16.2-§. Xufyona iqtisodiyotning tuzilmasi va uning ko‗lamlari
Milliy hisoblar tizimiga muvofiq, xufyona iqtisodiyotning
namoyon bo‗lishini ikkita katta guruhga bo‗lishimiz mumkin:
1)
YAIM tarkibida natijasi hisobga olinuvchi, mahsuldor
faoliyat turlari;
2)
YAIM tarkibiga kiritilmaydigan va statistik xatoliklarni
kamaytirish uchun maxsus hisoblarda qayd etiluvchi, shaxsga va
mol-mulkka qarshi qaratilgan jinoyatlar.
Iqtisodiy adabiyotlarda «xufyona iqtisodiyot» kriminal,
soxta, noformal, nolegallashtirilgan (ikkilamchi iqtisodiyot)larga
bo‗lib o‗rganiladi.
16.1-rasm. Xufyona iqtisodiyotning shakllari.
Kriminal iqtisodiyot rasmiy iqtisodiyot tarkibida amalga
oshiriladigan iqtisodiy jinoyat shaklida namoyon bo‗ladi (masalan,
o‗g‗rilik, nazoratning barcha shakllaridan butunlay berkitilgan
yashirin iqtisodiy faoliyat).
Xufyona i
q
tisodiyot
kriminal
soxta
norasmiy
nolegal
467
Soxta iqtisodiyot harakatdagi hisob va hisobot tizimida
ifodalanadigan soxtalashtirilgan natijalarni beruvchi rasmiy
iqtisodiyot sifatida tavsiflanadi.
Norasmiy iqtisodiyot iqtisodiy aloqalarni amalga oshirishni
rasmiy o‗rnatilgan tartibini to‗ldiruvchi yoki almashtiruvchi
shaxsiy munosabatlarga va bevosita bo‗ladigan aloqalarga
asoslangan o‗zaro norasmiy munosabatlar tizimini ifoda etadi.
Nolegal (ikkilamchi iqtisodiyot) nazoratdan berkitilgan individual
va kooperativ faoliyat turlarini, ya‘ni o‗rnatilgan tartibda
ro‗yxatga olinmagan faoliyat turlarini qamrab oladi.
Xufyona iqtisodiyotga bo‗lgan kompleks yondashuv uni
quyidagicha ta‘riflash imkonini beradi. Xufyona iqtisodiyot bozor
xo‗jaligining obyektiv va doimo mavjud bo‗luvchi tizimi bo‗lib,
uning doirasida xo‗jalik yurituvchi subyektlar nohalol raqobat
usullari orqali iqtisodiy manfaat olishga harakat qiladilar, ya‘ni
o‗z tashabbuslari yoki tashqi shart-sharoitlar ta‘sirida qonunga, ish
yuritish etikasiga, biznes bilan hokimiyat o‗rtasidagi o‗yin
qoidalariga, jamiyatning ma‘naviy-axloqiy me‘yorlariga zid
bo‗lgan xatti-harakatlarni amalga oshiradilar.
Yashirin iqtisodiyot–bu soliqlar, ijtimoiy badallar yoki
boshqa majburiyatlardan (masalan, mehnat xavfsizligi, sog‗liqni
saqlash va boshqa qoidalarga rioya qilish) qochish uchun ishlab
chiqaruvchilar tomonidan yashirin amalga oshiriluvchi yoki ishlab
chiqarish ko‗rsatkichlarini ataylab pasaytirib ko‗rsatishni maqsad
qilib olgan holda amalga oshiriluvchi qonuniy iqtisodiy
faoliyatdir. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida bunday faoliyatni
amalga oshirish mumkin. Misol tariqasida bunday faoliyat
turlariga alkogol ichimliklarini maxfiy ishlab chiqarish, daromad
solig‗i to‗lamasdan ko‗chmas mulkni ijaraga berish kabilar kiradi.
468
Norasmiy ammo legal iqtisodiyot – bu yakka tartibdagi
ishlab chiqaruvchilar yoki uyushmagan korxonalar tomonidan uy
sharoitida mahsulot va xizmatlar ishlab chiqarish, ro‗yxatga
olinmaydigan va soliqqa tortilmaydigan faoliyat turlari (xususiy
kirakashlik qilish, uy-joylar qurish va ta‘mirlash kabilar)
yig‗indisidir. U o‗z ichiga quyidagi faoliyat turlarini qamrab oladi:
a) o‗z ehtiyojlari uchun ishlaydigan korxonalar faoliyati,
ya‘ni uy xo‗jaliklarida o‗z iste‘moli uchun yoki alohida fuqarolar
tomonidan kiyim-kechak va aralash bozorlarda sotish uchun
tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish (xususiy xo‗jaliklarda
qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, yakka tartibdagi
uy-joy qurilishi, xususiy sartaroshxona xizmatlari);
b) norasmiy
bandlik
asosida
faoliyat
ko‗rsatuvchi
uyushmagan korxonalar faoliyati (vaqtinchalik qurilish jamoalari,
savdogarlik va shu kabilar).
Noqonuniy iqtisodiyot-qonun bilan taqiqlangan faoliyat
(narkobiznes,
fohishabozlik,
pullarni
qalbakilashtirish,
kontrabanda, reket, qurol-yarog‗ ishlab chiqarish va sotishning
belgilangan qoidalarini chetlab o‗tish va boshqalar). U o‗z ichiga
quyidagi faoliyat turlarini qamrab oladi:
a)
noqonuniy
ravishda
( litsenziya
va
maxsus
ruxsatnomalarsiz) amalga oshiriluvchi qonuniy faoliyat turlari;
b) ishlab chiqarish va sotish qonun bilan taqiqlangan bozorda
talab katta bo‗lgan tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va
tarqatishni noqonuniy tarzda amalga oshirish.
Vaqt o‗tishi bilan qonunlar o‗zgarishi mumkin bo‗lgani
holda, noqonuniy ishlab chiqarish chegaralari ham harakatda va
o‗zgarishda bo‗ladi. Masalan, xususiy shaxslarga qurol-yarog‗
sotishga ruxsat berish to‗g‗risidagi qonun qabul qilinishi bilan
mazkur biznes rasmiy iqtisodiyotning chegarasiga o‗tadi.
469
O‗zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‗mitasi
metodologiyasiga muvofiq xufyona (yashirin, hisobga olinmagan)
iqtisodiyot nafaqat ro‗yxatdan o‗tmagan ishlab chiqarishni, balki
yashirin daromad olishni ham o‗z ichiga oladi. Yashirin daromad
miqdori xufyona iqtisodiyotning muhim xususiyati hisoblanadi.
Daromad asosan soliq to‗lashdan bo‗yin tovlash maqsadida
yashiriladi. Ular noqonuniy va qonuniy faoliyatdan olinishi
mumkin bo‗lgani holda ko‗pincha yashirib yoki kamaytrib
ko‗rsatiladi.
Yashirin daromadlar to‗rtta tashkil etuvchidan tarkib topadi:
1)
yashirin tadbirkorlik daromadi – tadbirkorlik faoliyatini
amalga oshirishi natijasida olingan, ammo hisobga olinmagan
daromad;
2)
mehnatga yashirincha haq to‗lash;
3)
uyushmagan sektorda band bo‗lish natijasida qisman
natural ko‗rinishda olinuvchi norasmiy faoliyatdan daromadlar;
4)
aralash daromadlar-tadbirkorlik foydasi va xodimlarning
daromadlari belgilari aralashgan birlamchi daromadlar.
Statistik hisob-kitoblar axborot bazasining nomukammalligi
Dalvat statistika qo‗mitasi tomonidan hisob-kitoblarni amalga
oshirish va ularning ishonchliligini ta‘minlash borasidagi jiddiy
muammolardan biri hisoblanadi. Misol tariqasida aytish
mumkinki, mamlakatda xufyona iqtisodiyotning ko‗lamlari
sezilarli darajada pasaytirib ko‗rsatiladi, bunga asosiy sabab esa
ma‘lumotlarning yo‗qligi bois xufyona iqtisodiyot faoliyat
natijalarining hisobga olishning murakkabligidir. Xufyona
iqtisodiyotning ko‗lamlarini hisoblashda asosan yuqoridagi
rasmda ko‗rsatilgan dastlabki ikkita blok, ya‘ni yashirin va
norasmiy iqtisodiyot hisobga olinadi. Uchinchi blokni ifoda
etuvchi kriminal, noqonuniy faoliyat mamlakat YAIMda hisobga
470
olinmaydi. Bundan tashqari, juda keng tarqalgan soxta
operatsiyalar ham YAIMda hisobga olinmaydi.
Bundan kelib chiqadiki, xufyona va norasmiy faoliyat olib
borishdan oxir-oqibat tadbirkor o‗ziga ham, davlatga ham zarar
keltiradi.
Birinchidan,
«xufyona
iqtisodiyotda»
faoliyat
ko‗rsatayotgan korxona (firma) bozorni qo‗llab-quvvatlovchi
institutlardan foydalana olmaydi. Ikkinchidan, korxona o‗z
faoliyatini fosh bo‗lib qolish va jazo olishning doimiy xavfi ostida
olib boradi va bu holat xo‗jalik faoliyatiga ta‘sir ko‗rsatadi. O‗z
resurslarini yashirib korxona ulardan samarali foydalana olmaydi.
Uchinchidan, norasmiy tarzda faoliyat ko‗rsatayotgan korxona
ishlab chiqarishga katta kapital sarflay olmaydi, ya‘ni fosh bo‗lib
qolishdan cho‗chib faoliyatni kengaytira olmaydi. Va nihoyat,
to‗rtinchidan, davlat olishi mumkin bo‗lgan soliq tushumlarini
ololmaydi.
Xufyona faoliyatning kelib chiqishiga sabab bo‗ladigan
omillar orasida bozor xo‗jaligiga xos bo‗lgan iqtisodiy omillar
alohida o‗rin tutadi.
Institutsionalizm tarafdorlarining qarashlaricha, xo‗jalik
subyektlarining faoliyatlari qonun doirasida olib borilgan taqdirda
transaksion xarajatlarining yuqoriligi yashirin iqtisodiy faoliyatni
amalga oshirishga undaydi. Bunday xarajatlarga quyidagilar
kiritiladi:
qonun doirasida faoliyat olib borish uchun qilinadigan
xarajatlar (yuridik shaxs sifatida ro‗yxatdan o‗tish, litsenziya
olish, yuridik adres olish va boshqa rasmiyatchiliklarni amalga
oshirish uchun qilinadigan sarf-xarajatlar);
qonun doirasida faoliyatni davom ettirish (soliqlar
to‗lash, mehnat munosabatlari sohasida qonuniy talablarni
471
bajarish, zarur bo‗lganda nizolarni sud orqali hal etish uchun
sarflanadigan xarajatlar).
Dostları ilə paylaş: |