17
Ijtimoiy–psixologik treningning «Psixogimnastika» usuli
Ijtimoiy–psixologik
treningning
«Psixogimnastika»
usuli
quyidagi
imkoniyatlarga ega:
1. Boshqa trening shakllaridan farqli oʻlaroq, koʻp
sonli guruhlar bilan
ishlashga imkon yaratadi.
2. Koʻp hollarda real sharoitlarda shaxs muammolarining chuqur tahlili
uchun vaqt yetishmaydi. Mazkur trening esa qisqa vaqt ichida amalga oshiriladi.
3. «Psixogimnastika» mashgʻulotlari mashgʻulot olib boruvchidan koʻp kuch
sarflashni talab etmaydi. Ammo hatti –harakatlar
moslashuvchanligini oshirish,
oʻzligini namoyon etish va emotsional aloqalardan qoʻrquv hissini kamaytirish, oʻz-
oʻziga va boshqalarga boʻlgan ishonchini oshirish kabi asosiy shaxslararo
hamkorlikni optimallashtirish vazifalarini hal etadi.
Koʻpgina qatnashchilar uchun mashgʻulot hozirgi sharoitda mavjud boʻlgan
hayotiy muammolarga munosabatni belgilab olish imkoniyati boʻlib
xizmat qilsa,
boshqa kategoriyadagi, muloqotda qiyinchiliklarga
duch keluvchi qatnashchilar
uchun shaxslararo toʻsiqlarni yengish, oʻz hayotiy tajribasidan farq qiladigan xulq –
atvor va xatti-harakatlarni oʻzlashtirishning xilma-xil shakllarini egallashda oʻziga
xos «sinov maydoni» vazifasini oʻtaydi. Turli muloqot usullarining mavjudligi va
ularning ijtimoiy maqbulligi oʻz shaxsiy «kompleks»lari ogʻirligini kamaytirishga,
oʻz xatti-harakatlarini takomillashtirishga imkon yaratadi.
«Muloqot gimnastikasi» mashgʻuloti uchun 15 tadan 30 tagacha qatnashchi jalb
etilib, mashgʻulotlar haftada bir yoki ikki marta 45-60 minut davomida oʻtkaziladi.
Birinchi mashgʻulot davomida mashgʻulot shart-sharoitlari belgilanadi va uning
maqsadi aniqlab olinadi.
Mashgʻulot maqsadlari quyidagilardir:
1. Oʻzga
kishilar
bilan
hamkorlikdagi
tabiiylik
koʻnikmalarini
takomillashtirish.
2. Oʻzining va oʻzgalarning xatti-harakatiga
nisbatan kuzatuvchanlik
(sezgirlik) ni rivojlantirish.
18
3. Noverbal kommunikatsiyalar boʻyicha tajribalarni rivojlantirish.
Mazkur maqsadlarga erishishni belgilaydigan asosiy shartlar quyidagilar boʻlib
hisoblanadi:
1. Taklif etilgan barcha mashgʻulot jarayonlariga faol ishtirok etish.
2. Oʻzining va oʻzgalarning tajribasiga hurmat bilan qarash: har bir kishining
oʻzini qanday tutishi uning shu vaziyat va shu vaqtdagi imkoniyatlaridan kelib
chiqadi, hech kim birovdan bundan ham yaxshiroq yoki mahlum namunaga koʻra
xatti-harakat qilishni talab qila olmaydi.
3. Qatnashchilar va sheriklarni his etishga yoʻnalganlik.
4. Hatti –harakatga va oʻzaro hamkorlikka kirishish talabi.
Mashgʻulotlarda turli mualliflar (masalan, TSzen N., Paxomov Yu. va
boshqalar)ning
psixologik
mashqlari
va
usullaridan
kasbiy
faoliyatga
moslashtirilgan holda foydalanilishi mumkin. Oʻtkazilgan mashgʻulotlar maqsadiga
koʻra bir necha tiplarga boʻlinadi:
1.
Umumfaollashtiruvchi, tayyorlovchi mashgʻulotlar.
Ular tegishli
guruhiy hamkorlik muhitini yaratish: emotsional va xatti-harakatlardagi erkinlik,
mehyoriy toʻsiqlarni olib tashlash. Odatda, bu mashgʻulotlar
butun guruh bilan
birgalikda bajariladi. Mazkur mashgʻulotlarga quyidagilar kiradi: «tanishuv», «qor
ustida yurish» «harakatni yoki tuygʻuni doira boʻylab oʻtkazish», «Broun harakati»
va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: