28
Hakamlar har bir ishtirokchining oʻrtacha bahosiga qarab, uning oʻzaro munosabatga
kirishish qobiliyatiga baho beradilar".
Boshlovchi ham ishtirokchilar bilan birgalikda hakam ahzolarini, xamrohlik
qiluvchi (tarjimon)ni va "mehmon"ni tanlaydi. Xamrohlik qiluvchi xonadan chiqib
ketadi va bir pasdan soʻng "mehmon"ni boshlab kiradi. Ishtirokchilar protogonistni
doira shaklida oʻrab oladilar va uning atrofida kim qanday istasa shundayligicha
oʻtiradilar. U bilan gaplashishning navbatma-navbatligi shart emas, muhimi har bir
ishtirokchi u bilan munosabatga kirishishi kerak.
Oldindan mahlum boʻlgan kulguli narsalar (mehmon bilan "chet tilida
gaplashish" va muloqotning odatlanilmagan usuli) oʻyinga zavq bagʻishlaydi, kulgu
uygʻotadi, lekin tahkidlangan jiddiylik yoʻqolmaydi. Tajribalarda koʻrinishicha,
protogonist bilan muloqotda boʻluvchi shaxslar oʻz munosabatlarida xazilomuz,
kulguli harakatlarni ham qoʻllaydilar. Bunda ishtirokchilar, hatto hakamlar
tomonidan ballar kamaytirilishi ehtimolini ham unutib qoʻyadilar. SHunday vaziyat
kuzatilganda, oʻyin nihoyasida boshlovchi ishtirokchilarning bu xil (nooʻrin)
harakatlarini yengilgina boʻlsa xam tahkidlab oʻtishi kerak.
Mehmon nomiga aytilayotgan olqishlar haqida oldindan boshqotirib oʻtirish
shart emas, balki ishtirokchilar buni oʻyin jarayonida oʻylab topishlariga imkoniyat
yaratish kerak.
Dostları ilə paylaş: