunda dolzarb masala sifatida yuzaga
chiqmoqda.
Zamonaviy sharoitda treningni turli murakkab faoliyatlarni oʻrganish va
egallash qobiliyatlarini rivojlantirishga, yangi funktsional tuzilmalarni yaratishga
(yoki mavjud boʻlganlarini shakllantirish) moʻljallangan metodlar guruhi,
ustanovkalar malaka hamda qobiliyatlar, shaxs xususiyatlari, sifatlari kognitiv
strukturasini oʻzgartirish, shu bilan birga insonda zarur kasbiy sifatlar, xususiyatlar
shaxsiy xarakteristikalarni rivojlantirish maqsadida psixologik tahsir oʻtkazishning
koʻpqirrali metodi sifatida qaraladi.
Trening natijasida guruh qatnashchisi faoliyat muhitini (ijtimoiy, jismoniy) va
unda oʻzini anglaydi, oʻz oldiga qoʻyilgan kasbiy hamda shaxsiy maqsadlarni
amalga oshirish uchun zarur boʻlgan yanada faolroq tahsir vositalarini egallaydi.
Kasbiy kommunikativ qobiliyatlarni shakllantirishda noeffektiv xatti – harakat
modellarini mazkur vaziyat uchun optimal xatti – harakat modellari bilan
almashtirish jarayoni kechadi.
L. Petrovskayaning fikricha, ijtimoiy psixologik trening mavjud boʻlgan
shaxsiy oʻzgarishlar uchun turtki rolini bajaruvchi vaziyat yaratadi... trening
davomida oʻzi va boshqalar haqida olingan yangi chuqur emotsional mahlumotlar
«Men - kontseptsiya», «Oʻzga» - kontseptsiyasi, «Men - ideal» kontseptsiyalarini
qayta idrok etishga, shu yoʻl bilan qoʻyilgan vazifalarning shaxsiy mahno kasb
etishiga sharoit yaratadi.
8
Treningda psixologik tahsir maqsadli ravishda toʻyingan axborot muhitini
yaratish, mahlum tarzda tashkillashtirilgan faoliyatga jalb etish shuningdek,
ergashtirish, ishontirish, taqlid qilish kabi psixik mexanizmlar asosida soʻz orqali va
soʻzsiz vositalar yordamida axborotlarni uzatish orqali amalga oshiriladi.
Psixologik trening maxsus tashkil etilgan intensiv tahsir tizimi boʻlib, kishilar
kundalik hayoti va boshqaruv faoliyatining dolzarb muammolarini hal etishga
yordam beruvchi vositadir. Hozirgi kunda treningni amaliy psixologiyaning maxsus
sohasi sifatida baholashda turli qarama-qarshi yondashuvlar va noaniqliklar mavjud.
SHu davrgacha bu muammoga bagʻishlangan barcha ishlar trening tushunchasiga
aniqlik kiritish bilan boshlanadi. Keng mahnoda «trening» atamasi guruhiy
psixologik ishlarning turli shakllarini oʻzida mujassamlashtiradi. Ammo, shunga
teng ravishda guruhiy psixoterapiya, psixokorrektsion guruhlar, tajriba guruhlari,
amaliy eksprimental laboratoriyalarning faol oʻqitish guruhlari kabi tushunchalar
ham qoʻllaniladi.
I.V. Vachkov oʻzining «Guruhiy trening texnologiyasi asoslari» (1999)
kitobida qayd etganidek, bir xil turdagi guruhlar turli mualliflar tomonidan turlicha
nomlanadi.
Bizningcha, Yu.E. Yemelg’yanovning treningga bergan tahrifi bizning
fikrimizni aniqroq ifodalaydi:
«… «trening» atamasi … oʻqitish metodikalarini ifodalashda emas, balki
oʻqitish uchun zarur qobiliyatlarni yoki turli murakkab faoliyat turlarini, shu
jumladan muomalani oʻzlashtirish metodi sifatida qoʻllanishi lozim».
Ushbu tahrifdan koʻrinib turibdiki, asosiy diqqat treningni tashkil etuvchi
«psixotexnik» usullarga qaratilmoqda. "Psixotexnika" termini birinchi marta U.
SHtern tomonidan kiritilgan boʻlib, psixikaga tahsir etish va uni boshqarish
amaliyotining barcha turlarini anglatadi.
N.V. TSzen va Yu.V. Paxomov bu atamaning quyidagi zamonaviy tahrifini
berishadi: «Psixotexnika – bu psixik hodisalarga va ularni boshqaruvga
yoʻnaltirilgan sanhatdir». «Psixotexnikani koʻpincha amaliy psixologiya deb
atashadi va bu bilan uning fan va amaliy yoʻnalish bilan bevosita yaqinligiga urgʻu
9
beriladi. Psixologiyada kashf etilgan psixik jarayonlar, motivatsion va shaxs
strukturalari, guruhiy dinamika va ongosti fenomenlari rivojlanishi va shakllanishi
faoliyatning turli sahalarida samarali qoʻllanishi mumkin».
Ushbu mahnoda psixologik tahsir psixotexnik vositalar orqali amalga
oshiriladigan psixotexnik harakat tizimi sifatida yuzaga chiqadi.
SHuni tahkidlash kerakki, anhanaviy psixologik trening oʻzini anglash, oʻz –
oʻzini tushunish, refleksiya, oʻz – oʻziga va oʻzgalarga boʻlgan munosabatni
oʻzgartirish, qatnashchilarning ijtimoiy adaptatsiyasini oshirish va oʻzga
kishilarning xatti-harakatlarini psixologik interpretatsiya qila olish tajribasini
chuqurlashtirish uchun oʻzini boshqarish malakasini oʻzlashtirish, emotsional
moslashuvchanlikni rivojlantirishda qoʻllaniladi.
Treningning jamoani rivojlantirishdagi asosiy shakllari ish oʻyinlari, guruhiy
bahs munozaralar, rolli oʻyinlar, «aqliy hujum»ning turli modifikatsiyalari,
«gʻoyalar jangi» va amaliy vaziyatlar tahlili metodlari (keys-stadiz) qoʻllaniladi.
Jamoaning umumiy rivojlanishiga erishish, xodimlarning shaxsiy oʻsishiga va
ziddiyatlarni kamaytirish uchun koʻproq psixologik treningning anhanaviy
shakllaridan foydalaniladi.
Psixodramaning ommaviy va sodda koʻrinishlaridan biri rolli treninglardir.
Qatnashchilar tugal stsenariylarni emas, balki oʻzlarini turli rollarda sinab koʻrib,
kichik sahnalarni ijro etishadi. Bu metod ijtimoiylashuvni chuqurlashtirish va
takomillashtirish, qatnashchilarning baho va axloqiy – etik ustanovkalari hamda u
bilan bogʻliq boʻlgan ichki psixologik his-tuygʻularning korrektsiyasiga
moʻljallangan.
Rollar ijrosi, ustanovkalar, kechinmalar, oʻz his-tuygʻulari va guruhdagi
boshqa qatnashchilarning his-tuygʻularini kuzatish zarur darajadagi emotsional
munosabatlarning chuqurlashuviga baho va pozitsiyalarni oʻzgartirishga imkoniyat
yaratadi. Ayniqsa, oʻzgarishlarga ataylab yoki anglanmagan tarzda qarshilik
koʻrsatilganda bu metodni qoʻllash mumkinligi (bu holda oʻz xulq-atvorini ongli
darajada
korrektsiyalash
mushkullashadi)
uning
imkoniyatlarini
yanada
kengaytiradi.
10
Rolli treninglarning asosiy vazifasi kommunikativ jarayonlarni rivojlantirish
va muloqot malakalari korrektsiyasi, «siqiqlik» va «kompleks»larni yechishdan
iboratdir. Ushbu umumiy vazifalarni bir necha alohida vazifalarga ajratish mumkin:
muloqotning noverbal shakllarini faollashtirish;
empatiyani rivojlantirish, muloqotdagi sherikka diqqatni toʻliq jamlay olish
qobiliyati;
nogahoniy vujudga keluvchi xatti-harakatlarni mashq qilish;
oʻzgalar oldida yengil, tabiiy xatti-harakatlarni amalga oshira olish;
hayotiy va maishiy jabhadagi xuddi shunday vaziyatlarda, faoliyatdagi va
shaxsiy xarakterdagi oddiy ziddiyatli holatlarda yengil va moslashuvchan xatti-
harakatlarni amalga oshira olish;
konfliktli, jiddiy darajadagi shaxsiy ahamiyatga molik vaziyatlarda oʻzini
toʻgʻri tuta olish.
Senzitiv trening guruhlari individni umumiy rivojlantirishga qaratilgandir. Ushbu
yoʻnalish doirasida individning hayotiy baho mehyorlarini, uning oʻziga xosligi
tuygʻusini aniqlash birlamchi masala sifatida qaraladi. Trening sheriklarning shaxsiy
sifatlarini, holatlarini, ular oʻrtasida shakllanadigan munosabatlarni toʻgʻri
tushunishda muhim boʻlgan senzitiv qobiliyatlarni rivojlantirishga yoʻnaltirilgandir.
Senzetiv treningning maqsad va vazifalari quyidagilardir:
muloqotdagi kompetentlilikni rivojlantirish;
qatnashchilarning faol ijtimoiy – psixologik pozitsiyalarini rivojlantirish;
psixologik madaniyatni oshirish;
ijtimoiy – pertseptiv kompetentlikni rivojlantirish;
guruh qatnashchilari tomonidan umumlashtirilgan diagnostik bilim va
malakalarning oʻzlashtirilishi;
psixologik himoya toʻsiqlarini kamaytirish evaziga oʻz-oʻzini anglashni
rivojlantirish va shaxsiy darajadagi notabiiylikni yoʻqotish.
Oʻzgarishlarning keyingi doirasi ijtimoiy-psixologik kompetentlilikka, ijtimoiy
vaziyatlarda toʻgʻri qaror qabul qila olish, oʻzgalarni tushuna olish, muloqot
11
shakllarini toʻgʻri tanlash va qoʻllay olishga tegishlidir. Psixodinamik yondashuv
ushbu tahsirga oʻzining va oʻzganing xatti-harakatini notoʻgʻri interpritatsiya
qilinishiga olib keluvchi toʻsiqlarni hamda ong osti himoya mexanizmlarini yengib
oʻtish orqali erishsa, bixeviorizm vakillari ijtimoiy pertseptsiya koʻnikmalarini
rivojlantirish va takomillashtirish, tashqi xatti – harakatni oʻz oʻrniga qoʻyish orqali
erishadilar. Gumanistik yondashuv ochiqlikni, oʻzga kishining xatti – harakatini
qabul qilish va tushunishni ragʻbatlantirishni nazarda tutadi. L.A. Petrovskaya oʻz
ishlarida guruhiy mashgʻulot jarayonida egallangan kechinmalar tajribasi turli
tahsirlar uchun muhim emotsional komponent boʻlishini qayd etadi.
Faol oʻzaro hamkorlik usullarining biri ijtimoiy -psixologik treninglardir.
Ijtimoiy - psixologik trening metodlari ikki guruhga boʻlinadi: oʻyin metodlari va
senzitiv metod (shaxslararo sezgirlikni rivojlantirish metodi). Oʻyin metodlari
boshqaruv qarorlarini qabul qilish va ularni ishlab chiqishga moʻljallanadi. Senzitiv
metodning asosiy maqsadi individlarning bir-birlarini tushunish qobiliyatlarini
takomillashtirish va rivojlantirishdan iboratdir.
Muomala malakalarni shakllantirishga moʻljallangan koʻplab guruhiy va
yakka holdagi amaliy mashgʻulot shakllari ichida amaliy faoliyatda vujudga
keladigan muammolar yechimini topishda koʻproq qoʻl keladigan mashgʻulotlardan
biri ijtimoiy - psixologik trening(IPT) dir.
Faoliyatga yoʻnaltirilgan IPTning ajralib turuvchi tomonlari quyidagilardan
iborat: qatnashchilarning birlamchi kasbiy faoliyatlari psixologik tahlilini oʻtkazish,
IPT qatnashchilarining kasbiy faoliyat strukturasidagi muloqot oʻrnini aniqlash,
aytib oʻtilgan elementlarni IPT davomida qoʻllash.
Pertseptiv-diagnostik trening maqsadi shaxslararo muloqot samaradorligini
belgilovchi omil sifatida suhbatdoshning emotsional holati ekspress-diagnostikasini
amalga oshirish qobiliyatini shakllantirishdan iboratdir. Treningda psixologik-
pedagogik
vositalar
sifatida
standartlashtirilgan
grafik
sxema-etalonlari
kompleksidan foydalaniladi.
Ijtimoiy-psixologik trening quyidagi tamoyillarga asosan oʻtkaziladi:
Faoliyatni belgilash tamoyili; Faollik tamoyili; Pozitsiyalar tengligi tamoyili;
12
Teskari aloqani tahminlash tamoyili; «SHu yerda va hozir» tamoyili; Oʻzaro ishonch
asosidagi muloqot; Emotsional ochiqlik tamoyili; «Men - mulohaza» tamoyili;
SHaxsiy javobgarlik tamoyili; Konfedentsiallik tamoyili; Erkin tanlov tamoyili.
Amaliyotni oʻtkazish 6 ta bosqichni oʻz ichiga oladi.
Berilgan sharoitga moslashish, muammoning belgilanishi, oʻz «men»ligi
pozitsiyasini aniqlash, tadqiqot bosqichi, integratsiya, refleksiya.
Trening davomida «Oʻz-oʻzini baholash» anketasi, A. Bodalyovning
«Ogʻzaki portret» metodikasidan, shuningdek, «Mexelg’sonning kommunikativ
qobiliyatlarni baholash» metodikalaridan foydalaniladi.
Taklif etilgan vaziyat quyidagi qayta ishlashlarni talab etadi:
vaziyatning aniq oddiy tilda bayon etilishi (uslubiy qayta ishlash);
mashgʻulot rejasi bayoni, qatnashchilar uchun vazifaning qoʻyilishi va
asoslanishi (uslubiy ishlanma).
Vaziyatga qoʻyilgan topshiriqlar 5-7 savoldan oshmasligi lozim.
Oʻtkazilgan ijtimoiy psixologik trening samaradorligi kommunikativ
qobiliyatlarni baholash testlari hamda pertseptiv qobiliyatlarni baholash
metodikalari orqali oʻrganiladi.
«Mexelg’sonning kommunikativ qobiliyatlarni baholash testi» kommunikativ
layoqatlilik darajasini va asosiy kommunikativ malakalar shakllanishi sifatini
aniqlashga moʻljallangan. Ushbu test toʻgʻri javoblar mavjud boʻlgan vazifalar
asosida tuzilgan. Testdagi toʻgʻri javoblar mahlum darajadagi etalonga mos
tushishi kommunikativ layoqatlilikni belgilovchi omil sifatida qabul qilinadi. Xatti-
harakatlarning etalon variantiga yaqinlashish darajasi layoqatli, dadil hamkorlik
usuliga mos kelishi nazarda tutiladi. Notoʻgʻri javoblar esa pastdan (yon bosuvchi)
va yuqoridan (agressiv) javoblarga boʻlinadi. Soʻrovnoma 27 ta kommunikativ
vaziyatni oʻz ichiga olgan. Har bir vaziyatga 5 ta variantdagi javob mavjud. Har
bir qatnashchi oʻzi uchun maqbul bitta javobni tanlashi zarur. Ikkita javobni tanlash
yoki soʻrovnomada mavjud boʻlmagan variantlarni qoʻshish man etiladi. Taqdim
etilgan kalit asosida (tanlangan javoblar soniga nisbatan foiz hisobida) shaxs uchun
13
yetakchi boʻlgan xatti-harakat usuli (layoqatlilik, yon bosuvchanlik, agressivlik)
aniqlanadi.
Savollar 5 tipdagi kommunikativ vaziyatlarga ajratilgan:
Muloqotdagi sherikning ijobiy mulohazalariga boʻlgan munosabat vaziyati
(1, 2, 11, 12 - savollar);
Muloqotdagi sherikning salbiy mulohazalariga munosabat vaziyati (3, 4,
5, 15, 23, 24 - savollar);
Muloqotdagi sherikning iltimos bilan murojaat qilishiga munosabat bilan
bogʻliq vaziyatlar (6, 10, 14, 16, 17, 25 - savollar);
Suhbat vaziyati (13, 18, 19, 26, 27 - savollar);
Empatiyani (insonning holati va tuygʻularini tushunishni) namoyon etish
vaziyati (7, 8, 9, 20, 21, 22 - savollar).
Quyidagi savollarga berilgan javoblar esa oʻziga xos qobiliyatlar blokini
tashkil etadi:
1. Ehtiborni (maqtovni) qabul qila olish va ehtibor bildira olish qobiliyati –
1, 2, 11, 12 – savollar;
2. Adolatli tanqidga munosabat qobiliyati – 4, 13 – savollar;
3. Notoʻgʻri tanqidga munosabat qobiliyati – 3, 9 – savollar;
4. Suhbatdoshning qattiq botadigan, «ilmoqli» xatti-harakatlariga boʻlgan
munosabat – 5, 14, 15, 23, 24;
5. Suhbatdoshga iltimos bilan murojaat qila olish qobiliyati – 6, 16 – savollar;
6. Oʻzganing iltimosiga rad javobini bera olish qobiliyati – 10, 17, 15 –
savollar;
7. Oʻzgalarga gʻamxoʻrlik, koʻmak bera olish qobiliyati – 7, 20 – savollar;
8. Famxoʻrlikni, koʻmakni qabul qila olish qobiliyati – 8, 21 – savollar;
9. Oʻzgalar bilan aloqaga kirishuvchanlik qobiliyati – 18, 26 – savollar;
10. Oʻzganing aloqaga kirishish istagiga nisbatan munosabat – 19, 27 –
savollar.
14
A. Bodalyovning «Ogʻzaki portret» metodikasi orqali IPTdan oldin va undan
keyin tadqiqot va nazorat guruhlarida notanish kishi qiyofasidan olingan
taassurotlarning bayoniy xarakteristikalari, shakliy tahlil (bayon etish hajmi) va
mazmun tahlili (kategoriyalardan foydalanish darajasi) koʻrsatkichlari boʻyicha
farqlar aniqlanadi.
«Ogʻzaki portret» metodikasi qoʻllanishi jarayonida 20 dona bir xil
formatdagi (9x14) oq-qora tasvirdagi ayol va erkak fotosuratlari tanlab olinadi.
Tanlov jarayonida fotosuratdagi kishilar chehrasidagi ifodaning neytral boʻlishiga
ahamiyat berish lozim.
Birinchi hamda ikkinchi qismda har bir tadqiq etiluvchi ikkitadan fotocurat
(ayol va erkak)ni tasvirlab berishadi.
Ogʻzaki portret metodikasini qoʻllash jarayonida qatnashchilar uchun bayon
etish kategoriyalari tanlovida cheklovni nazarda tutmagan koʻrsatmalar beriladi.
Fotosuratlarni tashqi koʻrinish jihatidan va imkoni boricha ichki jihatdan xarakterlab
berish soʻraladi. Soʻrov yakka tartibda oʻtkaziladi qatnashchilar yozma javob
berishadi, javob vaqti chegaralanmaydi.
IPTdan oldin berilgan psixologik tahrif IPTdan keyin berilgan psixologik tahrif
15
Tadqiqot davomida mazkur metod orqali olingan natijalar kontent – tahlildan
oʻtkaziladi. Qatnashchilar bergan yozma javoblarning mazmun xarakteristikalarini
oʻrganishda ushbu metod haqiqiy empirik materiallarga ega boʻlishga imkon
yaratadi. SHu oʻrinda kontent - tahlil metodi haqida ham qisqacha toʻxtalib oʻtsak.
Kontent-tahlil (ingl. contens mazmun) – hujjatlar mazmunining mazkur
hujjatlarda aks etgan turli omillar va tendentsiyalarni aniqlash va oʻlchash
maqsadida miqdoriy va sifat jihatdan tahlilidan iboratdir.
Kontent-tahlil sotsiologiya fanida birinchi marta XX-asrning 30- yillarida
amerika sotsiologlari X. Lassuell va B. Berelsonlar tomonidan qoʻllangan.
Kontent-tahlilning oʻziga xosligi shundan iboratki, unda hujjatlar sotsial
mazmunda oʻrganiladi. Mazkur metod tadqiqotning asosiy metodi sifatida (masalan:
gazeta matnining siyosiy yoʻnalishini kontent – tahlil vositasida tadqiq etishda),
boshqa metodlar bilan birgalikda (masalan: ommaviy axborot vositasi faoliyatining
samaradorligini oʻrganishda), yordamchi yoki nazorat metodi sifatida ham (masalan:
anketalardagi ochiq savollarni klassifikatsiyalashda) qoʻllanishi mumkin.
Ammo, har qanday hujjat ham kontent tahlil obhekti boʻla olmaydi.
Oʻrganilayotgan hujjat mazmuni zarur xarakteristikalarni qayd etishda yagona
qoidaga rioya etilishiga imkon yaratishi lozim (shakllantirish tamoyili), shuningdek,
tadqiqotchini qiziqtirayotgan elementlar mazmuniy matnda kerakli chastotada
uchrashi zarur (statistik ahamiyatlilik tamoyili).
Koʻpincha gazeta, radio, televidenie kabi axborot vositalaridagi xabarlar,
yigʻilish bayonnomalari, xatlar, buyruq va yoʻriqnomalar, shuningdek, erkin
intervg’yulardagi hamda anketa- soʻrovnomalaridagi ochiq savollar kontent – tahlil
obhekti sifatida oʻrganiladi.
Kontent – tahlilning asosiy qoʻllanish yoʻnalishlari: matngacha mavjud boʻlgan
xususiyatlarni aniqlash va u yoki bu tarzda mazkur xususiyatlarning matnda aks
etganligi (bu yerda matn oʻrganilayotgan obhekt (atrof muhit, matn muallifi yoki
matn yoʻnaltirilgan adresat)ning mahlum tomonlarini aks ettiruvchi indikator
vazifasini bajaradi; faqatgina matnda mavjud boʻlgan xususiyatlarni aniqlash (turli
shakliy xarakteristikalar – til, tuzilma, xabar janri, nutqning ritmi, toni); matndan
16
soʻng vujudga kelishi mumkin boʻlgan, yahni adresat tomonidan uning idrok etilishi
tufayli paydo boʻladigan xususiyatlarni oʻrganish (turli tahsir effektlarini baholash).
Dostları ilə paylaş: |