See discussions, stats, and author profiles for this publication at


-§. O‗zbekistonda axborotni himoyalash davlat tizimi



Yüklə 13,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/224
tarix09.09.2023
ölçüsü13,45 Mb.
#142261
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   224
30 06 2022 . (1)

15.3-§. O‗zbekistonda axborotni himoyalash davlat tizimi 
Axborot – hokimiyat, demak, axborot davlat va jamiyat 
rivojlanishining muhim omilidir. Axborot asrida jamiyatni 
axborotsiz tasavvur etish qiyin. Taraqqiyot yo‗lini tanlagan 
davlatlarda axborotlashish qanchalik muhim o‗rin tutayotgani, 
hozirgi kunga kelib kuzatib borilmoqda. Bugun zamonaviy 
jamiyat qanchalik axborotlashsa, uning milliy manfaatlariga 
xizmat qiladigan axboroti shunchalik ustuvor darajada bo‗ladi. 
Jamiyatni axborotlashtirish jarayoniga O‗zbekistonda ham 
katta 
ahamiyat 
berilmoqda. 
Shu 
bois, 
axborotlashtirish 
jarayonlarini jadal sur‘atlar bilan rivojlantirish respublikamizda 
amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh yo‗nalishlaridan 
hisoblanadi. Chunki bu yo‗nalish O‗zbekistonni axborotlashgan 
jamiyatga aylantirishgagina emas, balki mamlakatni taraqqiy 
etgan davlatlar darajasiga ko‗tarishga ham xizmat qiladi. 
Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, 
barcha tarmoqlar va sohalarda, eng avvalo, davlat boshqaruvi, 


455 
ta‘lim, sog‗liqni saqlash va qishloq xo‗jaligida zamonaviy 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish 
bo‗yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 
Xususan, elektron hukumat tizimini takomillashtirish, 
dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalarining mahalliy 
bozorini yanada rivojlantirish, respublikaning barcha hududlarida 
IT-parklarni tashkil etish, shuningdek, sohani malakali kadrlar 
bilan ta‘minlashni ko‗zda tutuvchi 220 dan ortiq ustuvor 
loyihalarni amalga oshirish boshlangan
1

Bundan tashqari, 40 dan ortiq axborot tizimlari bilan 
integratsiyalashgan 
geoportalni 
ishga 
tushirish, 
jamoat 
transporti va kommunal 
infratuzilmani 
boshqarishning 
axborot 
tizimini yaratish, ijtimoiy 
sohani raqamlashtirish va 
keyinchalik 
ushbu 
tajribani 
boshqa 
hududlarda joriy qilishni nazarda tutuvchi «Raqamli Toshkent» 
kompleks dasturi amalga oshirilmoqda. 
Davlat O‗zbekiston Respublikasining axborot xavfsizligini 
ta‘minlash borasidagi o‗z vazifalarini amalga oshirish jarayonida 
axborot xavfsizligiga bo‗lgan tahdidlarni xolis va har tomonlama 
tahlil qiladi hamda buni ta‘minlash chora-tadbirlarini ishlab 
chiqadi. Shundan kelib chiqib O‗zbekiston Respublikasi 
Prezidentining ―Raqamli O‗zbekiston—2030» strategiyasini 
1
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Raqamli O‗zbekiston—2030‖ strategiyasini tasdiqlash 
va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖ 2020-yil 5-oktabrdagi PF-6079-son 
Farmoni. 


456 
tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari 
to‗g‗risida‖ 2020- yil 5 -oktabrdagi PF-6079-sonli Farmoniga 
ko‗ra: 

telekommunikatsiya qurilmalari va inshootlarining 
qurilish-montaj, rekonstruksiya, sinovdan o‗tkazish va integratsiya 
qilish ishlarini yakunlash hamda tijorat maqsadida foydalanishni 
yo‗lga qo‗yish, shuningdek, telekommunikatsiya qurilmalari va 
inshootlarining 
konstruksiyasini 
o‗zgartirish, 
mavjud 
qurilmalardagi 
hamda 
telekommunikatsiya 
liniyalari 
va 
inshootlaridagi uskunalarni kengaytirish bo‗yicha xabardor qilish 
tartibi joriy etildi; 

radioelektron qurilmalar, asbob-uskunalar va boshqa 
qurilmalarni 
O‗zbekiston 
Respublikasiga 
olib 
kirish 
ruxsatnomasini, sotib olish, o‗rnatish, loyihalash va qurish uchun 
ruxsatnoma olmasdan, belgilangan tartibda rasmiylashtirish 
huquqi berildi. 
Shuningdek, davlat hokimiyati qonun chiqaruvchi (vakillik) 
va ijro organlarining O‗zbekiston Respublikasining axborot 
xavfsizligiga tahdidlarning oldini olish, ularni qaytarish va 
bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuini amalga 
oshirish 
ishlarini 
tashkil 
etadi. 
Ayni 
paytda, 
jamoat 
uyushmalarining jamiyat hayotidagi ijtimoiy ahamiyatga ega 
bo‗lgan hodisalar haqida aholiga obyektiv axborot berish, 
jamiyatni soxta va noto‗g‗ri axborotlardan himoya qilish 
borasidagi faoliyatini qo‗llab-quvvatlaydi hamda axborotni 
himoya qilish vositalarining ishlab chiqilishi, yaratilishi, 
rivojlantirilishi, qo‗llanishi, eksport va importni sertifikatlashtirish 
hamda litsenziyalash orqali nazorat qiladi. Bulardan tashqari, 
davlat O‗zbekiston Respublikasi hududida axborotlashtirish va 
axborotni himoya qilish vositalarini ishlab chiqaruvchilarga 


457 
nisbatan zarur homiylik siyosatini amalga oshiradi, ichki bozorni 
sifatsiz axborotlashtirish vositalari va mahsulotlaridan himoyalash 
choralarini ko‗radi hamda jismoniy va yuridik shaxslarga jahon 
axborot resurslari va tizimlariga kirishga ruxsat berilishiga 
ko‗maklashadi.
Davlat va nodavlat tashkilotlarning axborot xavfsizligi 
sohasidagi 
sa‘y-harakatlarini 
birlashtiradigan 
O‗zbekiston 
Respublikasining axborot xavfsizligini ta‘minlash dasturining 
ishlab chiqilishini tashkil etish, jahon axborot tarmoqlari va 
tizimlarining 
baynalmilallashuvi 
hamda 
jahon 
axborot 
hamjamiyatiga 
O‗zbekistonning teng huquqli hamkorlik 
shartlarida qo‗shilishiga imkoniyat yaratish ham davlatning 
axborot xavfsizligini ta‘minlash borasidagi vazifalari sirasiga 
kiradi. 
Axborot sohasida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlarni 
tartibga solishning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish 
O‗zbekiston Respublikasining axborot xavfsizligini ta‘minlash 
borasidagi davlat siyosatining ustuvor yo‗nalishi hisoblanadi. 
O‗zbekiston Respublikasining axborot xavfsizligini huquqiy 
ta‘minlash, avvalo, axborot sohasida qonuniylikka rioya qilish 
hamda fuqarolar, jamiyat va davlatning bu sohadagi manfaatlari 
muvozanatini saqlash tamoyillariga asoslanishi lozim. 
Qonuniylik 
tamoyiliga 
rioya 
qilish 
O‗zbekiston 
Respublikasining 
davlat 
hokimiyati 
organlaridan 
axborot 
sohasidagi nizolarni hal qilishda bu sohadagi munosabatlarni 
tartibga soladigan qonun hujjatlari va boshqa normativ huquqiy 
hujjatlarga qat‘iy amal qilishni talab etadi. 
Fuqarolar, jamiyat va davlatning axborot sohasidagi 
manfaatlari muvozanatini saqlash tamoyiliga rioya qilish esa, 
jamiyat hayotining turli sohalarida bu manfaatlarning ustuvorligini 


458 
qonunan belgilash, O‗zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati 
organlari faoliyatining jamoatchilik tomonidan nazorat qilinishi 
shakllaridan foydalanishni nazarda tutadi. Fuqarolarning axborot 
sohasidagi 
faoliyatga 
taalluqli 
konstitutsion 
huquq 
va 
erkinliklarini kafolatlash davlatning axborot xavfsizligi sohasidagi 
muhim vazifalaridan biridir. 
O‗zbekiston 
Respublikasining 
axborot 
xavfsizligini 
ta‘minlash borasidagi eng muhim chora-tadbirlarning amalga 
oshirilishi tegishli dasturning ishlab chiqilishini nazarda tutadi. 
Davlatimiz axborot xavfsizligini ta‘minlash siyosatining ayrim 
yo‗nalishlarini jamiyat va davlat faoliyatining alohida sohalariga 
tatbiq 
etish 
O‗zbekiston 
Respublikasi Prezidenti tomonidan 
tasdiqlanadigan tegishli hujjatlarda 
amalga oshirilishi mumkin. 
Bugungi 
kunda 
iqtisodiyotning raqamli sektorini 
rivojlantirish 
masalasi 
O‗zbekistonda davlat darajasiga 
ko‗tarilgan bo‗lib, bu borada keng ko‗lamli chora-tadbirlar amalga 
oshirilmoqda, xususan, elektron hujjat aylanishi tizimlari joriy 
etilmoqda, elektron to‗lovlar rivojlantirilmoqda va elektron tijorat 
sohasida yaratilgan me‘yoriy-huquqiy baza takomillashtirilmoqda. 
Shu bilan birga, axborot texnologik platformalarda faoliyat 
ko‗rsatayotgan raqamli iqtisodiyot jadal rivojlanmoqda, bu esa 
shunday platformalarning yangi modellarini yaratish zaruratini 
taqozo etmoqda.
Raqamli iqtisodiyot sohasiga axborot jamiyati va makoni, 
AKT va ishlab chiqarishning har xil turlari, ishlab chiqarish va 
noishlab chiqarish infratuzilmasi kiradi. Raqamli iqtisodiyotda 


459 
AKT tizimi orqali axborotni yaratish, ishlov berish, to‗plash va 
uzatish jarayonlari tadqiq qilinadi. O‗zbekistonda raqamli 
iqtisodiyotning shakllanishi AKT rivojlanishi bilan bog‗liq 
iqtisodiy jarayonlarning ilmiy asoslanishi, YAIMda xizmatlar 
ulushi va boshqa ko‗rsatkichlar bilan tavsiflanadi.
Axborot mahsulotni ishlab chiqarish va iste‘mol qilish 
raqamli iqtisodiyotning asosiy harakatga keltiruvchi kuchi 
hisoblanadi. O‗rganib chiqib tahlil qilingan, taklif etilayotgan 
ilmiy tadqiqotlar natijalari hukumat organlari tomonidan 
Respublikada raqamli iqtisodiyotni samarali shakllantirish va 
rivojlanganlik darajasini baholash, raqamli iqtisodiyot tayanch 
institutlari maqomida elektron tijorat va elektron bandlik 
xususiyatlarini 
ochib 
berish; 
mamlakatimiz 
korxonalarida 
zamonaviy AKT joriy etish va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish 
muammolarini 
aniqlash, 
O‗zbekistonda elektron hukumat 
faoliyati, birja elektron savdo tizimlar, Internet-do‗konlar, xizmat 
ko‗rsatish asosiy tarmoqlar holatini aniqlashda muhim ahamiyat 
kasb etadi. 
O‗zbekiston 
Respublikasining 
Milliy 
axborot 
kommunikatsiya tizimini rivojlantirish strategiyasi tez o‗sish 
tendensiyalarini namoyish qilmoqda. AKTni faol joriy etish 
axborot rolining o‗zgarishiga, mehnat bozorida tuzilmaviy 
disproporsiyalarga, bir turdagi tarmoqlarning boshqalar bilan 
o‗zaro bog‗liq holda ishlash hajmining o‗sishiga, iqtisodiyotning 
chuqur ilmiy asoslanishi va YAIMda xizmatlar sohasining ulushi 
oshishiga olib keladi.
Mamlakatimizda zamonaviy axborot - kommunikatsiya 
texnologiyalarini rivojlantirish, elektron davlat xizmatlarini 
ko‗rsatishning yaxlit tizimini yaratish, davlat organlarining aholi 
bilan muloqot qilishining yangi mexanizmlarini joriy etish 


460 
yuzasidan katta ishlar olib borilmoqda. Bundan tashqari, 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-fevraldagi 
5349-sonli ―Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari 
sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi
1
hamda ―Raqamli O‗zbekiston–2030‖ strategiyasini tasdiqlash va 
uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖ 2020-yil 
5-oktabrdagi 
PF-6079-sonli 
Farmoni 
ijrosini 
ta‘minlash 
belgilangan. 
2022-2026-yillarga mo‗ljallangan yangi O‗zbekistonning 
taraqqiyot strategiyasining 25-maqsadi raqamli iqtisodiyotni 
asosiy ―drayver‖ sohaga aylantirib, uning hajmini kamida 2,5 
baravar oshirishga qaratilgan ishlarni olib borishdan iborat.
 
Mazkur maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi chora-tadbirlar 
belgilangan: 

raqamli infratuzilmani yanada rivojlantirish orqali 
barcha aholi maskanlarini va ijtimoiy obyektlarni hamda magistral 
avtomobil yo‗llarini keng polosali ulanish tarmoqlari bilan qamrab 
olish.; 

iqtisodiyotning real sektorida hamda moliya va bank 
sohalarida 
ishlab 
chiqarish 
va 
operatsion 
jarayonlarni 
raqamlashtirish darajasini 2026-yil yakuniga qadar 70 foizgacha 
oshirish; 

dasturiy mahsulotlar industriyasi hajmini 5 baravar, 
ularning eksportini esa 10 baravar oshirib, 500 million AQSh 
dollariga yetkazish. 

Yüklə 13,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin